Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Download 64 Kb.
Pdf просмотр
bet27/27
Sana14.08.2018
Hajmi64 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

113

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
 
 
YOSH TADQIQOTCHI MINBARI         1/2018 (14)
 
 
  
O`qituvchining  faoliyati  ko`p  qirrali  bo`lib,  ular 
boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo`naltiruvchi, tashkil 
etuvchi  va  baholovchi  rollarini  amalga  oshirishlari 
kerak bo`ladi. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.Mirzaahmedov  
B., G’ofurov N., Ibragimov B. “Fizika o`qitish metodikasi”. T.:“O`qituvchi “
-2017 
2. Djorayev M. “Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi”. T.:“O`qituvchi “
-2017 
3. O`lmasova M. 
“Fizika” 1
-
qism. T.:“O`qituvchi “
-2014 
4.www.ziyonet.uz 
5.www.TDPU.uz 
 
 
 
114

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
 
 
YUBILYARLAR       1/2018 (14)
 
 
  
PESHONAGA BITILGAN BITIKLAR 
 
Qurdosh QAHRAMONOV 

 filologiya fanlari doktori 
 
Istedodli  yozuvchi  va  shoir,  bir  qator  nasriy  va 
she’riy  asarlari  bilan  ham  bolalarning,  ham 
kattalarning  ma’naviy  olamini  boyitishga  birdek 
xizmat  qilayotgan  Abusaid  Ko‘chimov  o‘zining 
navbatdagi  asarini  chop  etdi.  “Binafsha”
  deb 
nomlanuvchi ushbu qissa va hikoyalar to‘plami G‘afur 
G‘ulom nomli nashriyotda chop etilgan. 
 
To‘plamdan  adibning  so‘nggi  davrlarda  yaratgan 
bir turkum hikoyalari hamda “Peshona” nomli qissasi 
o‘rin  olgan.  Yozuvchi  hikoyalarida  ijtimoiy
-
ma’naviy 
muammolar inson taqdiri, qismati bilan bog‘liq holda 
yoritiladi.  Ularda  o‘tish  davriga  xos  bo‘lgan  ijtim
oiy-
psixologik  murakkabliklar,  ziddiyatli  jarayonlar  inson 
kechinmalari, ruhiy holatlar fonida yoritiladi. Adibning 
“Binafsha”,  “To‘y”  kabi  hikoyalarida  bu  holat 
yaqqolroq namoyon bo`ladi.  
 
“Binafsha” hikoyasida yozuvchi Binafsha va Botir 
munosabatlari  tasviri  orqali  insonning  ijtimoiy 
hayotdagi  o‘rni,  ma’naviy  dunyosidagi  evrilishlar 
xususidagi  qarashlari  bilan  kitobxonni  oshno  qiladi. 
Avvallari  faqat  ishqiy  munosabatlar  tufayli  bir-biri 
bilan  bog‘langan  bu  qahramonlar  bir  necha  yillik 
tanaffusdan  keyin  Binafshaning  chorlovi  bilan  yana 
aloqalarini tiklashadi. Hikoyada mana shu uchrashuv 
jarayonidagi  o‘zaro  muloqot  tasviri  asarning  asosini 
tashkil etadi.  
Binafshaning  chorloviga  har  xil  ikkilanishlar  va 
tahminlar 
bilan 
kelgan 
Botir 
Binafshadagi 
o‘zgarishlarni ko‘rib hayratga tushadi. U endi ilgarigi 
faqat xushtor sifatida tilga olinadigan Binafsha emas, 
balki  yana-
da  go‘zallashgan,  yana
-da  dadillashgan 
va,  eng  muhimi,  hayotda  muayyan  maqsad  sari 
intilayotgan  bilimdon,  ishchan  bir  tadbirkorga 
aylangan zamonav
iy ayol timsolida namoyon bo‘ladi. 
Hayotning  ming  bir  chig‘irig‘idan  o‘tib,  taniqli 
aktrisaga  aylangan,  o‘zining  xususiy  studiyasini 
ochgan  Binafshaning  Botirni  yoniga  chorlashidan 
maqsadi ham eski munosabatlarini tiklashgina emas, 
balki  iste’dodli  ijodkor
 
sifatida  o‘zi  yaratmoqchi 
bo‘layotgan
  filmiga  hamkorlik  qilishdan  ham  iborat 
edi.  Shu  tariqa,  ular  o‘rtasidagi  suhbat  eng  avvalo, 
bugungi  adabiyot  va  san’at  olamida  kechayotgan 
yaxshi-yomon 
jarayonlar, 
kino 
olamidagi 
muammolar, turli-
tuman qing‘ir
-qiyshiqliklar haqidaga 
talqinlarga  aylana  boradi.  Yozuvchi  Binafsha 
timsolida  bugungi  kino  san’atidagi  eng  og‘riqli 
nuqtalarni  bartaraf  qilishga  jazm  etgan  qahramonni 
yaratadi. Uni bir ideal obraz sifatida emas, balki shu 
jarayonning  ichida  yurgan,  undagi  fojiala
rni  o‘z 
boshida sinagan, lekin o‘zligini saqlab qolgan obraz 
qiyofasida  namoyon  bo‘ladi.  Uning  birdan
-bir 
maqsadi  milliy  o‘zli
kni  namoyon  qiluvchi  filmlar 
yaratish.  Shu  maqsad  yo‘lida  u  Botirni  yoniga 
chorlaydi.  
Adibning  “To‘y”  nomli  hikoyasida  esa  to‘yla
rdagi 
o`z  holiga  qaramasdan  otriqcha  dabdababozlik 
holatlari,  soxta  obro‘  uchun  chiranish  holatlari  fosh 
etiladi. 
Yozuvchi 
hikoya 
qahramoni 
Akangqarag‘ayning 
imkoniyati 
ko‘tarmasa
-da, 
poytaxtdan  katta-
katta  nomdor  san’atkorlarni  to‘yga 
olib  kelib,  hammani 
lol  qoldirmoqchi  bo‘lishi,  shu 
maqsadda qo‘shnilari, qarindosh
-
urug‘larini maslahat 
oshiga chorlashi va 
to‘y maslahati tasviri orqali butun 
qishloq  ahlining,  qarindosh-
urug‘larning  o‘ziga  xos 
xarakter-xususiyatlarini  yorqin  detallar  yordamida 
yoritadi.  Mas
lahat  jarayonidagi  dialoglar,  o‘zaro 
muloqotlar  orqali  qishloq  odamlariga  xos  bo‘lgan 
xarakterlarni birma-bir ochish bilan ajralib turadi. Bu 
shunchaki  to‘y  maslahatigina  emas,  odamlarning 
turmush-
tarzi,  o‘y
-xayollari  va  orzu-  umidlarini 
namoyon  qiluvchi  manzaraga  aylanadi.  Chunonchi, 
shu  qishloqning  eng  boy  odami  hisoblanuvchi 
bozorqo`m  istehzoli  nigohi  orqali  dasturxonning 
nochorligini,  uning  har-
har  joyiga  tashlangan  to‘rtta 
non  va  sochilgan  oddiy  qand-qurs,  qachonlardir 
somon bilan suvoq qilingan uyning 
nochor ko‘rinishi 
tasvirlanadi. 
Bu 
tasvirlar 
Akangqarag‘ayning 
imkoniyatlarini yaqqol namoyon qiladi. To‘y haqidagi 
maslahatlar  ham  shunga  yarasha.  Birovi  holingga 
qarab  to‘y  o‘tkazib  qo`yaver  deb  maslahat  bersa, 
boshqasi  poytaxtdan  “yulduz”  qo`shiqchilar
ni  olib 
kelasanmi,  deb  piching  qiladi.  Qaysi  birovi  esa, 
qishloqdan  chiqqan  va  poytaxtda  falon  vazirlikda 
katta  lavozimda  ishlaydigan  tog‘aning  yordamiga 
umid  bog‘lab,unga  uchrashishni  maslahat  beradi. 
Lekin  Akangqarag‘ay  qo‘shnilarini  tog‘am  xizmat 
safarida  ekan,  deb  aldaydi.  Aslida  esa, 
u  tog‘aga 
uchrashgan, 
tog‘a esa uning chiranma to‘y qilishiga 
qarshi  chiqib,  nasihat  qilib  jo‘natgan  edi. 
Q
o‘ni
-
qo‘shnilarining  birontasi  o‘zlarining  to‘yga  q
o`shajak 
hissalari  haqida  lom-
lim  deyishmaydi.  Qo‘shnilar 
tarqag
ach, 
rafiqasi 
bilan 
yolg‘iz 
qolgan 
Akangqarag‘ayning  his  qilgan  ruhiy  kechinmalarini 
asarning kulminatsiyon nuqtasini belgilab beradi. 
Kitobdan  joy  olgan 
qissa  “Peshona”
  deb 
nomlanadi.  Albatta,  bu  gap  zamirida  katta  ma’no 
mujassam.  Peshona  bilan  bog‘liq  qi
smatlar  ikki  xil 
talqin  etiladi.  Hayotda  ishi  yurishgan,  baxti  kulgan 
kishilarni  odatda,  “peshonasi  yarqirabdi”,  deyilsa, 
omadsiz,  nochor  kimsalarga  nisbatan,  “peshonasi 
sho‘r  ekan”
 
kabi  iboralar  qo‘llaniladi.  Qissa 
qahramoni  Rasul  Qodir 
mana  shunday  “pesh
onasi 
sho‘r”lardan.
 
Bir  vaqtlar  iste’dodli  jurnalist  bo‘lgan, 
qator-
qator  maqolalar  va  “Duoning  kuchi”  nomli 
kitobini chop ettirgan Rasul bugungi kunda qariyalar 
uyini  makon  tutgan  va  o‘zining  iste’dodi,  bilimi,  bor 
kuch-quvvatini  sotib  kun  kechirayotgan  g
‘arib kimsa 
sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Qissa  o‘zaro  muloqot
-u 
munosabatlar asosiga qurilgan.  
Asardagi  qariyalar  uyi  o‘z  ma’nosidan  tashqari 
ma’lum darajada ramziy ma’noga ham ega. U tashqi 
olamdan temir panjaralar bilan ajralgan, bir qarashda 
tinch-osuda, 
turmush  g‘ala
-
g‘ovurlaridan  tamoman 
holi joy sifatida taassurot qoldiradi, lekin yozuvchi shu 
115

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
 
 
YUBILYARLAR       1/2018 (14)
 
 
  
joyning  ham  o‘z  hayoti,  o`z  “o‘g‘ri
-
yu  yulg‘ichlari”, 
“talon
-
taroj” qiluvchilari borligini ham o‘rni
-
o‘rni bilan 
muloqot jarayonida hikoya qilib ketadi. Asarda Rasul 
foje
asi  butun  dramatizmi  bilan  namoyon  bo‘ladi. 
Uning  shunday  holatga  tushib,  qariyalar  uyiga  kelib 
qolishiga  eng  avvalo  xotini  Madina  sababchi. 
Rasulning aytishicha, bir vaqtlar nashriyotda tuppa

tuzuk  muharrirlik  qilib  yurgan  Madina  keyinchalik 
mutaa
siblik  yo‘liga  o‘tib,  diniy  qarashlar  ta’sirida 
tamoman  o‘zgaradi.
  Rasul  bir-ikkita  kursdosh 
do‘stlarini  uyga  olib  borganda,  ularning  oldida 
nafsoniyatiga  tegib,  sha’nini  haqorat  qiladi.  Shu 
tariqa, uydan bosh  olib  chiqib  ketgan  Rasul yigirma 
yildirki,  turli  joylarda  yashab  yuradi  va  oxir

oqibat 
og‘aynisi  yordamida
 
shu  qariyalar  uyida  qo‘nim 
topadi.  Qariyalar  uyida  direktor  bo‘lib  ishlagan 
og‘aynisi  Said  Murod  Rasulga  mijozlar  topib  kelar, 
ikkalasi  ijodiy  hamkorlik  qilib  ba’zan  ilmiy,  ba’zan 
badiiy  asarlar  yaratib,  ularni  pullashardi.  Ular 
yaratgan  asarlar  boshqa  mualliflar  nomidan  chop 
etilaverardi.  Elbek  Rasulning  oldiga  kelgan  vaqtda 
Said  Murod  vafot  etgan  va  Rasul  chorasiz  holatga 
tushgan bir payt edi. Qariyalar uyining pullik bo‘limiga 
joylashgan 
Rasuln
ing  nafaqasi  to‘lovni  to‘liq 
qoplamas,  shu  bois,  qo‘shimchasini  o‘zi  ishlab 
topishga  mahkum  edi.  Shuning  uchun  Elbekning 
kelishi uning uchun ayni muddao bo‘lib, mijozlar topib 
kelishini undan iltimos qiladi.  
Asarda  Rasul  qiyofasi  rang-barang  holatlarda 
na
moyon  bo‘ladi.  U  g‘ayb  olamiga  ishonuvchi,  o‘zi 
yaratib  olgan  xayolot  olamida  yashovchi  qahramon. 
Uning yaratib olgan o‘z olami va shu olamda yashab 
ijod  qiluvchi  qahramoni  bor.  Ko‘m
-
ko‘k  archalarga 
burkangan  tog‘  etagida,  sharqirab  oquvchi  soy 
bo‘yida  joylashgan  so‘lim  qishloq,  qo‘lida  chelak 
ushlab  soy  bo‘yiga  tushgan,  atlas  ko‘ylak  kiygan 
dilbar qiz... So‘lim kechki paytlari nayda “cho‘li iroq”ni 
chala
yotgan oshiq yigit. Ular o‘rtasidagi ajib bir ilohiy 
munosabat  va  xayolidagi  kechgan  sevgi  iztiroblari, 
ishqiy  sarguzashtlari...  Rasul  xayolida  yaratgan 
ushbu voqelikni o‘zining haqiqiy hayotidan
-da  ustun 
qo‘yadi.  Eng  yorqin  his
-
tuyg‘ularini,  kechinmalarin

mana shu yaratgan olamida ro‘y
-rost namoyon qiladi.  
Yozuvchining 
mahorati 
shundaki, 
Rasul 
kechmishi orqali adabiyot va san’at, ilm
-fan olamidagi 
tez-
tez uchrab  turadigan  qing‘irliklarni
  mohirlik  bilan 
asar mohiyatida fosh qilib boradi. Jumladan, quloqqa 
chalinadigan mish-mishlar 

 ilmiy va badiiy asarlarni 
yozib  berish,  yozuvchi-
shoirlar,  san’atkorlar  orasida 
tez-
tez  sodir  bo‘lib  turadigan  turli
-
tuman  g‘iybat
-u 
badnomlar, qasdlashishlar  va  boshqa illatlar asarda 
o‘ziga  xos  bo‘lgan  bir  kinoya  bilan asar  to‘qimasiga 
singdirib 
yuboriladi. 
Asar 
voqealari, 
ishtirok 
etayotgan 
qahramonlar, 
ularning 
portretlari, 
nomlanishlaridagi o‘zgarishlar, ba’zilarida asliyatning 
saqlanib  qolishlarida  hujjatlilik  sezilib  turadi.  Bu  hol 
ba’zi  o‘rinlarda  asarda  badiiylik  bilan 
publisistik 
ruhning uyg‘unlashuviga olib kelgan. 
 
 Chunonchi,  tabalalarning  Nizomiy  nomidagi 
pedagogika institutining kechki bo‘limida bir yil o‘qib, 
keyin  kundizga  bo‘limga  o‘tishlari,  kechki  bo‘limda 
qolgan  Rasulning  armiyaga  ketishi-yu,  qaytib 
kelgandan 
keyin  yangi  kursdoshlariga  ko‘nikolmay 
o‘qishni  tashlab  ketishi  va  63  yoshida  ham  sobiq 
talabaligicha  qolishi  kabi  voqealar  tasviridagi aniqlik 
shundan  dalolat  beradi.  Asardagi  Said  Murod, 
Rahmat  Safo,  Uzoqbek,  Robiyabonu,  Mahmud 
Salim, Ergash Murod, Tohir Falak, Ismoil Fayz, Hoji 
kabi ismlar bilan birga “Antik adabiyot tarixi” darsligi 
muallifi  Abdurahmon  Alimuhamedov,  saksoninchi 
yillarda  “Fan  va  turmush”  jurnalida  Rustam  Obidni 
qator  maqolalari  bilan  mashhur  qilgan  eksrtasens 
Mirzakarim Norbekov, “Sirli
 
olam”, “Fan va turmush” 
kabi  nashrlarning  asl  nomi  bilan  tilga  olinishi,  Juna 
haqidagi kitob tarjimasi haqidagi fikrlar buning yorqin 
dalilidir.  Ta’kidlash  joizki,  yozuvchi  qalamga 
olayotgan  manbalarni  chuqur  o‘rgangan,  yaxshi 
biladi. Shu bois ham asarda 
adabiyot, san’at, ilm
-fan, 
diniy masalalar haqidagi ko‘p
lab fikrlar bayon etilgan.  
Asarda  Rasul  qismatidan  tashqari  Salim  Sulton 
qismati  ham  berilgan.  Talabalik  davrida  barchada 
eng  bilimdon,  kelajagi  porloq  iste’dod  sifatida 
taassurot  qoldirgan  Salim  Sultonning  keyinchalik 
anchayin 
o‘rtamiyona  kimsaga  aylanib  qolishi  ham 
qiziqarli hayotiy epizodlar orqali ochib beriladi.  
Eng muhimi, asarda tasvirlanayotgan kursdosh-u 
hamkasblar  munosabatlari,  xudo  bergan  iste’dodini 
namoyon qilgan yoxud qilolmay, pulga chaqayotgan, 
peshonasiga bitilganini kechirayotganlar taqdiri hech 
bir  kitobxonni  befarq  qodirmaydi,  ular    haqida 
mushohada yuritish, muayyan xulosalar chiqarishga 
undaydi.  
 
 
 
 
116

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
 
 
              1/2018 (14)
 
 
  
MUNDARIJA 
 
ANIQ FANLAR 
 
 
Komiljon NASRIDDINOV. Tezlatkichlarsiz  astrozarralar fizikasi
……………………………………….
 

Muhammadrasul    DJO’RAYEV, 
Sherali    BABAEV.  Izchillik    tamoyilining  fizik  nazariyalar 
rivojlanishida namoyon bo‘lishi………………………………………………………………………….……
 
 

Турсунбой ДЖУРАЕВ, Жамшид РУЗИЕВ.
 
Абсолютные  экстензоры класса 
(0)
АЕ
………….
 

Lolaxon  O‘RINBO
YEVA.  Tabiiy-matematik 
ta’lim  jarayonini
  insonparvarlashtirish 

  barkamol 
insonni shakllantirishning omili
……………………………………………………………………………….
 
 
15 
Davron  ZIYADULLAYEV,  Mirzoxid  RAXMONOV,      Gulruh  TEMIROVA.    Multimediali  elektron 
o‘quv qo‘llanma yaratishda ispring suite 8 dasturni qo‘llash………………………………………………
 
 
17 
Gullola  XO`JANIYOZOVA. 
Iqtisodiyot sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga matematika 
o‘qitish jarayonida matematik bilimlar integratsiyasi………………………………………………………

 
20 
 
TABIIY FANLAR 
 
 
Atanazar RAHIMOV. 
O‘rta asrlarda markaziy osiyoda yashagan mutafakkirlarning tabiatshunoslik    
rivojiga qo‘shgan hissalari va dunyoqarashlari……………………………
.
……………………………….
 
 
24 
Zuhra MAXMATKULOVA, Saidjon ISMOILOV, Dildora ABDUAZIMOVA.  
“Polimerlar” mavzusini 
interfaol metodlar yordamida 
o’qitishning samaradorligi………………………………………………….
 
 
27 
Saidnosir FAYZULLAYEV, Shoista VOXIDOVA. Umumiy biologiya (genetika bo

limi) darslarida 
rivojlantiruvchi darslarni olib borish metodikasininig samaradorligini oshirish
………………………….
 
 
30 
 
FILOLOGIYA 
 
 
Sardor NAZAROV. 
“Faust” asari o‘zbekcha tarjimalarida tasviriy vositalarning ifodalanishi…………..
   33 
Marvarid MAMADJONOVA. 
Husayn Voiz Koshifiy ijodida ma’naviy 
- axloqiy masalalarning falsafiy 
talqini
……………………………………………………………………………………………………………
 
 
36 
 
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR 
  
 
Farhodjon    ISMATULLAEV.  O
‘zbekistonning
  Italiya  bilan  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  sohadagi 
hamkorligi
………………………………………………………………………………………………………
 
 
40 
Nuriddin QALQONOV.   
“Temur tuzuklari” da siyosiy yetakchi imijiga oid qarashlar
 
41 
Xushnud  JUMANIYOZOV.  Ijtimoiy-
ma’naviy  muhitni  sog‘lomlashtirishda  oila
-mahalla-
ta’lim
-
nodavlat tashkilotlari hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari…………………………………………………
 
 
44 
Nigora EGAMBERDIEVA. O
‘zbekistonning qadimgi davri   tarixining o‘rganilishi
 (miloddan avv. VII-
IV asrlar).
…………………………………………………………………………………………………
.
……
 
 
48 
Ziyovuddin  ILHOMOV,  Salamat  OMAROV.  IX-
XIII  asr  boshlari  o‘zbek  davlatchiligi  tarixi 
tarixshunosligining ayrim masalalari
…………………………………………………………………………
 
 
51 
Valiqul  ISHQUVVATOV. 
Mahalla faoliyatida tarbiyaning o‘rni: yangicha talqin va yondashuvlar…..
 
53 
 
PEDAGOGIKA 
 
 
Saidaxbor 
BULATOV. 
I
lmiy 
kashfiyotlardan 
ta’lim 
tizimini 
va 
uning 
mazmunini 
modernizatsiyalashda foydalanish mexanizmlari
………………………………………………………….
 
 
56 
Shavkat  RAXIMOV. 
Umumta’lim  maktablari  o’quvchilarini  milliy  ruhda  tarbiyalashda  o’zbek  xalq 
cholg’ularidan foydalanish masalalari……………………………………………………………………….
 
 
62 
Sunatulla  ABDIRASILOV,  Oykaram  BAYMURZAEVA,  Moxira  TO`YCHIYEVA.  U
mumta’lim  
maktablarda  tasviriy  san’at  fanini  o‘qitish  texnologiyasini  amaliyotga  tatbiq  etish  metodikasi….
 
 
65 
Олесья БОНДАРЧУК.  Зависимость социальных представлений от командного вида спорта…
 
73 
Нигора ХАМИДОВА,  Захро САФОЕВА. 
 
Индивидуализация  построения профессиональной 
карьеры  будущего учителя………………………………………………………………………….……..
 
 
75 
Muborak MAHKAMOVA, Nilufar RASULOVA. Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi
……………….
 
77 
Rustam  MEXMONOV.  Pedagogika  kasb-
hunar  kollejlarida  “Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning 
boshlang‘ich kompyuter savodxonligi” fanini o‘qitish masalalari…………
.
………………………………
 
 
79 
Umida MURODOVA. Pedagogik atamalar amal qilishining didaktik  kategoriyalari, tushunchalari va 
tamoyillari 

 
o‘qituvchi kadrlarni samarali shakllantirish garovidir………………………………………..
 
 
83 
117

 
 
 
 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
 
 
              1/2018 (14)
 
 
  
Muxayyo  UMARALIYEVA.  O
‘qituvchilarning  kasbiy  kompetentliligini  rivojlantirish  uchun  malaka 
oshirish kurslarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar
……………………………………………….
 
 
86 
Абдукаххор АБДУКАДИРОВ, Динара Джамалядинова.
 
Преподавание программирования в 
учебных заведениях с использованием метода программированного обучения при изучении 
темы «Одномерные массивы»
 
……………………………………………………………………………
 
 
 
90 
Dono  AKBAROVA.  Maxsus 
maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  5
-6  yoshli  bolalarni  jismoniy 
mashqlar orqali sog‘lomlashtirish usullari……………………………………………………………………
 
 
92 
 
PSIXOLOGIYA 
 
 
Nargis ATABAYEVA. Shaxsdagi altruizm 

 psixologik himoya mexanizmi sifatida
…………………
.. 
96 
Nodira    KAMILOVA,  Zulfiya    KAMALOVA.  Kasbiy  motivatsiya 

 
kasbiy ta’lim  muvaffaqiyatining 
omili sifatida
……………………………………………………………………………………………………
 
 
98 
 
YOSH TADQIQOTCHI MINBARI 
 
 
Nafisa ABDULLAEVA. 
Maktabgacha ta’lim tizimida variativ yondoshuvning o‘ziga xos 
jihatlari
…….
 
104 
Ruslan ALLAYOROV, Muhiddin XIDIROV, Mohinur QO‘SHABOYEVA. 
O
‘zbekistonda
 biologik va 
landshaft xilma-xillikni muhofaza qilishning mintaqaviy geoekologik jihatlari
……………………………
 
 
107 
Shahzoda MAHMUDOVA. Oskar Uayldning ertaklarida ijtimoiy-madaniy muammolarning yoritilishi..  110 
Gulchehra RAHMONOVA. Fizika va uni o`qitishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
………...
  112 
 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling