Toshkent davlat iqtisodiyot uvivesiteti moliya va buxgalteriya fakulteti fan: mikroiqtisodiyot mavzu: tashqi samaralar va ijtimoiy nematlar


) MAHSULOTLARNING TURLI XIL TURLARI


Download 0.65 Mb.
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1120945
1   2   3   4   5
Bog'liq
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UVIVESITETI

3) MAHSULOTLARNING TURLI XIL TURLARI

Bozorlar insoniar xohlayotgan mahsulotlar yetkazib berishda qanchalik yaxshi ishlashadi? Bu savolga javob masalaning mohiyatini qay darajada chuqur anglab yetilganligiga bog‘liq. Biz ta’kidlab o‘tganimizdek, bozor konussimon qutili muzqaymoqning samarali sonini ta’minlab berishi mumkin: muzqaymoqning narxi ularga bo‘lgan talab va taklifni muvozanatlashtirishi mumki, va bu muvozanat ishlab chiqaruvchi daromadlarini maksimallashtirishi hamda iste’mol tanqisligini bartaraf etishi mumkin.Bundan tashqari, biz bobda ko‘rib o‘tganimizdek, bozor aluminiy ishlab chiqaruvchilarini biz nafas olayotgan havoni ifloslantirishdan qaytarishga umid qila olmaymiz. Bozorda xaridor va sotuvchilar odatda o‘z qarorlarining tashqi oqibatlariga e’tibor qaratishmaydi. Shunday qilib, bozorlar mahsulot muzqaymoq bo‘lganda yaxshiroq va mahsulot toza havo bo‘lganda yomonroq ishlashadi.

Bozordagi turli xil mahsulotlar haqida fikr yuritib, ularni quyidagi ikki sifatiga ko‘ra guruh lash mumkin:

Bozordagi turli xil mahsulotlar haqida fikr yuritib, ularni quyidagi ikki sifatiga ko‘ra guruh lash mumkin:

— Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish (eksklyuzivlik) xususiyatiga egami? Ya’ni kishilarni uning iste’molidan mahrum etish mumkinmi?

— Mahsulot iste’molda cheklanganmi? Ya’ni bir kishining

mahsulotni iste’mol qilishi boshqa kishilarning uni iste’mol qilish qobiliyatlarini kamaytiradimi? Ushbu ikki sifatning ishlatilishi, mahsulotlarni 4

guruhga taqsimlaydi:

Yuqorida ko‘rib chiqilgan mahsulotlarni aniq 4 guruhga bo'lishni ko'zda tutganiga qaramasdan, odatda ular o'rtasidagi chegara ko'p hollarda aniq bo'lmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki iste’molda cheklanganmi ko'p holatlarda aniq bir darajaga bog'liq bo'lib qoladi. Okeandagi baliq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo'lmaydi, sababi okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga qo'riqlanadigan qirg'oqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday tartibda baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot bo'lgani bilan baliq ovlovchilar soniga ko'ra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida ko'rib o'tish mumkin (shimoliy amerikalik baliq tutuvchilarni u yerlarga yevropalik ko'chmanchilarning ko'chib kelgungacha bo'lgan holatini eslang). Bu fikr bizning tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa to'rt guruh mahsulotlari uchun ham foydali bo'ladi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling