Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
O‘zbekiston sanoatining tarmoqlar tarkibi
Download 83.93 Kb.
|
kurs ishi Salayev Rahmatullo Og\'ir sanoat
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB O‘ZBEKISTON OG‘IR SANOATINING RIVOJLANISHI VA HUDUDIY JOYLASHUVI
O‘zbekiston sanoatining tarmoqlar tarkibi
(mahsulot hajmi bo‘yicha, jamiga nisbatan foizda) 3-jadval
II BOB O‘ZBEKISTON OG‘IR SANOATINING RIVOJLANISHI VA HUDUDIY JOYLASHUVI2.1.O‘zbekiston og‘ir sanoatining tarmoq tarkibi va rivojlanishiOgʻir sanoat — ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari guruhi. Ogʻir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatning bir qismini oʻz ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilgʻi sa-noati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz-sellyuloza, qurilish materiallari sanoati va boshqa kiradi. Ogʻir sanoat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi, xalq xoʻjaligini kengaytirilgan ishlab chiqarish, texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oʻstirishning negizi hisoblanadi. Oʻzbekistonda 20-asrning boshlariga qadar Ogʻir sanoat korxonalari boʻlmagan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab dastlabki qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilgʻi sanoati korxonalari qurildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga 90 ta Ogʻir sanoat korxonasi koʻchirilib keltirildi. Ularning koʻpi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari koʻpaydi, sifati oʻzgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa joylar turli xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chikaradigan kimyo industriyasi markaziga aylandi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent shaharlari kora metallurgiya, Zarafshon, Olmaliq shaharlari esa rangli metallurgiya markazi hisoblanadi. Oʻzbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, koʻmir, benzin, poʻlat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektrodvigatellar, transformatorlar, akkumulyatorlar, kabellar, ekskavatorlar, koʻprikli koʻtargichlar, yigiruv mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻitlar, sement, qurilish materiallari va boshqa ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoatida tarmoqlarning tutgan oʻrni har xil. Mas, 1995-yilda sanoat maqsulotlarining tarmoqlar boʻyicha tarkibida yoqilgʻienergetika majmuasi 18,3%, metallurgiya 13,9%, kimyo va neft kimyosi sanoati 5,2%, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 8,8%, qurilish materiallari sanoati 4,5%, sellyuloza-qogʻoz sanoati 1%ni tashkil qildi. Sanoat tarak,qiyotida yoqilgʻi-energetika majmuasining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, kumir va energetika kiradi. Oʻzbekiston jaxrndagi 10 ta yirik gaz ishlab chikaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidro- va issiklik elektr st-yalari mavjud. Metallurgiya majmuasi tarkibi maʼdan xom ashyosini, kora va rangli metallarni qazib chiqaruvchp, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat. Oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, nodir metallar va boshqa qator qazilma boyliklarning aniklangan zaxiralari koʻp. Download 83.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling