Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Yoqilg`i-energetika majmui


Download 83.93 Kb.
bet6/13
Sana03.02.2023
Hajmi83.93 Kb.
#1156308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi Salayev Rahmatullo Og\'ir sanoat

Yoqilg`i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko`mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O`zbekistonning g`arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko`mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko`mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o`z ehtiyojlarimizni to`la ta`minlabgina qolmay, ko`p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo`lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo`linadi.
Yoqilg`i sanoati - O`zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u tabiiy gaz, neft, ko`mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud.
O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi

Mahsulot turlari

O`lchov birligi

2000

2001

2002

2003

2004

Neft (gazkondensati bilan birga)


Download 83.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling