Yuqori qatlamdagi protsedura, quyidagi protsedurani chaqirmoqchi bo‘lsa, u mos tizimli chaqiriqni bajarishi lozim, ya'ni chaqiriq bajarilishi oldidan parametrlari sinchiklab tekshiriladigan TRAP (uzilish) komandasi bajarilshi lozimdir.
MULTICS da operatsion tizimlar , har bir foydalanuvchi jarayonining adress makoni qismidan iborat bo‘lsa ham, apparatura, ma'lumotlar ximoyasini xotira segmentlari darajasida himoya qiladi. Masalan, ma'lum segmentlarga faqat yozish uchun, boshqalariga faqat o‘qish yoki bajarish uchun ruxsat beradi.
MULTICS da yondoshishning ustunligi shundan iboratki, u foydalanuvchi tizimi strukturasiga ham kengaytirilishi mumkin. Masalan, professor- talabalar dasturlarini baholash va testlash uchun dastur yozishi mumkin, va bu dasturni n-chi qatlamda ishga tushirishi mumkin, bu vaqtda talaba dasturlari n+1 chi qatlamda ishlaydi, chunki ular o‘z baholarini o‘zgartira olmaydi.
Ko‘p qatlamli yondashish, UNIX operatsion tizimlarining turli variantlarini amalga oshirishda ishlatilgan.
Amalda, bunday strukturali yondashish odatda yoxshi ishlaydi, bugungi kunda u ko‘pincha monolit tarzda qabul qilinadi.
Ko‘p qatlamli strukturaga ega bo‘lgan tizimlarda, bitta qatlamni oib tashlab, boshqasi bilan almashtirish, qatlamlar orasidagi interfeysning o‘ziga xosligi uchun, murakkabdir. Yangi funksiyalarni qo‘shish va mavjudlarini o‘zgartirish operatsion tizimni mukammal bilish ko‘p vaqtni talab qiladi. Operatsion tizimlar uzoq yashaydilar va kengayish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerakligi uchun monolit yondashish nazardan qoldi va uning o‘rniga kliyent-server modeli va u bilan qat'iy bog‘langan mikroyadro konsepsiyasi keldi.
Monolit tizimlar (monolit yadro). Mohiyatiga ahamiyat beriladigan bo‘lsa, operatsion tizimlar -oddiy dasturdir, shuning uchun ham, uni deyarli barcha
Do'stlaringiz bilan baham: |