Toshkent davlat Iqtisodiyot universituti Bajardi: Abdirashidov Abdulaziz


Download 203.22 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi203.22 Kb.
#1467337
  1   2
Bog'liq
2- MUSTQAQIL ISH ABDIRASHIDOV ABDULAZIZ

Toshkent davlat Iqtisodiyot universituti

Bajardi:Abdirashidov Abdulaziz

Tekshirdi:Atamurodov Saidmurod


MAVZU: BOSHQARUV MAQSADI VA JARAYONI FIRIBGARLIKNI ANIQLASH VA OLDINI OLISH

REJA

Boshqaruvning maqsadi va jarayoni: Firibgarlikni aniqlash va oldini olish tizimlari

Rahbariyat va boshqaruv vakolatli shaxslarning javobgarliklari Firibgarlikni oldini olish va aniqlash uchun asosiy mas’uliyat biznesni boshqaradigan va boshqaradigan shaxslarga tegishli. Ushbu shaxslarning javobgarligi korxonaning tashkiliy tuzilmasi va ichki meyoriy hujjatlarga bog‘liq. Boshqaruv vakolatli shaxslar nazorati ostida quyidagilarni amalga oshirishi kerak: firibgarlikning paydo bо‘lish ehtimolini kamaytirish maqsadida firibgarlikning oldini olish uchun alohida harakatlarni amalga oshirish; tegishli choralar kо‘rish orqali xodimlarni firibgarlikka yo’l qо‘ymaslik. Bundan tashqari, menejment halollik va axloqiy xulq-atvorga asoslangan umumiy korporativ madaniyatni saqlab turishi kerakligini anglatadi

Firibgarlik о‘zi nima? Nega odamlar tez va kо‘p aldanadi?

  • Bugungi kunda firibgarlik, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish jinoyatlari kо‘payib ketmoqda. Odamlar firibgarlarning gaplariga
  • darrov chuv tushib, aldanib qolmoqdalar. Shu maqsadda о‘quvchilarimiz uchun firibgarlik, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish
  • tushunchalari yuridik tilda qanday ma’no anglatishi, ularning farqlari, ushbu turdagi jinoyatlar uchun qanday jazolar borligi haqida
  • ma’lumot berishni lozim topdik.
  • Mazkur savollarga О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshqarma boshlig‘i о‘rinbosari
  • Qulbekov Oybek Tursinaliyevich batafsil javob beradi.

Firibgarlik jinoyati — iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jumlasiga kirib, jinoyat kodeksining 168-moddasida ushbu jinoyatga ta’rif
berilgan.
Unga kо‘ra firibgarlik, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yо‘li bilan о‘zganing mulkini yoki о‘zganing mulkiga bо‘lgan
huquqini qо‘lga kiritishdir.
Demak, о‘zganing mulkini yoki mulkka bо‘lgan huquqini yuqorida kо‘rsatilgan ikki usulni qо‘llab, tekin qо‘lga kiritgan, 16 yoshga
tо‘lgan aqli raso har qanday shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs sifatida huquqni muxofaza qiluvchi idoralar tomonidan
jinoiy ta’qibga uchrashi mumkin.
Bunda, jinoyat ishi qо‘zg‘atish uchun asos bо‘luvchi zarar summasi oz miqdordan, ya’ni eng kam oylik ish haqining 30 barobaridan
kо‘p bо‘lishi kerak. Bugungi kunda bu 8 250 000sо‘mni tashkil etadi.
Agar firibgardan jismoniy shaxs jabrlangan bо‘lsa, jinoyat ishi qо‘zg‘atish uchun talon-toroj qilingan mulk summasi ahamiyatga
ega emas.
Shu о‘rinda «Firibgarlik uchburchagi» degan tushunchaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu tushunchaning ta’siriga tushgan
odam korrupsiya, muttahamlikka yо‘l qо‘yadi.
Bu uchburchakning 1. birinchi tushunchasi- imkoniyat. Soliq xodimi uchun imkoniyat kimnidir soliqqa tortish va kimnidir
soliqdan «ozod qilish»dan iborat bо‘lishi mumkin.

Download 203.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling