SHARQ NOTIQLIGI
O‘rta Osiyoda hozirgi O‘zbekiston hududida notiqlik, ya’ni voizlikning vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy ildizlari juda qadimiydir. Ma’lumki, qadimiy Sharqda, taxminan IX asrgacha voizlik vazifasini shoh, xalifa, sulton, qirol va harbiy sarkardalar bajarganlar. Ular asosan, juma kunlari, hayit, navro‘z va boshqa bayram marosimlarida jamoani to‘plab, davlat siyosati, tuzumi, fuqarolarning majburiyat va burchlari, jumladan, bahodirlik, itoatkorlik, qonunlarga rioya qilish, boshqa qo‘shni mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning kirdikorlari, mudofaa, o‘z ichki, tashqi siyosatlari va boshqalar haqida va’z aytganlar.
O‘rta Osiyoda ilk Uyg‘onish davrining mashhur mutafakkiri va voizlaridan bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (870-950) va’z aytganda to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq matnini tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin», - deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |