Toshkent davlat moliya instituti


Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Download 101.35 Kb.
bet7/9
Sana05.01.2022
Hajmi101.35 Kb.
#209841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 чи мавзу

Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

  1. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgar bo`ladi.

  2. O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda uning hududiy organlari, agar ishlab chiqaruvchi, sotuvchi iste`molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to`g`risidagi ko`rsatmalarni bajarishdan bo`yin tovlasa yoki o`z vaqtida bajarmasa, unga jarima solishga haqli.

  3. O`zstandart agentligi:

  4. tovarlarni majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ishlab chiqaruvchi tomonidan buzilsa;

  5. o`zlarining ko`rsatmalarini ishlab chiqaruvi (sotuvchi, ijrochi) bajarishdan bo`yin tovlasa, o`z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasa;

  6. normativ hujjat talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste`molchilarga zarar yetkazilsa, jarimalar solishga haqlidir.

  7. Jarima miqdori va uni undirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Jarima so`zsiz undirib olinadi.

  8. Qaysi holatlarda O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni quvvatlash davlat qo`mitasi jarimalar soladi.

  9. yaroqlilik muddati o`tib ketgan yoki qonun hujjatlarida yaroqlilik muddatlari majburiy ravishda ko`rsatilishi belgilangan bo`lsa ham yaroqlilik muddatlari ko`rsatilmagan tovarlarni sotish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida;

  10. tovarning sotib olinganligini yoki ishning haqi to`langanligini tasdiqlovchi, tovarning bahosi haqidagi ma`lumot ko`rsatilgan kassa va tovar cheklari hamda boshqa hujjatlar iste`molchiga berilmasdan tovarlar sotilganligi yoki xizmatlar ko`rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida;

  11. ishlab chiqaruvchi to`g`risidagi zarur axborot, tovar (ish, xizmat) to`g`risidagi axborot mavjud ekanligi, shuningdek tovarni almashtirish tartibi va shartlari bajarilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida;

  12. tovar (ish, xizmat) to`g`risida ishonchli bo`lmagan yoki yetarlicha to`lik bo`lmagan axborot berilganligi eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima solishga haqli.



Download 101.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling