1. Qoralovchi nutqi o‘zining muayyan shaxs yo bir guruh kishilaming aybini bo‘yniga qo‘yish, o‘zi xizmat qilayotgan ijtimoiy tuzum manfaatini yoqlab, shu tuzum yo davlat styosatiga qarshi bo‘lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmagan fuqarolarni qoralash ruhi bilan xarakterlanadi.
2. Jamoatchi qoralovchi nutqi. Agar davlat prokurori chetdan
kelgan kishi sifatida bu ishga aralashsa, jamoatchi qoralovchi jinoyat
ishtirokchilari bilan yonma-yon turib, bir jamoada ishlagan bo‘lishi
mumkin Jinoyatchi tarjimai holini jamoatchi-qoralovchi prokurorga qaraganda ko‘proq bilishi tabiiy. Shu yo‘l bilan uning jinoyatini
oydinlashtirishi mumkin.
3. Oqlovchi nutqi. Oqlovchi chinakam begunoh odamni emas,
balki aybi bo‘lgan jinoyatchini oqlashga urinadi. Uning gunohidan
o‘tishni talab qiladi.
4. Jamoatchi-oqlovchi nutqi . Sudlanuvchining gunohini yengillatish, ularning to‘g‘ri yo‘lga tushib olishlari uchun ko‘maklashishga qaratilgan bo‘ladi. Bu toifadagi notiqlar muayyan jamoa nomidan so‘zlaydilar.
5. O‘z-o‘zini himoya qilish nutqi – sud notiqligining tarkibiy qismi.O‘z-o‘zini himoya qilish nutqi siyosiy mavqega ega bo‘lgan jarayonlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday jarayonlarda o‘z-o‘zini himoya qilish nutqi ko‘pincha siyosiy hukm chiqarish, ijtimoiy illatlarni ro‘y-rost ochib tashlash darajasiga ko‘tarilib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |