Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/34
Sana16.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
#175287
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
markaziy osiyo va xitoy buyuk ipak yoli iqtisodiy tasmasi konsepsiyasining ustuvor yonalishlari

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

59

 ―Central Asian ―Characterists‖ on China`s New Silk Road‖ School of Geography , University of Oxford, Oxford 



OX1 3QY, UK/ published 23 August 2017, page 3 from 65 


 

41 


Xulosa 

Xitoy 


Xalq 

Respublikasi 

iqtisodiy 

jihatdan 

tez 

rivojlanayotgan 



mamlakatlardan  biri  sifatida  dunyoning  ko`plab  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy 

hamkorlik  munosabatlarini  rivojlantirib  kelmoqda.  Shunigdek,  bir  qator 

makroiqtisodiy  ko`rsatkichlar  bo`yicha  ham  dunyoning  yetakchi  mamalaktlari 

qatoridan  joy  olmoqda.  Xitoy  hukumati  tomonidan  ilgari  surilayotgan  iqtisodiy 

loyihalar  hozirgi  davrda  jahon  ho`jaligida  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  bilan 

birgalikda,  dunyo  mamlakatlari  o`rtasida  integratsion  jarayonlarning  yangi 

bosqichga ko`tarilishi uchun asos bo`lib xizmat qilmoqda. 

Qadimda  Buyuk  Ipak  Yo`li  deb  nomlangan  hamda  Xitoy  va  g`arb 

mamlakatlarini  bog`lab  turgan  savdo  yo`llari  o`sha  davrda  mamlakatlar  o`rtasida 

savdo-iqtisodiy  munosabatlarining  rivojlanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etgan. 

Hozirgi kunda Xitoy hukumati tomonidan ilgari surilayotgan loyiha ―Buyuk Ipak 

Yo`li  iqtisodiy  tasmasi‖  deb  nomlanib,  ushbu  yangi  iqtisodiy  konsepsiya 

dunyoning  65  mamlakatini,  dunyo  aholisining  60%  qismini  o`z  ichiga  qamrab 

oladi.  Buyuk  Ipak  Yo`li  iqtisodiy  tasmasi  sharqiy  Osiyo  mamlakatlarini  G`arbiy 

Yevropa  mamlakatlari  bilan  bog`lovchi  ikki  yo`nalish:  quruqlik  hamda  dengiz 

yo`nalishiga ega ekanligi bilan qadimgi Buyuk Ipak yo`lidan farq qiladi. 

Ushbu  konsepsiya  Xitoy  hukumati  rahbari  Si  Szinpin  tomonidan  2013-yil 

sentabr  oyida  XXR  raisining  Markaziy  Osiyo  va  Janubiy  Osiyo  mamlakatlariga 

qilgan  rasmiy  tashriflari  davomida  Qozog`istonning  Ostona  shahrida  keng 

jamoatchilikka  e`lon  qilindi.  Ushbu  loyihaning  dunyo  mamlakatlari,  xususan, 

Markaziy Osiyo hamda O`zbekiston uchun iqtisodiy ahamiyati haqida gapirganda 

quyidagi xulosa va takliflarni bildirish mumkin. 

Birinchidan,  Ushbu  konsepsiya  jahon  xo`jaligida  integratsion  jarayonlarni 

yangi bosqichga olib chiqishi hamda Markaziy Osiyo mintaqasi bu loyihada Sharq 

va  G`arbni  bog`lovchi iqtisodiy  ko`prik vazifasini  bajarishi  mintaqa  mamlakatlari 

iqtisodiy salohiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 




 

42 


Ikkinchidan,  Mintaqa  mamlakatlari  konsepsiya  doirasida  quruqlikdagi  6  ta 

yirik  iqtisodiy  ko`ridorning  4  tasida  bevosita  ishtirok  etishi  mintaqada  savdo 

hamda transit hududlarning ahamiyati va samaradorligi ortishini ta`minlaydi. 

Uchinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasi tabiiy resurslar, xususan gaz va neft 

zahiralariga  boy  mintaqa  sifatida  jahon  xo`jaligida  muhim  ahamiyatga  egadir. 

Xitoy esa so`nggi yillarda tabiiy gaz va neft iste`moli va importini keskin oshirishi 

bilan 

birgalikda 



import 

qiluvchi 

mamlakatlar 

diversifikatsiyasini 

ham 

kengaytirmoqda. O`rta Sharq hamda Rossiya kabi mintaqa va mamlakatlar singari 



Markaziy  Osiyo  mintaqasi  mamalakatlari  ham  Xitoyga  gaz  va  neft  eksportini 

tobora  orttirib  bormoqda.  2008-yildan  Xitoyning  CNPC  kompaniyasi  tomonidan 

amalgam  oshirilayotgan  Markaziy  Osiyo-Xitoy  gaz  quvuri  loyihasi  4  liniyadan 

iborat  loyiha  hisoblanib,  dunyodagi  eng  yirik  loyihalardan  biri  hisoblanadi. 

Kelajakda ushbu gaz  quvuri orqali  Markaziy  Osiyo  mamlakatlaridan  Xitoyga  gaz 

eksporti yanada ortishi bevosita konsepsiyaning rivojlanishi bilan bog`liqdir.  

 To`rtinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi savdo hamkorlari orasida 

mintaqaning  barcha  mamlakatlari  uchun  Xitoy  eng  yirik  savdo  hamkori 

hisoblanadi.  Ikki  tomonlama  o`zaro  hamkorlik  loyihalarining  amalgam  oshirilishi 

mintaqa mamlakatlarining Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini yanada 

mustahkamlaydi. 

Oltinchidan,  Ushbu  iqtisodiy  kosepsiyaning  amalgam  oshirilishi  natijasida 

mintaqa  mamlakatlarining  Yalpi  ichki  mahsuloti  hamdauning  aholi  jon  boshiga 

tog`ri  kelish  qiymati  sezilarli  darajada  ortishini  ko`rishimiz  mumkin.  2015-yilda 

mintaqa mamlakatlarida YAIMning aholi jon boshiga to`gri kelishi 4495$ni tashkil 

etgan  bo`lsa,  2030-yilga  qadar  bu  ko`ratkich  6202$ga  yetishi  taxmin  qilinmoqda. 

Bu esa mintaqa mamlakatlarida aholi turmush darajasi ortishidan dalolat beradi. 

Markaziy  Osiyo  mintaqasi  mamlakatlari  orasida  O`zbekiston  iqtisodiy 

salohiyati  va  barqaror  o`sish  sur`atlari  bilan  ajralib  turadi.    Buyuk  Ipak  Yo`li 

iqtisodiy  tasmasi  konsepsiyasida  ishtirokchi  mamlakat  sifatida  O`zbekistonning 

hozirgi davrdagi iqtisodiy salohiyati va imoniyatlaridan kelib chiqib quyidagilarni 

taklif etish mumkin. 




 

43 


Birinchidan,  O`zbekistonda  erkin  savdo  hudularini  tashkil  etish  va  bu  orqali 

xorijiy va mahalliy tovarlar savdosini kengaytirish natjasida mintaqada yirik savdo 

markazlarini tashkil etish. 

Ikkinchidan, O`zbekistonning turizm salohiyatini yanada kengaytirish, Buyuk 

Ipak yo`li chorrahasida joylashgan Samarqand va Buhoro kabi turizm markazlariga 

xorijiy sayyohlar oqimini ko`paytirish. 

Uchinchidan,  O`zbekistonda  rivojlanayotgan  tekstil  sanoati  va  tekstil 

mahsulotlarini  tashqi  bzorga  yo`naltirish  va  Yevropa  bozorlariga  chiqish 

imkoniyatidan foydalanish. 

To`rtinchidan,  O`zbekistonda  erkin  iqtisodiy  hududlar  salohiyatini  yanada 

kengaytirish  hamda  bu  hududlarda  qo`shma  korxonlar  tashkil  etishni  yanada 

rivojlantirish orqali sanoat sohasini yanada rivojlantirish. 

Buyuk  Ipak  yo`li  iqtisodiy  tasmasi  konsepsiyasi  dunyo  mamlakatlari 

shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yangi 

imkoniyatlar yaratishini xulosa qilish mumkin. 

 

 



 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling