Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 83.93 Kb.
|
kurs ishi Salayev Rahmatullo Og\'ir sanoat
O`zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o`rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo`lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko`rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda. Rivojlanishning hozirgi bosqichida mamlakat huhudidan topilgan 70 dan ortiq neft, gaz va gazkondensatli konlardan hamda mavjud uchta ko`mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gazkondensat konlar esa foydalanishga tayyorlab qo`yilgan. Mamlakat yoqilg`i sanoati respublika yoqilg`i-energetika majmuining belgilovchi tarmog`idir. U barcha turdagi yoqilg`i xom ashyosini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning xom ashyoni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan yirik korxonalari Buxoro (Qorovulbozor), Qashqadaryo (Sho`rtan, Muborak), Toshkent (Angren), Surxondaryo (Sharg`un, To`da) va Farg`onada joylashgan. Yoqilg`i sanoati tez o`sib bormoqda. Masalan, 1980 yilda mazkur sanoat tarmog`ida respublika sanoat yalpi mahsulotining 8,8 foizi ishlab chiqarilgan bo`lsa endilikda bu ko`rsatkich salkam ikki marta o`sdi. Respublika sanoatida band bo`lgan ishchi va xizmatchilarning 6 foizi yoqilg`i sanoati tarmoqlarida ishlashadi. Download 83.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling