Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 83.93 Kb.
|
kurs ishi Salayev Rahmatullo Og\'ir sanoat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika bo`yicha 100 100 100
tuzilishining o`zgarishi
6-jadval
Avtomobil sanoati - mashinasozlikning bir tarmog‘i; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar, motorollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi. Avtomobil sanoati 19-a oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniyada vujudga keldi. 20-a. davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya, Ka-nada, Shvesiya va b. mamlakatlarda ham rivoj topgan. Dunyoda har yili o‘rta hisobda 46—53 mln avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9—10 mln, avtobuslar 1,4—1,7 mln, kolganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQSh ning "Jeneral motors", "Ford" , "Kraysler" avtomobil monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillar-ning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning "Toyota" , "Xonda" , "Nissan" monopoliyalari, Germaniyaning "Folksvagen" , "Opel" , Fransiyaning "Reno" , Italiyaning "Fiat" kompaniyalari yengil avtomobillar i.ch.da yetakchilik qiladi. 20-a.ning 80-y.laridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil sotish bozor-larida kattaroq joy egallash, mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Masalan, "Ford" konserni o‘ziga Yaponiyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar", Shvesiyaning "Volvo" konsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan bo‘limlarini kiritdi. "Folksvagen" Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning "Shkoda" konsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. O‘zbekistonda Avtomobil sanoati 90-y.lar boshidan paydo bo‘ldi. 1992 y. O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning "DEU" korporatsiyasi bilan Asaka da yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ("Damas", "Tiko", "Neksiya") ishlab chiqaradigan "O‘zDEU-avto", qo‘shma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Damas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996 y. martdan yo‘lga qo‘yildi, 1996 y. 19 iyulda zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti o‘tkazildi. 1996—99 yillarda "O‘zDEUavto" qo‘shma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999 y. da jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi ("Neksiya" — 28259, "Tiko" — 16380, "Damas" — 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995 y. "O‘zavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, Samarqand sh.da yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari i.ch.ga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qo‘shma korxonasini bunyod etildi. O‘rta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga mo‘ljallangan rasmiy takdimot marosimi 1999 y. 16 martda bo‘lib o‘tdi. Hozircha bu zavodda tayyorlanayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 50% dan ortig‘i O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomobil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiriladi. Asaka avtomobil zavodida ham dastlabki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan bo‘lsa, 1999 y.ga kelib bu ko‘rsatkich 75% ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni ma-halliylashtirish dasturini amalga oshi-rish maqsadida o‘nlab qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Ular Jan. koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "O‘zkoramKo", "O‘z-Tong Xong", "O‘z-Dong Yang", "O‘z-Don-gju Peint Kom-pani", "O‘z-Sam Yang" va b.1998 y.da "O‘zavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning ko‘plab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "O‘zavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "O‘zbek-Lada" shular jumlasidan-dir. Avtomobillarning yangi modella-rini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. 2000 yil boshida Sifatni standart-lash bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO-BMTning tashkiloti; 1946 y.da tuzil-gan) "O‘zDEUavto" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifikatini berdi. 2013 yilda O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaradi. Sohadagi ishlab chiqarish o‘sishi 10 foizga teng. O‘tgan yili qiymati 2,8 milliard dollardan oshiq mahsulot ishlab chiqarilgan edi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda prognoz bo‘yicha 245 mingta avtomobil ishlab chiqarildi. Ulardan 155 mingtasi ichki bozorda sotilsa, qolgan 90 mingtasi eksportga jo‘natildi. Ayni vaqtda, «Samarqand avtomobil zavodi» 2013 yilda 1,1 mingta avtobus va 1,7 mingta yuk mashinalarini ishlab chiqardi. Ma’lumot uchun, 2012 yili O‘zbekistonda 236,2 mingta yengil mashina ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulardan 127,6 mingtasi ichki bozorda, 108,5 mingtasi esa xalqaro bozorlarda sotilgan edi. Hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» tarmog‘idagi GM Uzbekistan kompaniyasi sakkizta modelda yengil avtomobillar ishlab chiqarmoqda. Bular – Nexia, Lacetti, Malibu, Cobalt sedanlari, yonilg‘i sarfi kam bo‘lgan Matiz va Spark mashinalari, Captiva yo‘ltanlamasi va Damas mikroavtobusidir. Yaqindan boshlab Lacetti o‘rnini yangi Gentra modeli egallaydi. O‘zbekistonda Chevrolet Gentra avtomobilini yig‘ish boshlandi. 12uz.com xabariga ko‘ra, ishlab chiqarilayotgan ushbu modelning 90 foiz MDH mamlakatlariga eksport qilinadi. GM Uzbekistan kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda ushbu modelning dastlabki partiyasi Rossiyada sinovdan o‘tkazilmoqda. Qayd etish joiz, Rossiyada ushbu avtomobil uchun buyurtmalar 2013 yil 1 iyunidan qabul qilish boshlangan va jihozlanishiga qarab narxi 399 ming rubl (taxminan 13 ming dollar)dan boshlanadi. Rossiyada ushbu avtomobil Deawoo Gentra nomi bilan sotiladi. XulosaDownload 83.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling