Toshkent davlat moliya instituti
Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik
Download 101.35 Kb.
|
2 чи мавзу
Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik
Tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog`liq bo`lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste`molchining hayoti, siog`lig`i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta`min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo`llanilishi oqibatida iste`molchining hayotiga, sog`lig`i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qat`i nazar, har qanday iste`molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e`tiboran o`n yil mobaynida yuzaga kelgan bo`lsa, qoplanishi lozim. Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarar bartaraf qilib bo`lmaydigan kuch yoki foydalanish, saqlash yoxud tashishning belgilangan qoidalari iste`molchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Qonun tovarning quyidagi jihatlaridagi nuqsonlar uchun javobgarlikni belgilaydi: tovarning tuzilishiga; tovarning ishlab chiqarilishiga; tovarning tarkibiga; tovarning boshqa jihatlaridagi nuqsonlar. Tovarning tuzilishi deganda, uning belgilangan shakli-shamoyili, mavjud standartlarga mosligi, muayyan tasavvur doirasidaligi, tegishli maqsad uchun foydalaniladigan tovar turkumidagi boshqa tovarlarga o`xshashligi tushuniladi. Masalan, oddiy piyola yoki ruchkaning tuzilishini tasavvur qiladigan bo`lsak, piyola konussimon shakldagi atrofi yassi qilib ishlangan suyuqlik iste`mol qilishga mo`ljallangan predmet hisoblansa, ruchka o`z shakli shamoyiliga ko`ra qo`lda yozish uchun qulay bo`lgan ashyo hisoblanadi. Iste`molchiga topshirilgan tovarda nuqsonning mavjudligi, iste`molchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplashning talab qilinishiga asos bo`ladi. Tovarning ishlab chiqarilishidagi nuqson bu tovar (ayniqsa, maxsus idish va o`ramda sotiladigan tovarlar)dagi uni ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan, lekin oddiy ko`zdan kechirish jarayonida aniqlashning imkoni bo`lmagan kamchiliklar hisoblanib, tovardagi bunday nuqsonlar u ishlab chiqarilib tegishli sotuvchilarga topshirilishidan oldin vujudga kelgan bo`lishi kerak. Ishlab chiqarilishi davomida tovarda vujudga kelgan kamchilik (nuqson)ni ishlab chiqaruvchi bilan yoki bilmaganligidan qat`i nazar iste`molchi oldida javobgardir. Zero, bunday nuqson tovar ishlab chiqarilish jarayonidagi kamchilik va tovar ishlab chiqaruvchining ishga bo`lgan noto`g`ri munosabatidan kelib chiqqan hisoblanadi. Umumiy qoidaga ko`ra ishlab chiqaruvchi iste`molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlari ustunligi tamoyilidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi lozim. Shu munosabat bilan qonun chiqaruvchi tovarning ishlab chiqarilishidagi nuqsonlar uchun javobgarlik holatini belgilaydi. Inchinun, bunday me`yorning mavjudligi iste`molchi huquq va manfaatlarining buzilmasligi uchun unga qarshi turgan barcha shaxslarning mas`ulligini kafolatlaydi. Tovarning tarkibi atamasi o`zida tovarning butligi, uning komplekti iboralarini ifodalaydi. Odatda «tarkib» so`zi murakkab ashyolar (agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo`yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. FKning 91-moddasi)ga nisbatan ishlatiladi. Lekin, tovarning tarkibiga nafaqat muayyan qismlar, balki umumiylikka ega bo`lgan bir necha alohida (mustaqil) ashyolar ham kiradi. FKning 1017-moddasiga muvofiq, tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar qoplinishi lozim. Shu o`rinda tovarning konstruktiv jihati deganda, uning tashqi tuzilishi, muayyan qoidaga mos keluvchi qurilishi tushunilishini eslatib o`tish zarur. Retsepturaviy nuqsonlar esa tovarning ichki tuzilishi, tarkibi va tovardan foydalanish qoidalaridagi kamchiliklar bo`lib, bunday nuqsonlar odatda, iste`molchining e`tirozi asosida mutaxassislar tomonidan aniqlanadi. Har qanday tovar sotilayotganda, uning tarkibi to`g`risidagi ma`lumotlar tovarning o`zida yoki tovarga qo`shib xaridor (iste`molchi)ga topshiriladigan boshqa hujjatda ko`rsatilishi kerak. Umumiy qoidaga ko`ra bunday hujjatlar mansub ashyo va hujjatlar hisoblanadi hamda bunday hujjatlarning iste`molchiga qo`shib topshirilmasligi uchun sotib oluvchi javobgar bo`ladi. Mansub ashyo va hujjatlar jumlasiga tovarning sifat sertifikati, tovardan foydalanish yo`riqnomasi, texnik pasport, televizor uchun pult va h.k. lar kiradi. Bunday ashyo va hujjatlarni topshirmagan souvchi sotib oluvchiga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini oladi. Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zararni qoplashi lozim bo`lgan holat sifatida Qonun iste`molchining hayoti, sog`lig`i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta`min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar yoki boshqa vositalar qo`llanilishi oqibatida iste`molchining hayotiga, sog`lig`iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararni keltirib o`tadi. Iste`molchiga taqdim etilayotgan har qanday tovar, ish, xizmat yoki boshqa narsalar uning hayotiga, sog`lig`iga va mol-mulkiga zarar yetishi xavfini tug`dirmasligi lozim. Shu jumladan, ish bajarish yoki xizmat ko`rsatishda ijrochi tomonidan qo`llanilayotgan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar va boshqa vositalar (masalan, ish bajarishda ijrochi tomonidan foydalanilayotgan transport vositasi yoki boshqa oshiqcha xavf manbai) ham iste`molchining yuqorida sanab o`tilgan subyektiv huquqlariga zarar yetkazmasligi zarur. Ishning (xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni ko`rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplinishi lozim. Zero, zarar iste`molchiga aynan shu shaxslar tomonidan yetkaziladi. Bundan tashqari, iste`molchi bilan munosabatga kirishgan tomonlar ham sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va ijrochi (pudratchi, masalan, maishiy pudrat shartnomasida iste`molchi bilan aynan pudratchi shartnomaviy munosabatga kirishadi) deb ataladi. Umumiy qoidaga ko`ra iste`molchi deganda, tovar sotib olgan, ish xizmatga buyurtma bergan shaxs (fuqaro)lar tushuniladi. Lekin Qonunda iste`molchi deganda, tovar sotib olmagan, ish yoki xizmatga buyurtma bermagan, biroq tovardan yoki ish va xizmatning natijasidan foydalangan shaxslar ham iste`molchi hisoblanishi ta`kidlangan. Bunda, tovardan yoki ish va xizmatning natijasidan foydalangan shaxslarning tovarni sotib olgan yoki ish xizmatga buyurtma bergan shaxs bilan qanday shaxslar ham iste`molchi hisoblanadi va tovar, ish yoki xizmat natijasida o`ziga yetkazilgan har qanday zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir. Ularning sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan-kirishmaganligi ahamiyatga ega emas. Muhimi tovar (ish, xizmat) kimdan sotib olinganligi (ish yoki xizmat kim tomonidan bajarilganligi)ni aniqlash, bu tovarni kim ishlab chiqarganligini bilish hisoblanadi. Iste`molchining (ya`ni, zarar yetkazilgan iste`molchining) sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma tuzgan yoki tuzmaganligidan qat`i nazar, har qanday iste`molchining tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqiga egaligi, bu iste`molchining mutloq huquqi hisoblansada, uning subyektiv huquqi sifatida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Qonun iste`molchining hayoti, sog`lig`i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning qoplinishi lozim bo`lgan muddatlarni belgilaydi: normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida; bunday moddalar belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e`tiboran o`n yil mobaynida. Ma`lumki, yaroqlilik muddati va xizmat muddati davomida tovar (ish yoki xizmat)ning benuqson ishlashi va xizmat qilishi yuzasidan javobgarlikni sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o`z zimmasiga oladi. Zero, bunday holatlar normativ hujjatlarda qat`iy o`rnatilib qo`yiladi. Ana shu muddat davomida iste`molchiga yetkazilgan zarar uchun Qonun javobgarlikni belgilaydi. Bunday muddat o`tgandan vujudga kelgan zarar uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi. Har qanday tovarlarga nisbatan ham normativ hujjatlarda xizmat (yaroqlilik) muddatlari belgilanmasligi sababli Qonun, uzoq muddat foydalanishga mo`ljallangan tovarlarni nazarda tutib, bunday tovarlarning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash uchun o`n yillik (ancha uzoq) muddatni belgilaydi. Ana shu o`n yil mobaynida tovar (ish, xizmat)dagi nuqsonlar tufayli iste`molchiga yetkazilgan zarar qoplansa, o`n yildan so`ng yetkazilgan zarar qoplanmaydi. Download 101.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling