Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.05.2020
Hajmi1.39 Mb.
#107396
1   2   3   4   5
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari


WWW- ―Butunjahon o‘rgimchak to‘ri‖ aloqa tarmog‘i tizimida ma‘lumotlar gi‘ermatnli 

hujjatlar shaklida olinadi. Gi‘ermatn boshqa matnli hujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi matndir. Bu esa 

boshqa  matnlarga  (matnlar  qaysi  mamlakatning  serverida  turishidan  qat‘i  nazar)  tezda  o‘tish 

imkoniyatini  beradi.  Matnlar bilan  bir qatorda WWW hujjatlarida mulg‘timedia ma‘lumotlarini 

ham ko‘rish mumkin.  

O„zbekistonda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasini  rivojlantirishdagi  

davlat siyosati 

O‗zbekiston  Respublikasining  axborotlashtirish  sohasidagi  davlat  siyosati  axborot 

resurslari, 

axborot 


texnologiyalari 

va 


axborot 

tizimlarini 

rivojlantirish 

hamda 


takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini 

yaratishga qaratilgan

1



 Axborotlashtirish  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  yo‗nalish-lari  quyidagilardan 



iborat: 

 

har  kimning  axborotni  erkin  olish  va  tarqatishga  oid  konstitutsiyaviy  huquqlarini 



ro‗yobga chiqarish, axborot resurslari-dan foydalanilishini ta‘minlash; 

 

davlat  organlarining  axborot  tizimlari,  tarmoq  va  hududiy  axborot  tizimlari, 



shuningdek,  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslarning  axborot  tizimlari  asosida  O‗zbekiston 

Respublikasi-ning yagona axborot makonini yaratish; 

                                                           

1

Ўзбекистон Республикасининг ―Ахборотлаштириш тўғрисида‖ги қонуни. 2003 йил 11 декабрь. ЎзР қонун 



ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz 

 

xalqaro  axborot  tarmoqlari  va  Internet  jahon  axborot  tarmog‗idan  foydalanish 

uchun sharoit yaratish; 

 

davlat  axborot  resurslarini  shakllantirish,  axborot  tizimlarini  yaratish  hamda 



rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‗zaro aloqada ishlashini ta‘minlash; 

 

axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqari-lishini tashkil etish;  



 

axborot  resurslari,  xizmatlari  va  axborot  texnologiyalari  bozorini  shakllantirishga 

ko‗maklashish; 

 

dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni rag‗batlantirish; 



 

tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, investisiya-lar jalb etish uchun 

qulay sharoit yaratish; 

 

kadrlar  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish,  ilmiy  tadqiqotlarni 



rag‗batlantirish. 

Axborotlashtirishning  milliy  tizimini  shakllantirish,  barcha  sohalarda  zamonaviy  axborot 

texnologiyalarini  joriy  etishni  jadallashtirish  hamda  uning  huquqiy  asoslarini  tartibga  solishda 

amaldagi qonun va qarorlar, farmonlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar muhim o‗rin tutadi.  

Ayniqsa,  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Kompyuter-lashtirishni  yanada 

rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalarini joriy etish to‗g‗risida‖gi Farmoni

2

da 


axborotlashtirishning  milliy  tizimini  shakllantirish,  iqtisodiyot  va  jamiyat  hayotining  barcha 

sohalarida  zamonaviy  axborot  texnologiyalarini,  kompyuter  texnikasi  va  telekommunikatsiya 

vositalarini  ommaviy  ravishda  joriy  etish  hamda  ulardan  foydalanish,  fuqarolarning  axborotga 

ortib  borayotgan  talab-ehtiyojlarini  yanada  to‗laroq  qondirish,  jahon  axborot  hamjamiyatiga 

kirish,  jahon  axborot  resurslaridan  foydalanishni  kengaytirish  uchun  qulay  shart-sharoitlar 

yaratish kabi masalalar maqsad qilib olingan. Mazkur Farmonda kompyuterlashtirish va axborot-

kommunikatsiya texno-logiyalarini rivojlantirish, ularning zamonaviy tizimlarini joriy  etishning 

birinchi galdagi eng muhim vazifalari belgilab berilgan, ular quyidagilar: 

 

zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma‘lumotlar axborot bazalarini  yaratish, 



axborot  resurslari  va  xizmatlari  bozorini  rivojlantirish,  axborot  almashuvining  elektron 

shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o‗tish; 

 

real  iqtisodiyot  tarmoqlarida,  boshqaruv,  biznes,  fan  va  ta‘lim  sohalarida 



kompyuter  va  axborot  texnologiyalarini  keng  joriy  etish,  aholi  turli  qatlamlarining  zamonaviy 

kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‗lishlari uchun shart-sharoit yaratish; 

 

maktablar,  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar  va  oliy  o‗quv  yurtlarining 



ta‘lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularning 

faol qo‗llanishiga asoslangan ilg‗or ta‘lim tizimlarini kiritish; 

 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasida,  birinchi  navbatda,  dasturiy 



vositalar,  ma‘lumotlarning  axborot  bazalarini  ishlab  chiqish,  respublika,  tarmoq  va  mahalliy 

axborot-kommunikatsiya  tarmoqlarini  shakllantirish,  kompyuter  va  telekommunikatsiya 

texnikasini  ishlab  chiqish  sohasida  faoliyat  yuritish  uchun  yuqori  malakali  mutaxassis  kadrlar 

tayyorlashni tashkil qilish; 

 

axborot-kommunikatsiya  tarmoqlari  va  xizmatlari  konvergensiyasini  nazarda 



tutgan holda mamlakat barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy 

infratuzilmasini,  shu  jumladan,  ko‗chma  aloqa,  IR  texnologiyalari,  boshqa  zamonaviy 

telekommunikatsiya va ma‘lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish; 

 



milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‗oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy 

etish, ularning aholi punktlari, shu jumladan, qishloq aholi punktlariga kirib borishini ta‘minlash; 

 

sifatli  mahalliy  dasturiy  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  va  ularni  eksport  qilishni 



rag‗batlantirishning samarali mexanizmini yaratish; 

 



mahalliy kompyuter texnikasi va uni butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil 

etish. 


                                                           

2

Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  ―Компьютерлаштиришни  янада  ривожлантириш  ва  ахборот-



коммуникация  технологияларини  жорий  этиш  тўғрисида‖ги  фармони.    2002  йил  30  май.  ЎзР  қонун 

ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz 



Farmonda  O‗zbekiston  pochta  va  telekommunikatsiyalar  agentligi  O‗zbekiston  Aloqa  va 

axborotlashtirish  agentligi  etib  qayta  tashkil  etish  hamda  unga  quyidagi  vazifalarni  hal  etish 

yuklatilgan: 

 



axborot  tizimlari,  telekommunikatsiyalar  va  ma‘lumot  uzatish  tarmoqlarini 

rivojlantirish hamda takomillashtirishga xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish; 

 

zamonaviy  xalqaro  standartlarni  joriy  etish,  telekommunikatsiya  va  axborot 



texnologiyalariga  oid  mahalliy  standartlarni,  texnik  shartlar  va  talablarni  ishlab  chiqib,  ularni 

tasdiqlash; 

 

axborot  resurslari  bozorini  rivojlantirish,  davlat  boshqaruvi,  biznes,  sog‗liqni 



saqlash,  fan  va  ta‘lim  sohalarida,  shuningdek,  jamiyat  hayotining  boshqa  sohalarida  axborot 

almashuvining  elektron  shakllariga  o‗tish  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  uni  amalga  oshirishni 

tashkil qilish. 

Mazkur Farmonni bajarish yuzasidan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 

strategik  ustuvorliklarni  amalga  oshirishga  doir  amaliy  chora-tadbirlarni  ta‘minlash  maqsadida 

Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyun 200-sonli ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish 

va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  qarori 

e‘lon  qilindi.  Unda,  xususan,  2002-2010  yillarda  kompyuterlashtirish  va  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish  dasturi  tasdiqlangan  bo‗lib,  mazkur  dastur 

zamonaviy  texnik  infratuzilmani  rivojlantirish-ni  jadallashtirishga,  kompyuterlashtirishni, 

mamlakatimizda  dasturiy  mahsulotlar  industriyasini  va  eksportini  rivojlantirishni  rag‗batlan-

tirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qonunchilikni takomillash-tirish, axborot xavfsizligini 

ta‘minlash  bo‗yicha  shart-sharoitlar  yaratishga  qaratilgan.  Jamiyatning  axborotga  bo‗lgan 

ehtiyojini  qondi-rish,  iqtisodiyotning  jahon  bozorlaridagi  raqobatbardoshliligini  oshi-rish 

dasturning  maqsadli  vazifasi  hisoblanadi.  Unda  axborot-kommuni-katsiya  texnologiyalarini 

rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‗nalish-lari belgilab berilgan: 

 

telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish; 



 

internet tarmog‗ining milliy segmentini rivojlantirish; 



 

kompyuter texnikasi bilan ta‘minlash va kompyuter tarmoq-larini rivojlantirish; 



 

dasturiy mahsulotlar industriyasini barpo etish; 



 

axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish; 



 

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyor-lash; 



 

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobat muhiti-ni rivojlantirish; 



 

normativ-huquqiy bazani standartlash va sertifikatlashni takomillashtirish. 



Dasturning axborot xavfsizligini ta‘minlash bandida, jumladan, axborotni ruxsatsiz o‗chirib 

tashlash,  o‗zgartirish,  buzish,  ko‗chirib  olish,  to‗sib  qo‗yish  va  axborot  resurslariga  qonuniy 

aralashuvga  doir  boshqa  xatti-harakatlarning  oldini  olish,  qonunchilikka  muvofiq  ravishda 

hujjatlashtirilgan  va  elektron  shakldagi  davlat  sirini,  axborotning  mahfiyligini  saqlash, 

O‗zbekiston  Respublikasining  axborot  va  kompyuter  texnologiyalari  sohasidagi  axborot 

xavfsizligini  ta‘min-lash  tizimini  tashkil      qilish      va      axborot      xavfsizligini      ta‘minlov-chi 

xizmatlarni  shakllantirish,  ma‘lumot  uzatish  tarmoqlariga  himoya  vositalarini  joriy  etish 

samaradorligini  baholash,  loyihalarni  axborot  xavfsizligini  ta‘minlash  talablariga  javob  berish 

nuqtai  nazaridan  ekspertizadan  o‗tkazish  uchun  doimiy  ishlaydigan  (idoralararo)  ekspert 

guruhini  tuzish  va  axborotni  himoya  qilish  bo‗yicha  tavsiyalar  ishlab  chiqish,  mamlakatimizda 

axborotni  kriptografik  himoyalash  vositalarini  ishlab  chiqish  kabi  tadbirlarni  amalga  oshirish 

ko‗zda tutilgan. 

Shuningdek,  qarorda  mazkur  yo‗nalish  bo‗yicha  mutaxassislar  tayyorlashga  ham  katta 

ahamiyat  berilib,  ixtisoslashtirilgan  oliy  o‗quv  yurtlarida,  kasb-hunar  kollejlari  va  akademik 

litseylarda  dasturiy  vositalarni,  ma‘lumotlarning  axborot  bazalarini,  multimedia,  kompyuter 

texnikasini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha yuqori malakali mutaxassislar va 

texnik  xodimlar,  shuningdek,  kompyuter  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalanuvchilar 

tayyorlashni kengaytirish lozimligi uqtirilgan.  

So‗nggi yillarda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlanti-rish va joriy etish bo‗yicha 

qator  qonunlar  qabul  qilindi.  Bularga  2003  yil  ikkinchi  chaqiriq  13-sessiyada  qabul  qilingan 

―Elektron raqamli imzo to‗g‗risida‖gi va ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi qonunlar hamda 2004 


yil  ikkinchi  chaqiriq  14-sessiyada  qabul  qilingan  ―Elektron  tijorat  to‗g‗risida‖gi  va  «Elektron 

hujjat aylanishi to‗g‗risida»gi qonunlarni misol keltirish mumkin. 

Xususan, 2003 yil 13 dekabrda qabul qilingan ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi qonunning 

yangi  tahriri  AKTning  so‗nggi  holatini  hisobga  olgan  holda  avvalgisidan  farq  qilib,  unda 

quyidagi tamoyillar o‗z aksini topgan: 

 



har  kimning  axborotni  erkin  olish  va  tarqatishga  doir  konstitutsiyaviy  huquqlarini 

amalga oshirishi, axborot resurslari-dan erkin foydalanishini ta‘minlash; 

 

davlat  organlarining,  tarmoq  va  hududiy  axborot  tizimlari,  shuningdek,  jismoniy 



hamda  yuridik  shaxslarning  axborot  tizimlari  asosida  respublikaning  yagona  axborot 

maydonini yaratish; 

 

xalqaro  axborot  tarmoqlari  va  Internet  -  jahon  axborot  tarmog‗idan  erkin 



foydalanish uchun sharoit yaratish; 

 



davlat  axborot  resurslarini  shakllantirish,  axborot  tizimlarini  yaratish  hamda 

rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‗zaro aloqada ishlashini ta‘minlash; 

 

axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish; 



 

axborot  resurslari,  xizmatlari  va  axborot  texnologiyalari  bozorini  shakllantirishga 



ko‗maklashish; 

 



dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishni rag‗batlantirish; 

 



soha 

yo‗nalishida  tadbirkorlikni  qo‗llab-quvvatlash  va  rag‗batlanti-rish, 

investisiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish. 

Oliy  Majlisning  ikkinchi  chaqiriq  13-sessiyasida  qabul  qilingan  ―Elektron  raqamli  imzo 

to‗g‗risida‖gi  qonun  iqtisodiyot,  boshqaruv  va  boshqa  sohalarda  hujjat  yuritishning  butunlay 

yangi texnologiyasiga o‗tish uchun huquqiy yo‗riqnoma vazifasini bajarmoqda.  

Shu  vaqtgacha  ―Elektron  raqamli  imzo  to‗g‗risida‖gi  qonun  jahonning  70  ga  yaqin 

mamlakatlarida  qabul  qilingan  bo‗lib,  O‗zbekiston  Respublikasi  ham  ana  shunday  mamlakatlar 

qatoridan o‗rin oldi. 

Aytish  joizki,  shu  vaqtgacha  respublikamizda  elektron  raqamli  imzodan  faqat  bank 

faoliyatida  elektron  to‗lovlarni  amalga  oshirishdagina  foydalanilar  edi.  ―Elektron  raqamli  imzo 

to‗g‗risida‖gi  qonunning  qabul  qilinishi  bu  tizimdan  foydalanish  ko‗lamini  kengaytirishga 

huquqiy poydevor bo‗ldi. Respublika darajasida elektron raqamli imzodan foydalanishni to‗g‗ri 

tashkil  etish  eng  dolzarb  va  murakkab  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Elektron  raqamli  imzo 

tizimini  shakllantirishda  tizimning  tuzilmasiga  kiruvchi  barcha  komponentalarning  funksional 

vazifalari, 

majburiyatlari, 

ularga 


qo‗yiladigan  talablar  va  ular  o‗rtasidagi  o‗zaro 

munosabatlarning aniqlab berilishi elektron raqamli imzodan foydalanishni tashkil etishdagi eng 

asosiy va birlamchi bosqich hisoblanadi.  

Vazirlar  Mahkamasining  «O‗zbekiston  Aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  faoliyatini 

takomillashtirish  to‗g‗risida‖gi  qarorida

3

  ―Axborotlashtirish  to‗g‗risida‖gi  qonunga  asosan 



O‗zbekiston  Aloqa  va  axborotlashtirish  agentligining  asosiy  vazifalari  belgilab  berilgan. 

Shuningdek,  O‗zbekiston  Aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  to‗g‗risidagi nizom  hamda  uning 

hududiy boshqarmasining namunaviy va markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.  

O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Elektron  raqamli  imzodan 

foydalanishning  huquqiy-normativ  bazasini  takomil-lashtirish  to‗g‗risida‖gi  qarori

4

  ushbu 



qonunning bajarilishini ta‘min-lovchi me‘yoriy hujjatlardan hisoblanadi. 

Maktablar,  litseylar,  kollejlar  o‗quvchilarining,  oliy  ta‘lim  muassasalari  talabalarining 

axborotga  bo‗lgan  talab-ehtiyojlarini  har  tomonlama  qondirish  uchun  zarur  shart-sharoitlar 

yaratish, shuningdek, Internet tarmog‗ining milliy segmentida ta‘lim va bilim beradigan axborot 

                                                           

3

 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг  215-сонли   «Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш 



агентлиги  фаолиятини  такомиллаштириш  тўғрисида‖ги  қарори.  2004  йил  7  май.ЎзР  қонун  ҳужжатлари 

Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz 

4

  Ўзбекистон  Республикаси  Вазирлар  Маҳкамасининг    ―Электрон  рақамли  имзодан  фойдаланишнинг  



ҳуқуқий-норматив  базасини    такомиллаштириш  тўғрисида‖ги  қарори.  2005  йил  26  сентябрь.  ЎзР  қонун 

ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz 



resurslarini  rivojlantirish  maqsadida  O‗zbekiston  Respubli-kasi  Prezidentining  ―O‗zbekiston 

Respublikasida umumta‘lim tarmog‗i-ni yaratish to‗g‗risida‖gi qarori

5

 imzolandi. 



Unda O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim, Xalq 

ta‘limi  vazirliklarining  hamda  "Kamolot"  yoshlar  ijtimoiy  harakatining  respublikadagi  turli 

tuzilmalar  tomonidan  ma‘lumotlar  uzatish  tarmoqlarida  tashkil  etilayotgan  ta‘lim  va  yoshlarga 

mo‗ljallangan  axborot  resurslarini  yagona  "ZiyoNET"  axborot  tarmog‗iga  birlashtirish  va 

tizimlashtirish to‗g‗risidagi taklifi ma‘qullandi.  

Vazirlar 

Mahkamasining 

―Axborotlashtirish  sohasida  normativ-huquqiy  bazani 

takomillashtirish  to‗g‗risida‖gi  qarori

6

  asosida  Davlat  axborot  resurslarini  shakllantirish  va 



Davlat  organlarining  axborot  tizimlarini  tashkil  etish  tartiblari  to‗g‗risidagi  nizomlar  tasdiqlan-

gan. 


Davlat  soliq  xizmati  organlarining  zamonaviy  axborot-kommunika-siya  texnologiyalarini 

qo‗llagan  holda  soliq  to‗lovchilarga  axborot  xizmatlari  ko‗rsatishni  yanada  takomillashtirish, 

xo‗jalik  yurituvchi  sub‘ektlar tomonidan moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblar taqdim etishda 

elektron  hujjat  aylanishini  joriy  etish  maqsadida  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  ―Soliq  to‗lovchilarga  axborot  xizmati  ko‗rsatish  va  Davlat  soliq  xizmati 

organlarining  axborot  tizimini  yanada  takomillashtirish  to‗g‗risida‖gi  Qarori

7

  imzolandi.   Unda 



O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 

2006-2010  yillarda  soliq  to‗lovchilarga  axborot  xizmati  ko‗rsatish  va  davlat  soliq  xizmati 

organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishiga 

doir ishlar tashkil etilishini ta‘minlash lozimligi uqtirilgan. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Respublika  aholisini  axborot-kutubxona  bilan 

ta‘minlashni  tashkil  etish  to‗g‗risida‖gi  Qarori

8

  zamonaviy  talablarni  hisobga  olgan  holda 



kutubxona  tarmog‗ini  tashkil  qilishni  takomillashtirish,  o‗sib  kelayotgan  yosh  avlodning 

intellektual  ehtiyojlarini  qondirishga,  madaniy,  ma‘naviy-axloqiy  qadriyatlarni  saqlab  qolishga 

yo‗naltirilgan  prinsipial  yangi  axborot  markazlarini  tashkil  etish,  shuningdek,  aholini  yanada 

kengroq  va  tizimli  axborot  bilan  ta‘minlash  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  maqsadida 

imzolangan  huquqiy-me‘yoriy  hujjat  hisoblanadi.  Unda  Qoraqalpog‗iston  Respublikasining 

Respublika  kutubxonasi,  viloyatlar  ilmiy-universal  kutubxonalari,  shuningdek,  Toshkent  shahar 

markaziy  kutubxonasi  negizida,  idoraviy  jihatdan  O‗zbekiston  Aloqa  va  axbo-rotlashtirish 

agentligiga  bo‗ysunuvchi  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar  axborot-

kutubxona  markazlari  tashkil  etish  hamda  bu  markazlarning  asosiy  vazifalari  qilib,  quyidagilar 

belgilandi: 

 

ta‘lim  muassasalari  o‗quvchilari  hamda  aholining  zamonaviy  axborot 



texnologiyalaridan  foydalangan  holda  muntazam  ta‘lim  olishi  va  mustaqil  ravishda 

ta‘lim olishiga ko‗maklashish; 

 

milliy  ma‘naviy-axloqiy  qadriyatlarni  keng  ko‗lamda  targ‗ib  qilish,  xalqning 



madaniy-tarixiy  merosidan  bahramand  bo‗lishini  ta‘minlash,  ma‘naviy  boy  va 

uyg‗un kamol topgan shaxsning ijodiy o‗sishi uchun imkoniyat yaratib berish; 

 

yangi axborot texnologiyalari (ma‘lumotlar elektron bazalari, Internet resurslari) 



asosida aholiga axborot xizmati ko‗rsatish; 

                                                           

5

  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  ―Ўзбекистон  Республикасида  умум-таълим  тармоғини  яратиш 



тўғрисида‖ги 191-сонли Қарори. 2005 йил 28 сентябрь. ЎзР қонун ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий 

базаси. www.lex.uz 

 

6

  Ўзбекистон  Республикаси  Вазирлар  Маҳкамасининг  256-сонли  ―Ахборотлаштириш  соҳасида  норматив-



ҳуқуқий базани такомиллаштириш тўғрисида‖ги қарори. 2005 йил 22 ноябр.  ЎзР қонун ҳужжатлари Lexuz 

маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz 

7

 Ўзбекистон Республикаси Вазилар Маҳкамасининг ―Солиқ тўловчиларга ахборот хизмати кўрсатиш ва 



Давлат солиқ хизмати органларининг ахборот тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида‖ги қарори. 2006 

йил 4 август. ЎзР қонун ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий базаси. www.lex.uz 

8

 Ўзбкистон Республикаси Президентининг ―Республика аҳолисини ахборот-кутубхона билан таъминлашни 



ташкил этиш тўғрисида‖ги қарори. 2006 йил 20 июнь.  ЎзР қонун ҳужжатлари Lexuz маълумотлари миллий 

базаси. www.lex.uz 



 

madaniy, ta‘lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga 

oshirish uchun ta‘lim muassasalari, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlari, milliy 

madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish; 

 

universal  axborot  resurslari,  milliy  va  xorijiy  nashrlar  (bosma,  audiovizual, 



elektron  va  boshqa)  fondlarini  shakllantirish,  saqlash  hamda  foydalanish  uchun 

berish. 


O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Davlat  va  xo‗jalik  boshqaruvi, 

mahalliy 

davlat 

hokimiyati 



organlarining 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan 

foydalangan  holda  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  bilan  o‗zaro  hamkorligini  yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  Qarori

9

  davlat  va  xo‗jalik  boshqaruvi,  mahalliy 



davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshi-rish, ularning axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan  foydalanish  vositasida  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  bilan  tezkor  o‗zaro 

hamkorlikni  ta‘minlash,  shuningdek,  davlat  va  xo‗jalik  boshqaruvi,  mahalliy  davlat  hokimiyati 

organlari  tomonidan  ko‗rsatiladigan  xizmatlardan  keng  foydalanishni  ta‘minlash  maqsadida 

yuzaga kelgan normativ-huquqiy hujjat bo‗lib, unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 

foydalangan  holda  interaktiv  davlat  xizmatlari  to‗g‗risidagi  nizom  hamda  bazaviy  interaktiv 

davlat xizmatlari reestri tasdiqlangan. 

Xulosa 


qilib 

aytganda, 

mazkur 

normativ-huquqiy 



hujjatlar 

respublikamizda 

axborotlashtirishning  milliy  tizimini  shakllanti-rish,  barcha  sohalarda  zamonaviy  axborot 

texnologiyalarini  ommaviy  ravishda  joriy  etish  hamda  jahon  axborot  hamjamiyatiga  kirishni 

ta‘minlash bo‗yicha huquqiy asos va yo‗riqnoma vazifasini o‗tashi shubhasiz. 


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling