Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 83.93 Kb.
bet2/13
Sana03.02.2023
Hajmi83.93 Kb.
#1156308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi Salayev Rahmatullo Og\'ir sanoat

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekistonda 20-asrning boshlariga qadar Ogʻir sanoat korxonalari boʻlmagan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab dastlabki qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilgʻi sanoati korxonalari qurildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga 90 ta Ogʻir sanoat korxonasi koʻchirilib keltirildi. Ularning koʻpi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari koʻpaydi, sifati oʻzgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi.
Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa joylar turli xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chikaradigan kimyo industriyasi markaziga aylandi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent shaharlari kora metallurgiya, Zarafshon, Olmaliq shaharlari esa rangli metallurgiya markazi hisoblanadi.
Oʻzbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, koʻmir, benzin, poʻlat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektrodvigatellar, transformatorlar, akkumulyatorlar, kabellar, ekskavatorlar, koʻprikli koʻtargichlar, yigiruv mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻitlar, sement, qurilish materiallari va boshqa ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoatida tarmoqlarning tutgan oʻrni har xil. Mas, 1995-yilda sanoat maqsulotlarining tarmoqlar boʻyicha tarkibida yoqilgʻienergetika majmuasi 18,3%, metallurgiya 13,9%, kimyo va neft kimyosi sanoati 5,2%, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 8,8%, qurilish materiallari sanoati 4,5%, sellyuloza-qogʻoz sanoati 1%ni tashkil qildi. Sanoat tarak,qiyotida yoqilgʻi-energetika majmuasining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, kumir va energetika kiradi. Oʻzbekiston jaxrndagi 10 ta yirik gaz ishlab chikaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidro- va issiklik elektr st-yalari mavjud. Metallurgiya majmuasi tarkibi maʼdan xom ashyosini, kora va rangli metallarni qazib chiqaruvchp, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat. Oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, nodir metallar va boshqa qator qazilma boyliklarning aniklangan zaxiralari koʻp.
Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir. Yangi iqtisodiy sharoitda bu tarmoklarda chuqur strukturaviy qayta qurishlar amalga oshirildi, ular mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan. 2002-yilda Oʻzbekiston Ogʻir sanoat korxonalarida 419,6 ming t kora metallar prokati, 2,7 mln. t kumir, 7,2 mln. t neft (gaz kondensa-ti bilan birga), 59,7 mlrd. m3 tabiiy gaz, 49,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya-si, 156 ta transformator, 31285 dona avtomobil, 954 dona traktor, 822 ming t mineral oʻgʻitlar, 9733 t qogʻoz, 3,9 mln. t sement ishlab chiqarildi.
Jahondagi koʻpgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda Ogʻir sanoatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilgan. 1970-yillar oʻrtalarida butun dunyoda 6499 mlrd. kVt-soat elektr energiya-si, 2642 mln. t neft, 1260 mlrd. m3 tabiiy gaz, 2505 mln. t koʻmir, 476 mln. t choʻyan, 652 mln. t poʻlat, 96,6 mln. t mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkichlar 20-asrning oxiriga qadar ham ortib bordi.

Download 83.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling