Тошкент давлат иқтисодиёт университети
-jadval Trastbank XATB aksiyalari nominaliga nisbatan hisoblangan va to‘langan
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
80c2db1a-9e0d-44eb-8065-828bf1239327
4-jadval
Trastbank XATB aksiyalari nominaliga nisbatan hisoblangan va to‘langan dividendlar tahlili 11 Ko‘rsatkichlar 2019-yil davomida 2020-yil davomida 2021-yil davomida Oddiy aksiyalar bo‘yicha, nominalga nisbatan foizda 61,3 101,4 25,0 - hisoblangan va to‘langan dividendlar miqdori (mln. so‘m) 98 219,15 228 380,18 90 056,75 Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, nominalga nisbatan foizda: 15 15 15 - hisoblangan va to‘langan dividendlar miqdori (mln. so‘m) 3,45 3,45 3,45 Trastbankda oddiy aksiyalar bo‘yicha to‘lab berilgan dividenddar nominalga nisbatan keskin tebranuvchanlikka ega bo‘lsada, amalda investorni qanoatlantiradigan darajada ekanligini ta’kidlashimiz lozim. Oddiy aksiya nominaliga nisbatan 2019-yil bo‘yicha 61,3 foiz, 2020-yil davomida esa 101,4 foiz dividend to‘langanligi keskin yuqori dividend to‘lab berilganligidan dalolat beradi. Hatto 2021-yilda 25 foiz to‘lab berilganligi ham bozor daromadliligidan yuqori daromad to‘langanligini ko‘rsatadi. Sug‘urta kompaniyalarida dividend to‘lovlarini tahlil qilib chiqsak. «Kafolat» sug‘urta kompaniyasi 1 so‘mlik va “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 3280 so‘mlik nominal qiymatga ega aksiyalari bo‘yicha 2016-2020-yillar yakunlariga ko‘ra dividend amaliyotlari quyidagicha kuzatilgan (5-jadval). Kafolat sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2019-yil yakuni bo‘yicha oddiy aksiyalar egalariga nisbatan yuqori 16,37 foiz dividend to‘langan. Tahlil qilingan davrdagi boshqa yillar yakunlari bo‘yicha esa asosan 2,6-6 foiz doirasida dividend to‘langan. O‘zagrosug‘urta aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalar bo‘yicha oxirgi marta 2015 yil yakuni bo‘yicha nominalga nisbatan 5,26 foiz, ya’ni 172,5 so‘mdan dividend to‘lagan 12 . 2016-2021-yillar yakunlari o‘yicha esa oddiy aksiyalar egalariga dividend to‘lash to‘risida qaror qabul qilinmagan. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha esa muntazam ravishda yillik 25 foiz, ya’ni 820 so‘mdan dividend to‘lab kelinmoqda. Tahlil qilingan davrda har ikkala aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida davlat ulushi yuqori bo‘lgan. 11 https://trastbank.uz/uz/shareholders/distribution-of-profits/dividends/ 12 http://www.openinfo.uz/uz/facts/3188/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling