Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkaziladigan onlayn “Zakovat” intellektual oʻyinining nizomi


Download 19.77 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi19.77 Kb.
#1130284
Bog'liq
Zakovat-onlayn nizom


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkaziladigan onlayn “Zakovat” intellektual oʻyinining
NIZOMI

1. Onlayn “Zakovat” intellektual oʻyini jamoaviy musobaqa boʻlib, unda jamoalar belgilangan vaqt doirasida mantiqiy savollarga javob berish boʻyicha musobaqalashadi. Oʻyin davomida jamoalarning maqsadi raqiblarga nisbatan koʻproq savollarga javob berishdir. O’yin Quiz-Union TDIU Telegram kanalida bo’lib o’tadi.




1. Oʻyinda ishtirok etuvchi jamoalar
1.1. Oʻyinda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtgan va 6 nafardan iborat tarkibda qatnashiladi. O’yinda barcha universitet talabalari ishtirok etishi mumkin.
1.2. Oʻyin davomida jamoaning asosiy tarkibida koʻpi bilan 6 nafar, kamida 4 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin. Bir kishi faqat bitta jamoada qatnashishi mumkin.


2. Oʻyinni oʻtkazish tartibi
2.1. Oʻyin chempionat formatida oʻtkaziladi:
1-bosqich – barcha ishtirokchi jamoalar o’rtasida 15 ta savoldan iborat oʻyin oʻynaladi. 1-bosqichda eng koʻp ball toʻplagan 16 ta jamoa nimchorak final bosqichga yoʻllanma oladi. Agar ballar teng kelib qolsa, oxirgi savolga javob topgan jamoa keyingi bosqichga o’tkaziladi. Agar bunda ham natijalar bir xil bo’lsa ushbu jamoalar o’rtasida qo’shimcha savollar o’ynaladi;
Nimchorak final bosqichi – ushbu bosqichga yoʻllanma olgan jamoalar o’rtasida qur’a tashlanadi. Qur’a natijasiga ko’ra, jamoalar juftliklarga bo’linadi. Savollar barcha jamoalar uchun umumiy o’qiladi. Bu bosqichda jami 7 ta savol o’ynaladi. Bu bosqichda eng ko’p ball to’plash emas, balki qur’ada sizga raqib bo’lgan jamoadan ko’proq javob topishingiz kifoya. Ballar teng kelib qolsa, oxirgi savolni javobini topgan jamoa keyinga bosqichga o’tadi. Bu bosqichdan 8 jamoa chorak final bosqichiga yo’l oladi;
Chorak final bosqichi – bu bosqichda qur’aga ko’ra nimchorak final g’oliblari juftliklarga bo’linadi. Xuddi nimchorak formatda bo’lgani kabi bu bosqichda ham faqatgina raqib jamoadan ko’proq javob topishingiz lozim. Chorak finalda ham 7 ta savol o’ynaladi. Bu bosqichdan 4 jamoa yarim final bosqichiga yo’l oladi.

Yarim final – bu bosqich ham chorak final formatida o’tadi. Faqatgina 2 g’olib jamoa finalga, 2 mag’lub jamoa esa 3- o’rin uchun bellashadilar. Bunda ham 7 ta savol o’ynaladi.

Final- bu bosqichda ham 7 ta savol o’ynaladi. Final va 3-o’rin uchun bahslar sinxron tarzda o’tkaziladi. Ya’ni finalchilar ham bronzachilar ham bir xil savollar o’ynashadi. G’olib bo’lish uchun raqib jamoadan ko’proq javob toppish kerak bo’ladi.


3. Savol-javob jarayoni
3.1. Jamoalarga birinchi bosqichda 15 ta, Keying bosqichlarda esa 7 tadan savol beriladi.
3.2. Savollar oʻzbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, “Zakovat” intellectual oʻyinlarining standartlariga javob beradigan koʻrinishda boʻladi..
3.3. Jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar oʻz javoblarini botga yozib yuborishlari lozim. Javoblar maxsus Telegram botga yuborilganda, bitta xabarni ichida savol raqami, jamoa nomi va javobni yozib yuborish kerak.
3.4. Har bir savolni oʻylash uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Vaqt tugashiga 30 soniya qolganda maxsus e’lon beriladi. Bu vaqt ichida jamoalar javoblarni yozib jo’natishga ulgurishlari kerak. Agar javob vaqtidan kechikib yuborilsa, qabul qilinmaydi.
3.6. Jamoalar o’yin oldidan Telegramda o’zlari uchun maxsus guruh ochishlari lozim. Har bir jamoa o’ziga belgilangan nazoratchini Telegramdagi guruhiga qo’shishi shart. Jamoalarga o’z guruhlarida ovozli chatdan foydalanishi tavsiya etiladi.


Turnirining 2022-yil 15-yanvar kuni bo’lib o’tadi. G'oliblar quyidagi pul miqdori bilan taqdirlanadi!

  • 1-oʻrin – 1 500 000 so'm

  • 2-oʻrin – 1 200 000 so'm

  • 3-oʻrin - 900 000 so'm.

Download 19.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling