Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti Sharq filologiyasi fakulteti


Download 87.94 Kb.
Sana27.10.2020
Hajmi87.94 Kb.
#137312
Bog'liq
orta osiyo iqtisodiy kengashi

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti

Sharq filologiyasi fakulteti

Turk-ingliz guruhi

1-bosqich talabasi

Sayidqulova Xusnoraning

tarix fanidan mustaqil ishi

Mavzu: O’rta Osiyo iqtisodiy kengashi

  • Reja:
  • 1. O’rta Osiyo iqtisodiy kengashining tashkil etilishi.
  • 2. Kengash faoliyati.
  • 3. Kengashning ahamiyati.

O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashini tashkil qilish sovet davlati uchun hayotiy zaruriyat bo‘lib qolgan masala edi. CHunki Turkiston Iqtisodiy Kengashi faqat o‘lka sarщadlari iqtisodiyotiga muttasaddi bo‘lib, BXSR va XXSRning iqtisodiyotini nazorat qilish huquqiga ega emas, ularni Markaz manfaatlariga yыnaltira olmas edi. Binobarin, Buxoro va Xorazm respublikalarining xom ashyoga boy iqtisodiyotiga Markaz o‘ta muxtoj edi. SHu boisdan ham sovet davlati qanday bo‘lmasin O‘rta Osiyoda siyosiy nuqtai nazardan ataylab yuzaga keltirilgan mustaqil davlatlar iqtisodiyotini birlashtirish uchun bor imkoniyatini ishga soldi.

  • O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashini tashkil qilish sovet davlati uchun hayotiy zaruriyat bo‘lib qolgan masala edi. CHunki Turkiston Iqtisodiy Kengashi faqat o‘lka sarщadlari iqtisodiyotiga muttasaddi bo‘lib, BXSR va XXSRning iqtisodiyotini nazorat qilish huquqiga ega emas, ularni Markaz manfaatlariga yыnaltira olmas edi. Binobarin, Buxoro va Xorazm respublikalarining xom ashyoga boy iqtisodiyotiga Markaz o‘ta muxtoj edi. SHu boisdan ham sovet davlati qanday bo‘lmasin O‘rta Osiyoda siyosiy nuqtai nazardan ataylab yuzaga keltirilgan mustaqil davlatlar iqtisodiyotini birlashtirish uchun bor imkoniyatini ishga soldi.

1921 yilning oxirlaridayoq RKP(b) MQ Siyosiy byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarini xo‘jalik sohalarini qayta tuzib, bu respublikalar bilan Markazning xo‘jalik yo‘nalishlarini birlashtirishni zarur deb topgan edi. 1922 yil fevral oyida RKP(b) MQ O‘rta Osiyo respublikalari iqtisodiyotini integratsiyalashni nazarda tutib, Markazning doimiy nazorati ostida bo‘ladigan yagona iqtisodiy markaz - O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO)ni tashkil etishga qaror qildi

  • 1921 yilning oxirlaridayoq RKP(b) MQ Siyosiy byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarini xo‘jalik sohalarini qayta tuzib, bu respublikalar bilan Markazning xo‘jalik yo‘nalishlarini birlashtirishni zarur deb topgan edi. 1922 yil fevral oyida RKP(b) MQ O‘rta Osiyo respublikalari iqtisodiyotini integratsiyalashni nazarda tutib, Markazning doimiy nazorati ostida bo‘ladigan yagona iqtisodiy markaz - O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO)ni tashkil etishga qaror qildi

RKP(b) MQ Turkbyurosining № 18 majlis (1922 yil 9 mart) qaroriga muvofiq O‘rta Osiyo respublikalari konferensiyasini tayyorlash uchun S.I.Gusev rahbarligida komissiya tuzildi. Bu konferensiya Buxoro, Xorazm va Turkiston respublikalarini iqtisodiy jihatdan birlashtirish va Markazdan jo‘natilgan farmoyishlar asosida uni boshqarish masalalarini muhokama qilishi kerak edi

  • RKP(b) MQ Turkbyurosining № 18 majlis (1922 yil 9 mart) qaroriga muvofiq O‘rta Osiyo respublikalari konferensiyasini tayyorlash uchun S.I.Gusev rahbarligida komissiya tuzildi. Bu konferensiya Buxoro, Xorazm va Turkiston respublikalarini iqtisodiy jihatdan birlashtirish va Markazdan jo‘natilgan farmoyishlar asosida uni boshqarish masalalarini muhokama qilishi kerak edi

RKP(b) MQ Turkbyurosining mazkur qarorini bajarish uchun G.N.CHerdansev raisligida maxsus texnik komissiya tuzildi. Bu komissiya tarkibiga TIK raisi N.A.Paskutskiy ham kiritilgan edi. Komissiya o‘z ishini amalda 1922 yil 26 martdan boshladi. O‘rta Osiyo Respublikalari iqtisbirlashtirishga bog‘liq bo‘lgan barcha muhim masalalarning har birini alohida va kengroq tekshirish maqsadida komissiya a’zolari 7 ta bo‘limga taqsimlandi. Xullas, tabiiy ishlab chiqaruvchi kuchlar, demografiya va etnografiya, irrigatsiya, moliya va iqtisod, transport, savdo hamda huquq masalalari bo‘limlari tuzildi. Har bir bo‘limlar uchun javobgar rahbarlar tayinlangan edi.

  • RKP(b) MQ Turkbyurosining mazkur qarorini bajarish uchun G.N.CHerdansev raisligida maxsus texnik komissiya tuzildi. Bu komissiya tarkibiga TIK raisi N.A.Paskutskiy ham kiritilgan edi. Komissiya o‘z ishini amalda 1922 yil 26 martdan boshladi. O‘rta Osiyo Respublikalari iqtisbirlashtirishga bog‘liq bo‘lgan barcha muhim masalalarning har birini alohida va kengroq tekshirish maqsadida komissiya a’zolari 7 ta bo‘limga taqsimlandi. Xullas, tabiiy ishlab chiqaruvchi kuchlar, demografiya va etnografiya, irrigatsiya, moliya va iqtisod, transport, savdo hamda huquq masalalari bo‘limlari tuzildi. Har bir bo‘limlar uchun javobgar rahbarlar tayinlangan edi.

Masalan, tabiiy ishlab chiqaruvchi kuchlar bo‘limiga N.A.Dimo; demografiya va etnografiya bo‘limiga N.N.Xon Iomudskiy; irrigatsiyaga F.A.Morgunenkov; moliya va iqtisod bo‘limiga YU.I.Poslavskiy; transport bo‘limiga A.A.Pugachenkov; savdo sohasi bo‘limiga I.N.Ivanov hamda huquqiy masalalar bo‘limiga G.S.Reyser rahbarlik qildi. Umumiy hisobga ko‘ra texnik komissiya tarkibida 50 nafarga yaqin agronom, muhandis, huquqshunos, etnograf va iqtisodchi mutaxassiclar ish olib bordilar.

  • Masalan, tabiiy ishlab chiqaruvchi kuchlar bo‘limiga N.A.Dimo; demografiya va etnografiya bo‘limiga N.N.Xon Iomudskiy; irrigatsiyaga F.A.Morgunenkov; moliya va iqtisod bo‘limiga YU.I.Poslavskiy; transport bo‘limiga A.A.Pugachenkov; savdo sohasi bo‘limiga I.N.Ivanov hamda huquqiy masalalar bo‘limiga G.S.Reyser rahbarlik qildi. Umumiy hisobga ko‘ra texnik komissiya tarkibida 50 nafarga yaqin agronom, muhandis, huquqshunos, etnograf va iqtisodchi mutaxassiclar ish olib bordilar.

Komissiya rahbarlari tarkibiga birorta ham mahalliy aholiga mansub shaxslar kiritilmagan edi. Holbuki, bu komissiya O‘rta Osiyo respublikalarini iqtisodiy jihatdan birlashtirishning zaruriyati va asosiy shartlari bo‘yicha o‘z xulosalarini chiqarishlari kerak edi1.

  • Komissiya rahbarlari tarkibiga birorta ham mahalliy aholiga mansub shaxslar kiritilmagan edi. Holbuki, bu komissiya O‘rta Osiyo respublikalarini iqtisodiy jihatdan birlashtirishning zaruriyati va asosiy shartlari bo‘yicha o‘z xulosalarini chiqarishlari kerak edi1.
  • Komissiyaning har bir bo‘limi o‘zlariga yuklatilgan masala yuzasidan Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarini chuqur o‘rganishlari, tegishli hujjatlardan foydalanib, o‘zlarining yakuniy xulosalarini tayyorlab komissiyaning umumiy yig‘ilishi muhokamasiga qo‘yishlari kerak edi. Komissiya bo‘limlari qariyb 7 oy ishladi va tayyorlangan hujjatlar va umumiy xulosalar bilan birga komissiya raisi G.N.CHerdansevga topshirildi. Komissiya bo‘limlar hujjatlari bilan tanishib, uni ba’zi aniqliklar va tuzatishlardan so‘ng Markazga taqdim qildi.

Nihoyat, konferensiyaning 1923 yil 9-martda bo‘lib o‘tgan oxirgi majlisida uch respublikani iqtisodiy jihatdan birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, Toshkentda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SES) tashkil qilindi. Konferensiyada shu vaqtdan boshlab uchala respublikaning iqtisodiy faoliyatlari va xo‘jalik rejalarini yagona iqtisodiy siyosat doirasida birlashtirishga qaror qilindi. Konferensiyada o‘n kishidan iborat O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi Prezidiumi tuzildi. Unga RSFSRdan 1 vakil (Lyubimov), Turkistondan 4 vakil (Risqulov, Pribыtkov, Xidiraliev, Paskutskiy), Buxorodan 3 vakil (Otaxo‘jaev,…), Xorazmdan 2 vakil (YAkubov, Sarsonboev) saylandi. SHu bilan birga birlashgan komissarliklar rahbarlaridan 5 vakil (tashqi savdo, aloqa yo‘llari, xalqaro aloqalar, moliya va statistika) ham Prezidium a’zosi hisoblangan. SHunday qilib, anjumanda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi raisi etib, TIKning rahbari N.A.Paskutskiy tayinlandi

  • Nihoyat, konferensiyaning 1923 yil 9-martda bo‘lib o‘tgan oxirgi majlisida uch respublikani iqtisodiy jihatdan birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, Toshkentda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SES) tashkil qilindi. Konferensiyada shu vaqtdan boshlab uchala respublikaning iqtisodiy faoliyatlari va xo‘jalik rejalarini yagona iqtisodiy siyosat doirasida birlashtirishga qaror qilindi. Konferensiyada o‘n kishidan iborat O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi Prezidiumi tuzildi. Unga RSFSRdan 1 vakil (Lyubimov), Turkistondan 4 vakil (Risqulov, Pribыtkov, Xidiraliev, Paskutskiy), Buxorodan 3 vakil (Otaxo‘jaev,…), Xorazmdan 2 vakil (YAkubov, Sarsonboev) saylandi. SHu bilan birga birlashgan komissarliklar rahbarlaridan 5 vakil (tashqi savdo, aloqa yo‘llari, xalqaro aloqalar, moliya va statistika) ham Prezidium a’zosi hisoblangan. SHunday qilib, anjumanda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi raisi etib, TIKning rahbari N.A.Paskutskiy tayinlandi

O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzilganidan so‘ng 1923 yilning aprel va iyun oylarida BXSR va XXSR Nozirlar SHo‘rosi qoshida ham iqtisodiy kengashlar tashkil qilindi. Turkiston Iqtisodiy Kengashi esa o‘z faoliyatini davom ettirib, Buxoro Iqtisodiy Kengashi va Xorazm Iqtisodiy Kengashlari bilan teng huquq asosida O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining rahbarligida ishlay boshladilar.

  • O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzilganidan so‘ng 1923 yilning aprel va iyun oylarida BXSR va XXSR Nozirlar SHo‘rosi qoshida ham iqtisodiy kengashlar tashkil qilindi. Turkiston Iqtisodiy Kengashi esa o‘z faoliyatini davom ettirib, Buxoro Iqtisodiy Kengashi va Xorazm Iqtisodiy Kengashlari bilan teng huquq asosida O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining rahbarligida ishlay boshladilar.
  • Barcha birlashgan idora va korxonalar, shu jumladan, O‘rta Osiyo respublikalari iqtisodiy kengashlari hamda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi va Konferensiya Prezidiumi va xo‘jaliklarning birlashgan sohalari uchun ham ushbu qarorlarni bajarish majburiydir". Nizomga ko‘ra O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi Prezidiumiga iqtisodiy hayotni respublikalararo boshqaruv organi sifatida katta vakolatlar berilgan edi.

Iqtisodiy konferensiyada qabul qilingan "O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi to‘g‘risidagi" Nizomda uning asosiy vazifasi qilib: "Buxoro, Xorazm va Turkiston respublikalarining xo‘jalik hayotini rivojlantirish va boshqarish, shuningdek, uch respublikaning xo‘jalik hayotiga rahbarlik qilish va boshqarish hamda ularga ko‘rsatmalar berish", deb belgilangan edi. SHu bilan bir qatorda Nizomda, "Buxoro, Xorazm va Turkiston Iqtisodiy Kengashlari o‘z 25 respublikalari XKSning doimiy komissiyasi huquqiga ega bo‘lgani holda Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari hududidagi oliy boshqaruv organi bo‘lib, o‘z faoliyatlarida o‘z respublikalarining XKS va MIQ lari oldida javobgar xisoblanib, bu respublika iqtisodiy kengashlari konferensiya prezidiumi va O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi direktivalari asosida boshqariladi", deyilgan edi. O‘z navbatida O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi o‘z faoliyatida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi oldida javobgar hisoblanar edi.

  • Iqtisodiy konferensiyada qabul qilingan "O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi to‘g‘risidagi" Nizomda uning asosiy vazifasi qilib: "Buxoro, Xorazm va Turkiston respublikalarining xo‘jalik hayotini rivojlantirish va boshqarish, shuningdek, uch respublikaning xo‘jalik hayotiga rahbarlik qilish va boshqarish hamda ularga ko‘rsatmalar berish", deb belgilangan edi. SHu bilan bir qatorda Nizomda, "Buxoro, Xorazm va Turkiston Iqtisodiy Kengashlari o‘z 25 respublikalari XKSning doimiy komissiyasi huquqiga ega bo‘lgani holda Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari hududidagi oliy boshqaruv organi bo‘lib, o‘z faoliyatlarida o‘z respublikalarining XKS va MIQ lari oldida javobgar xisoblanib, bu respublika iqtisodiy kengashlari konferensiya prezidiumi va O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi direktivalari asosida boshqariladi", deyilgan edi. O‘z navbatida O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi o‘z faoliyatida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi oldida javobgar hisoblanar edi.

O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining tashkil etilishi bilan uning qoshida O‘rta Osiyo respublikalarining xalq xo‘jaligi rejasini tuzish maqsadida O‘rta Osiyo davlat reja komissiyasi tuzildi. Uning tarkibi: prezidium, kotiblik va turli bo‘limlardan iborat bo‘ldi. Davlat reja komissiyasi tarkibiga kiruvchi bo‘limlar 8 ta bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, byudjet va kredit, transport va umumiy bo‘limlardan iborat edi. Har bir bo‘lim o‘z sohasiga ko‘ra, o‘ziga yuklangan vazifa bo‘yicha uch respublika miqyosida ish olib borar edi. Masalan, qishloq xo‘jaligi bo‘limining vazifasi uch respublikaning qishloq xo‘jaligi rejasi-ni tuzish va asosiy e’tiborni er tuzish va erdan foydalanish hamda respublikalar hayotiga agrar qonunchilikni o‘tkazish masalalariga qaratishdan iborat bo‘lgan.

  • O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining tashkil etilishi bilan uning qoshida O‘rta Osiyo respublikalarining xalq xo‘jaligi rejasini tuzish maqsadida O‘rta Osiyo davlat reja komissiyasi tuzildi. Uning tarkibi: prezidium, kotiblik va turli bo‘limlardan iborat bo‘ldi. Davlat reja komissiyasi tarkibiga kiruvchi bo‘limlar 8 ta bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, byudjet va kredit, transport va umumiy bo‘limlardan iborat edi. Har bir bo‘lim o‘z sohasiga ko‘ra, o‘ziga yuklangan vazifa bo‘yicha uch respublika miqyosida ish olib borar edi. Masalan, qishloq xo‘jaligi bo‘limining vazifasi uch respublikaning qishloq xo‘jaligi rejasi-ni tuzish va asosiy e’tiborni er tuzish va erdan foydalanish hamda respublikalar hayotiga agrar qonunchilikni o‘tkazish masalalariga qaratishdan iborat bo‘lgan.

1923 yil sentyabr oyida SES tashabbusi bilan O‘rta Osiyo bo‘yicha Moddiy-ma’muriy kengash tuzildi. Uning tarkibiga: Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarining iqtisodiy kengashlaridan 1 tadan vakil, uch respublika viloyatlaridagi yirik tarmoqli moddiy-ma’muriy tashkilotlardan 1 tadan vakil, shuningdek, xom ashyo to‘plash boshqarmasi, harbiy idora, Sentrsoyuz va SSSRning O‘rta Osiyodagi vakillik organlari hamda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik banki, O‘rta Osiyo tijorat banki, O‘rta Osiyo Davlat universitetidan 1 tadan vakillar kiritildi. Bu kengashning tuzilishi bilan uch respublikaning moddiy-ma’muriy boshqaruvi to‘liq O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi qo‘liga o‘tdi.

  • 1923 yil sentyabr oyida SES tashabbusi bilan O‘rta Osiyo bo‘yicha Moddiy-ma’muriy kengash tuzildi. Uning tarkibiga: Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarining iqtisodiy kengashlaridan 1 tadan vakil, uch respublika viloyatlaridagi yirik tarmoqli moddiy-ma’muriy tashkilotlardan 1 tadan vakil, shuningdek, xom ashyo to‘plash boshqarmasi, harbiy idora, Sentrsoyuz va SSSRning O‘rta Osiyodagi vakillik organlari hamda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik banki, O‘rta Osiyo tijorat banki, O‘rta Osiyo Davlat universitetidan 1 tadan vakillar kiritildi. Bu kengashning tuzilishi bilan uch respublikaning moddiy-ma’muriy boshqaruvi to‘liq O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi qo‘liga o‘tdi.

1924 yilda boshlangan O‘rta Osiyodagi pul reformasi katta tanqislikni yuzaga keltirib chiqarishi munosabati bilan u 1924 yil 1 mayda to‘xtatildi. Bu davr ichida umumiy hisobda 1113968 chervon rubl muomalaga chiqarildi. Muomilaga yangi pul chiqarilishi bilan O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi uning ustidan statistik hisob o‘rnatish ishini boshlab yubordi.

  • 1924 yilda boshlangan O‘rta Osiyodagi pul reformasi katta tanqislikni yuzaga keltirib chiqarishi munosabati bilan u 1924 yil 1 mayda to‘xtatildi. Bu davr ichida umumiy hisobda 1113968 chervon rubl muomalaga chiqarildi. Muomilaga yangi pul chiqarilishi bilan O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi uning ustidan statistik hisob o‘rnatish ishini boshlab yubordi.

Download 87.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling