Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
O`zbekistonning eng yirik issiqlik elektr stansiyalari
Download 83.93 Kb.
|
kurs ishi Salayev Rahmatullo Og\'ir sanoat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turboagre-gatlar soni Qurilgan yillar
- Nurobod Loyiha quvvati 2400 MVt
- Navoiy IES 1250
- Taxiatosh
O`zbekistonning eng yirik issiqlik elektr stansiyalari.5-jadval.
Hozirgi vaqtda respublikamizda mavjud bo`lgan elektrostantsiyalarda o`rnatilgan umumiy quvvat 11640 MVt ni tashkil etadi, shundan 85,3 foizi issiqlik, 14,7 foizi gidroelektr stantsiyalariga to`g`ri keladi. Respublikamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish 2000 yildagi 46,8 mlrd. kVt. dan 2004 yilga kelib 49,6 mlrd. Kvt soatga yetdi (11-jadval).Respublikamizning qator mintaqalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning ko`payishi va natijada energetika sanoatining rivojlanishi uning xalq xo`jaligidagi salohiyatini oshirib yubordi. Ayni paytda energetika tizimlarini birlashtirish xalq xo`jaligida elektr ta`minoti sifati va barqarorligini tubdan yaxshiladi, gidroresurslar va yoqilg`idan oqilona foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Endilikda mamlakatning qishloq xo`jaligi va agrosanoat majmuini elektrlashtirishda katta ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, yangi yerlarni o`zlashtirish uchun barpo qilingan yuzlab yirik nasos stansiyalarini elektr energiyasi bilan ta`minlash qishloq xo`jaligida elektr quvvatidan foydalanishga talabni oshirib yubordi. Shunday qilib XXI asrning bo`sag`asida mamlakatimizda qishloq xo`jalik korxonalari, tuman markazlari, shaharchalar, shaharlar energiya tizimi tarmoqlariga birlashtirilgan va O`zbekistonning yagona energiya tizimi yaratildi. 1970 yildayoq mamlakatimizda yalpi elektrlashtirish masalasi nihoyasiga yetgan. Hozirga vaqtda O`zbekiston elektr energayasiga bo`lgan ehtiyojini qondirib qolmasdan , balki ma`lum qism elektr energiyani chetga eksport qilmoqda Endilikda mamlakatda 9 ta energetika tizimi mavjud bo`lib, ular O`zbekistonni MODning barcha davlatlari bilan bog`laydi. Mamlakatda (va MOD aro) energetika tizimining tashkil qilinishi elektr transportini rivojlantirishni taqozo qildi. MODdagi yirik elektr stansiyalarni sanoat markazlari bilan bog`lovchi yuqori voltli elektr uzatkichlar qurilgan. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda Toshkent (45 %) va Sirdaryo (28,5 %) viloyatlari nihoyat katta ulushni egallaydi. Shuningdek, Navoiy (15 %) viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasi (6 %), Farg`ona (2,2 %) viloyatining ham ma`lum hissasi bor. Download 83.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling