Kurs ishining maqsadi: O‘zbekiston og‘ir sanoati o‘rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari.
O‘zbekiston sanoati tarmoq tarkibini o‘rganish
O‘zbekiston sanoatining hududlar bo‘yicha tarqalishini tahlil qilish
O‘zbekiston og‘ir sanoatini tahlil qilish va o‘rganish
O‘zbekiston og‘ir sanoatining milliy iqdisodiyotda tutgan o‘rnini ko‘rib chiqish
Kurs ishining obyekti. O‘zbekiston sanoati va tarmoqlar tarkibi
Kurs ishining predmeti. O‘zbekiston og‘ir sanoati
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, 5 ta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. O‘ZBEKISTON SANOAT TARMOQLARI VA HUDUDIY JOYLASHUVI
tarkibi va hududiy joylashuvi.
O`zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o`rin tutib, iqtisodiy rayonlar va viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish, texnikaviy darajasini belgilab beradi. Mamlakat asosiy fondlarining 40, yalpi ichki mahsulotning 15, milliy daromadning 25 foizi sanoatga to`g`ri keladi. Iqtisodiyotda band bo`lgan mehnat resurslarining salkam 13 foizi (yoki 1,1 mln.dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi. Mustaqillik yillarida respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, korxonalarda mulkchilik shakllarini o`zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish va h.k. sanoatning barqaror rivojlanishini ta`minlamoqda. Respublikamizda 2001 yilda 1991 yilga nisbatan sanoat yalpi mahsuloti hajmi 114 %, Qirg`izistonda -68 %, Tojikistonda-38 foizni tashkil etdi.
O`zbekistonda ayniqsa, gaz, neft, kimyo, mashnasozlik, rangli metallurgiya, yoqilg`i sanoati tarmoqlari jadal sur`atlar bilan o`sdi. Sanoat taraqqiyotini jadallashtirish valyuta-moliyaviy, xalq xo`jaligining tashqi bozorga qaramligini zaiflashtiradi. Sanoatning iste`mol buyumlari bilan o`zini-o`zi ta`minlashi esa xalq turmushi darajasini ko`tarishni kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |