14. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy faoliyatidan bo‘ladigan pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
14.1. Aksiyalar yoki o‘z mablag‘i bilan bog‘liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
14.2. Sub’ektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar;
14.3. Ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan byerilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
14.4. Zayomlarni to‘lash;
14.5. Moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari;
14.6. Va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |