Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Lok-bo‘yoq materiallarning tavsifi va ishlatilishi
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Lok-bo‘yoq, materiallarni saqlash va tashish shartlari
- Tayanch so‘zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar
- ADABIYOTLAR: O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
4. Lok-bo‘yoq materiallarning tavsifi va ishlatilishi Gruntovka (zamin bo‘yoq.) plenka hosil qiluvchi moddadagi pigment suspenziyasi yoki pigment bilan tuldirgich moddaning aralashmasidan iborat bo‘lib, quriganidan so‘ng bir jinsli plenka hosil qiladi. Zamin bo‘yoq, butun koplama uchun asos bo‘lib, buyalayotgan sirt bilan keyin surtiladigan lok-bo‘yoq, katlamlari urtasida pishiq boglanish vujudga keltiradi. Zamin bo‘yoq, chutka bilan, yoki tuzgitib beriladi. Lok-bo‘yoq, gruntlar moy lokni lok massasining 40 foizigacha mi*uyurda pigment bilan (xrom kislota tuzlari, qurgoshin surigi, titan birikmasi va boshqalar) aralashtirib xosil qilinadi. Smola gruntlar esa tegishli loklarga smola plastifikator, pigment va erituvchi moddalar qushib tayyorlanadi. Ular metall, plastmassa, yog‘och sirtlar va boshqa sirtlar bilan juda yaxshi tishlashadi va tez quriydigan lok-bo‘yoq, materiallar xrsoblanadi. GF-0119 va PF-0142 markali zamin bo‘yog‘ar alkid smolalar asosida tayyorlangan ko‘p tarqalgan gruntovkalardir. Sanoatimiz kremniyorganik plenka hosil qiluvchilar asosida KO-052, KO-0217 markali plenka hosil qiluv-chilar asosida, URF-0106, URF-0110 markali poliuretan plenka hosil qiluvchilar asosida, EP-057, EP-090, EP-0140 markali epoksid va boshkr xil plenka hosil qiluvchilar asosida bir qancha zamin bo‘yog‘ar ishlab chiqarmoqda. Shpatlevka pigmentlarning plenka hosil qiluvchidagi tuldirgich moddalar bilan aralashmasidan iborat bo‘lib notekisliklarni tuldirish, zamin bo‘yoq, berilgan sirt-larni baravarlash va tekislashga atalgan quyuq krvushoq massadir. Shpatlevka shpatel yordamida yulka katlam qilib beriladi. Katlam kalinligi 0,5 mm dan oshib ketmasligi kerak. Zamin bo‘yoq, berilgan sirtga dastavval lozim topilgan joy shpatlevkasi beriladi, shundan so‘ng sidirga shpatlevka beriladi. Xar katlam zamin bo‘yoqdan so‘ng shpatlevka katlam soni uchtadan oshib ketmasligi kerak. Shpatlevka qilingan sirt quriganidan so‘ng notekis joylari va gadirliklari bo‘ladi, shuning uchun ham u abraziv jilvir krgoz bilan silliklab chiqilmogi kerak. Moyli shpatlevka tarkibidagi pigmentning ko‘pligi (80 foizgacha) xamda erituvchi moddaning ozligi bilan zamin bo‘yog‘an farq qiladi. Moyli shpatlevka-larning uzoq qurishi ularning ishlatilish sohasini ancha cheklab quyadi. Efir-tsellyulozali shpatlevkalar orasida NTs-0038, NTs-0042 va ETs-0027 markali shpatlevkalar ko‘proq tarqalgan. Plenka hosil qiluvchi sintetik moddalar asosidagi shpatlevkalarning adgeziya xossasi yukrri, kimyoviy chidamli, mexanik jixatdan pishiq va tez xuriydi. KO-0035, KO- 332 0066, PE-0025, PE-0044, XV-0018, EP-0028, EP-0055, EP-0080 markali shpatlevkalar ko‘proq tarqalgan. Bo‘yoq plenka hosil qiluvchi moddadagi pigment suspenziyasi yoki pigment bilan tuldirgach modda aralashmasidan iboratdir. Plenka hosil qiluvchi moddaning tabiatiga kura bo‘yog‘ar moyli bo‘yog‘arga (ularda o‘simlik moyi, yoki alif plenka hosil qiluvchilar bo‘ladi), alkidli (gliftalli va pentaftalli smolalar plenka hosil qiluvchilar bo‘ladi) qamda perxlorvinil smola, fenol-formaldegid smola va boshqa xil smolalar plenka hosil qiladigan bo‘yog‘arga bo‘linadi. Moyli bo‘yoq, negizidagi qoplamalar atosfera ta’siriga chidamli bo‘lib ayrim xrllarda emiruvchi muxrt ta’siriga duch kelmay-digan ochiq maydonlar va binolar ichida ishlatiluvchi metall xamda yog‘och ashyolarni muxrfaza etishda qo‘llanadi. Moybo‘yog‘ar tabiiy alif (zigar moy) bilan, "oksol" alif (55 foiz moy va 45 foiz uayt- spirt) bilan, alkid aliflar (50 foiz gliftal yoki pentaftal smola va 50 foiz uayt-spirt) bilan xayda kombinatsiyalangan alif (60 foiz o‘simlik moyi va 30 foiz uayt-spirt) bilan olinadi. Bo‘yog‘arni markalashda aliflarning turlari shartli ravishda raqamlar bilan belgilanadi: 1 — tabiiy; 2 — oksol; 3 — gliftal; 4 — pentaftal; 5 — kombinatsiyalangan alif bo‘ladi. Masalan, Oq MA—025 markasi: kjiok, moybo‘yoq, atmosfera ta’siriga chidamliligi cheklangan, kombinatsiyalangan alifga qorilgan, degan ma’nolarni bildiradi. Moybo‘yog‘ar ishlatishga tayyor suyuq xrlda, quyuq pastasimon x.olda tayyorlab chiqariladi. Bo‘yoqri ishlatish oldidan uning konsistentsiyasi alif qushilib maromiga keltiriladi. Moybo‘yog‘i qoplamalar qoyatda elastik bo‘lsada, yaxshi yarqiramaydi. Moybo‘yoq. yaltillab chiqmogi uchun unga moyli lok qushiladi. Kech Xurish, kimyoviy chidamlilik va mexanik pishiqlikning pastligi qamda birmuncha tez eskirish moybo‘yog‘arning nuqsonlaridandir. Alkid bo‘yog‘ar atmosfera ta’siriga qoyatda chidamli, elastik va yopishuvchan bo‘lsa-da, lekin kimyoviy jixrtdan uncha chidamli emas. Sintetik smolalar asosidagi qoplamalar qoyatda kat-giq va kimyoviy chidamli bo‘lsa-da, lekin murt bo‘lib mexanik ta’sirlarga turgun emas. Xrzirgi vaqtda plenka hosil qiluvchi moddalarning suvli emulsiyalaridagi pigment suspenziyalari bo‘lmish emulsion bo‘yog‘ar ko‘proq ishlatilmoqda. "Suvdagi moy" tipida emulsiya vujudga keltirmoq uchun lok-bo‘yoq, aralashmasiga kaliy va natriy sovunlaridan iborat maxsus emulgatorlar qushiladi. Natijada ularni suv qushib ishkor suyuqlikka qadar keltirish mumkin. Moyli emulsion bo‘yog‘ardan tashkari turli polimerlar negi-zida tayyorlangan suvemulsion bo‘yog‘ar betonni, metall detal va buyumlarning ichki va tashki sirtlarini buyashda, 333 shuningdek yog‘ochni buyashda ko‘proq ishlatilmoqda. Turli polimerlarning polivinilatsetatli, gliftalli va akrilatli emulsion bo‘yog‘ari shularga kiradi. Emulsion bo‘yog‘arning markalariga ortiqcha E xrrfi qushiladi. Masalan, E-AK-216 markasi ichki ishlarda qullanadigan suv- emulsion bo‘yoq., plenka hosil qiluvchi moddasi — akril smola, degan ma’noni bildiradi. Emul-sion bo‘yog‘arni ishlatish natijasida taqchil erituvchi moddalar o‘rnida tamomila, yoki krsman suv ishlatish mumkin bo‘ladi. Sanoatda avtomobillar, vagonlar, turli priborlarning, shuningdek boshkr mashinalar va ashyolar-ning bir qancha detallarini buyash uchun kukun bo‘yog‘ar ishlatiladi. Ular sintetik smolalarning erituvchi kushmagan xolda pigmentlar, tuldirgich moddalar va plastifikatorlar bilan kuruq aralashmasidir. Bu bo‘yog‘ar tegishli sirtga berilgach, 150—200 S ga kadar qizdiriladi, buning natijasida polimer negiz suyuqla-nadi va bo‘yoq zarralari sirt bilan maxkam tishlashadi. Kukun bo‘yog‘arni markalashda kushimcha P xarfi kiritiladi, dolgan belgilar lok-bo‘yoq, materiallar uchun umumiydir. Masalan, P-EP-45 markasi kukun buyo»; suvga chidamli, plenka xosil qiluvchi modda — epoksid smola ekanligini bildiradi. 334 Chizma 70 Bo’yoqlar Tashqi yuza uchun bo’yoqlar Ichki yuza uchun bo’yoqlar San’at asarlari uchun foydalaniladigan bo’yoqlar Yog’li emal GF-230 Emal PF-233 Akvarelli bo’yoqlar 335 Smola, bitum, plenka xosil k_iluvchi boshqa xil moddalarning erituvchi moddalardagi eritmasi lok bo‘lib, ‘ u kurigach qattiq, shaffof va yarkiroq plenka xosil 1 qiladi. Plenka xosil qiluvchi modda va erituvchi moddaning turiga qarab loklar sintetiq nitrotsellyuloza va etiltsellyulozali, bitumli va asfaltli bo‘ladi va hokazo. Turli organik eritmalardagi sintetik polimer eritmalari bo‘lmish sintetik loklar kurigach, kimyoviy chidamli, atmosfera ta’sirlari va issiqka chidamli, mexanik pishiq xamda elektr izolyatsion xossalari boshqa xil xossalarga egadir. Masalan, perxlorvinil loklar (XV-139 va XV-1100) metall, yog‘och va beton sirtlarni, turli emiruvchi muxitlarda ishlaydigan mashinalar, kurilish konstruktsiyalari va priborlarni buyashda ishlatiladi. Metall bilan uncha yopishmaslik, issiqka va yoruqka chidamaslik perxlorvinil loklarning kamchi-ligidir. Fenol formaldegid materiallardan LBS-1 mar-kali bakelit lok ishlatiladi. Shu lok negizidagi qoplama qattiq va kimyoviy turgun bo‘ladi. Tuzuk yopishmaslik va mexanik pishiqlikning etarli emasligi bakelit lokning kamchiligidir. Kremniy organik loklar sernamlik va yukrri haroratda bir qancha noorganik kislotalar xamda kimyoviy reagentlarning bumari ta’siriga duch keladigan metallar va boshqa konstruktsion materiallarni korroziyadan muqofaza etishda kul keladi. UR-976 va UR-9130 markali poliuretan loklar xamda EP-9114 va boshqa markali epoksid loklar asosidagi qoplamalar qoyatda yopishkrq, suv va atmosfera ta’sir-lariga chidamli, kimyoviy chidamli va dielektrik xossalarga ega bo‘ladi. Nitrotsellyulozali loklar (NTs-279 va NTs-292)dan binolarda ishlatiluvchi metall yoki yog‘och sirtlarini koplashda foydalaniladi; etiltsellyuloza loklar (ETs-9101 va ETs-729) qoyatda elektr izolyatsiyalash xossalariga va kimyoviy trgunlikka ega. Bitum loki va asfalt loki qopkora bo‘ladi, kimyoviy chidamliligi, atmosfera ta’sirlariga chidamliligi yukrri bo‘ladi va metallarni korroziyadan saqlashda ishlatiladi. Emallar (emal bo‘yog‘ar) pigmentni uchib ketadigan smolali erituvchi loklar bilan maydalab ezib olinadigan lok-bo‘yoq materiallardir. Emal kuriganidan so‘ng qattiq, pishiq va yaltiroq plenka xosil qiladi. Ruq kurgoshin, gitan belilasi, turli ranglardagi sariq bo‘yog‘ar, ultramarin, temir surigi va hokazolardan emal pigmentlari sifatida foydalaniladi. Plenka xosil qiluvchi moddaning turiga qarab emal bo‘yog‘ar lok oilan tayyorlanadigan moyli emalga, nitrolok bilan tayyorlanadigan nitroemallarga; turli smolalar asosida tayyorlanadigan sintetik emallarga bo‘linadi. Odatda moy emal tarkibida 30—60 foizgacha pigment bo‘lib, mashina va motorlar, priborlar va ashyolarning detallariga oxirgi ishlov 336 berishda qo‘llanadi. Sekin qurish, yuqori harorat xamda yonilg‘i-surkov moyi materiallarining ta’siriga uncha chidash bermaslik moy emallarning xususiyatidir. Moyli emal bo‘yog‘ar atmosfera ta’siriga chidashi cheklangan materiallar guruxiga kirib, ishlatish namlik rejimi me’yorida bo‘lgan binolarning ichidagi buyumlarni buyashda kullanadi. Nitrotsellyuloza emallardan (NTs-246 va boshqalar) asosan binolarning ichida bo‘ladigan detallar, priborlar, ashyolar va boshqa xil uskunalarni buyashda ishlatiladi. Sintetik (smolali) emallar ko‘proq ishlatiladi, chunki ularning mexanik xossalari, issiqka, atmosfera ta’sirlariga, suvga chidamliligi, kimyoviy chidamliligi yukrri, yonib ketmaydi, kurishi ko‘pga bormaydi va hokazolar. Masalan, gliftal smolalar asosidagi emallar (GF- 571 va boshqalar) qamda pentaf-tal smolalar asosidagi emallardan (PF-115 va PF-126) engil avtomobil kuzovlarini, kemalarning tashki pulat palubalarini buyashda, perxlorvinil emallardan esa (XV-124, XV-110, XV-113 va boshqalar) kimyoviy va elektr-kimyoviy korroziya sharoitlarida ishlatiladigan metall, plastmassa va yog‘och sirtlarni buyashda foydalaniladi. Fenolformaldegid smolalar asosidagi qora ‘ emallar (FL-557 va FL-787) benzin va mineral moylarga chidamli bo‘lganligidan radiator va benzobaklarni buyashda ishlatiladi, fenolalkid smola asosidagi (oppoq FA-792 markali) emaldan oziq-ovqat sanoatidagi turli uskuna-lar va chonlarni buyashda foydalaniladi. KO-89, KO-811, KO-817, KO-823 markali va boshqalar, kremniyorganik emallar kreiydigan metall sirtlarni buyashda qullanadi, poliuretan emallar (UR- 175, UR-176, UR-1180 va UR-41) qoyatda yopishuvchan va chidamli, pishiq xamda elektr izolyatsion xossalarga ega bo‘lib, epoksid emallar (EP-969, EP-575, EP-419 va boshqalar)ning muhofaza xossalari qoyatda yukrri, suvga va atmosfera ta’sirlariga chidamli va qattiq bo‘ladi. 5. Lok-bo‘yoq, materiallarni saqlash va tashish shartlari Lok-bo‘yoq, materiallar iste’molchilarga tup-tup qilib yuboriladi. Junatilayotgan yuk qujjatlarida tayyorlagan zavodning tovar belgisi, lok- bo‘yoq, materialning nomi, uning markasi (brutto va netto massasi), tayyorlangan vaqti va tupning nomeri, shuningdek mahsulot sifati-ning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Standartlar va texnik shartlarga kura lok- bo‘yoq, materiallar bochka, bidon, shisha idish, flyaga, banka kabi turli germetik taralarga solinib temir yul, avtomobil va havo transportida yoki suv transporta bilan tashilishi mumkin. Lok-bo‘yoq, materiallarning katta tuplari temir yul va avtomobil tsisternalarida tashiladi. Lok-bo‘yoq, materiallarning ko‘pchiligi yong‘in chiqish va portlash jixatlaridan xavfli 337 va zaxarlidir. Shuning uchun ham ularni tashish va saqlash jarayonida xavfsizlik texnikasi xamda yong‘in chiqishiga qarshi texnika kridalariga kat’iy rioya etish zarur bo‘ladi. Paketlarga yoki chonlarga: "Tez yonib ketadigan", "Uyadigan modda", "Xavfli" degan, eng ziyonli materiallar uchun esa "Zaxar" degan ogoxlantiruvchi bitiklar yozib quyilishi kerak. Iste’molchi lok-bo‘yoq, materiallarni olgach ularning yuk junatish x.ujjatiga nechogli muvofikligini tekshi-rib chiqadi. Zarurati bo‘lsa materiallar ishkor komiga tortadiganga yetkaziladi (ularga erituvchilar, sikkativ-lar, pigmentlar va boshqa moddalar qushiladi); olingan bo‘yoq, aralashtiriladi, filtrlanadi va foydalanish uchun tayyorlanadi. Lok-bo‘yoq, materiallar muayyan guruxlari (plenka hosil qiluvchi moddaning turi) va tuplari bo‘yicha zavodning soz paketlarida va ataylab moslangan omborxonalarda saqlanmoga kerak. Lok-bo‘yoq, materiallarni saqlash sharoitlari buzilsa ularning sifati buziladi, bir kricha xrllarda esa ishlatish uchun yaroksiz xrlga kelishi mumkin. Masalan, lok-bo‘yoq, materiallarning erituvchi-lari va ishkor aralashmalari yoruglik qamda havo ta’sirida qurib qoladi; xossalari jixatidan gigroskopik bo‘lmish kukun bo‘yog‘ar mushtlashib, dastlabki sifatla-rini yukrtadi; pigmentlar qorayib parchalanadi va hokazolar. Lok-bo‘yoq, materiallarni ishkrrlar, kislotalar va boshqa kimyoviy moddalar yakrnida saqlash taqiklanadi, ular bo‘yog‘arni parchalaydi va rangini ketkazadi. Lok-bo‘yoq, materiallarning ba’zi turlari uchun kafolatli saqlash muddati belgilanganligini nazarda tutmoq lozim, shu muddat utib bulgach, ularni ishlatish oldidan sifati standart talablariga muvofiq kelishini tekshirib kurish zarur. Binolar ichida erituvchi modda buglarining tuplanib qolishiga va kukun bo‘yog‘ar tuzgashiga yul quyib bulmaydi, chunki muayyan kontsentratsiyada bug va chang x.avo bilan portlash xavfi bo‘lgan aralashma hosil qiladi. Shuning uchun ham lok-bo‘yoq, materiallar saqlanayotgan, ishlatilayotgan va ularga ishlov berilayotgan hamma binolar ish zonasining x.avosidagi zararli moddalar yul quyish mumkin bo‘lgan kontsentratsiya xaddidan oshib ketmasligini ta’minlaydigan ventilyatsiya bilan jix.ozlanmogi, o‘tkazilayotgan ishlar esa yongandan, xavfsizlik va sanoat sanitariyasi qoidalariga muvofiq kelmogi darkor. Lok-bo‘yoq materiallar bilan ishlaydigan kishilar maxsus jomakor (xalqatlar, kostyumlar, kombi- nezonlar, kurtkalar, poyabzal va hokazolar) bilan, qul va nafas olish a’zolariga xos muhofaza vositalari (rezina xulqoplar, muhofaza pastalari, kremlar, moylar, respiratorlar, gazniqoblar va boshqalar) bilan ta’min- lanishi kerak. 338 Yongandan xavfsizlik choralari yong‘inning oldini olish tartibi bilan yongandan muhofaza etish tartibini ko‘zda tutmoga lozim. Yonadigan moddalar miqdorini cheklash, yonadigan mukrtni izolyatsiyalash, ut uchirish vositalari, yongan signalizatsiya vositalarini qullash, yongan chiqqan-ligi tugrisida xabar berish va xrkazolar yong‘inning oldini olish tartibiga, xum, asbest tuqima, ut uchirgich apparatlar, suv va boshqa vositalar ut uchirish tartibiga kiradi. Tayanch so‘zlar: Kobalt, sikkativ, alkid smolalar, marganets, atseton, toluol, plastifikator, skipidar, ksilol, emulsiya, gruntovka, emal, shpatlevka, smola, alif, pigment, viskozimetr. Nazorat va mulohaza uchun savollar. 1.Lok-bo‘yoq materiallarning vazifasi va tarkibi nimalardan iboratq 2.Lok-bo‘yoq materiallarining asosiy xossalariga nimalar kiradi? 3.Lok-bo‘yoq materiallarining tasnifi va markalanishi qay tarzda olib boriladiq 4.Lok-bo‘yoq materialrining tavsifi va ishlatilishida qanday texnik yo‘riqnomalardan foydalaniladiq 5.Lok-bo‘yoq materiallarini saqlash va tashish shartlari nimalardan iboratq Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Jaqon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari / I.A.Karimov. – T: O‘zbekiston, 2009. – 56 b. 2. Mamlokatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlokatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga baqishlangan Vazirlar Maqkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalqq so‘zi, 2009 yil 14 fevral. 3.Karimov I.A Eng asosiy mezon – qayot qaqiqatini aks ettirish.T.O‘zbekiston, 2009. – 24 b. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi majlisining qarori. «2008 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida», 2009 yil 13 fevral 5.Osnovo‘ ximicheskoy texnologii/Pod red. Muxlenova I.P.M.: 1983 g 339 ADABIYOTLAR: O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. 2. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonun. – Oliy Majlis, 1996. 3. “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida”gi qonun – Oliy Majlis, 1993. 4. “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va havfsizligi to‘g‘risida”gi qonun – Oliy Majlis, 1997. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari 1. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2007 yil 14 mart. //Xalq so‘zi-2007 № 52. 15 mart.- 1b. 2. “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmon. 2005 yil 20 iyun’ //O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. 2005.- №1-8. 25b. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari 1. 2006 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Majlisi Qarori. 2007 yil 12 fevral. – O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. 2007, 1-2, 64b. 2. Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Majlisi Qarori. 2007 yil 30 yanvar’, 21-son. 3. Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 2007 yil 4 yanvardagi PQ-554-son Qarori. – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2007, № 1- 2, 6b. 340 4. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi investitsiya dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2006 yil 9 oktyabr’. PQ-84-son. – Bank axborotnomasi. 20061 noyabr’. № 44, 3b. 5. O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. PQ-325, 2006 yil 17 aprel’. – Xabarnoma. 2006. № 2. 31b. 6. “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 318-sonli qarori. 7. “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kelinishini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 427-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 1. “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” – T.:O‘zbekiston, 2010. 2. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”. – T.:O‘zbekiston, 2009. 3. Karimov I.A. “Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”. 7-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1999. 4. Karimov I.A. “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” –T.: “O‘zbekiston”, 1999. 5. Karimov I.A. “Havfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida”. 6-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1998. 6. Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 17 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zlagan ma’ruzasi (“Xalq so‘zi” gazetasi, 2009 yil 5 dekabr). Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling