Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti koreyashunoslik fakulteti koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Download 78.64 Kb.
|
Mirzohid frazeologizm (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qadimiy koreyscha iboralar.
- 2. Xitoy tilidan o‘zlashgan frazeologik birliklar.
- 4. Boshqa tillardan aynan tarjima qilib olingan koreyscha iboralar.
- 가슴이 타올랐다
- 흙빛이 되어
숙어 – so‘zning qo‘shilishidan yangi ma’no hosil bo‘lishi. Iboralar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un birikmalar bo‘lsa ham, so‘zlar singari, odatda, yaxlit bir tushunchani ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyatlar uni so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha olishini ta’minlaydi. Masalan: 발이 넓다 – oyog‘i keng iborasining so‘zdagi ifodasi아는 사람이 많다 – tanish odami ko‘p bo‘ladi. Shu bois ular so‘zlar singari bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
부산이랑 경상도에도 아는 사람이 있어요? 발이 정말 넓군요! Pusan va Kyongsangdoda ham taniydigan odaming bormi? Oyog‘ing rosa keng ekan-ku! Bunday iboralar koreys tilida ko‘plab uchrab, ularga misol tariqasida쥐꼬리- sichqonning dumi(dek) iborasini keltirishimiz mumkin. Ushbu ibora juda ham kam degan ma’noda asosan pulga nisbatan ishlatiladi. 쥐꼬리만 한 월급으로 어떻게 살아요? Sichqonning dumidek bo‘ladigan oylikka qanday yashaysan? Inson tana a’zolari ishtirok etgan iboralardan yana biri손이 크다 iborasidir. Bu ibora to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilinganda qo‘li katta ma’nosini bersa, o‘zbek tiliga qo‘li ochiq, mehribon deb tarjima qilinadi. 제 남편은 손이 커서 항상 선물을 많이 사요. Erim qo‘li ochiq bo‘lgani uchun sovg‘alarni ko‘p sotib olib beradi. Zamonaviy koreys tilida iboralarni 4 turga bo‘lish mumkin: 1. Qadimiy koreyscha iboralar. Bular nihoyatda boy bo‘lib, o‘zining strukturasiga ko‘ra har xildir. Qadimiy frazeologik birliklarda qadimgi koreys tili leksikasi keng qo‘llaniladi va ularda so‘zlar asosan ko‘p ma’noli bo‘ladi. Frazeologik birliklar qadimiy koreys leksikasi materiallaridan qurilgan bo‘lib koreys frazeologik birliklarning asosiy qismini tashkil etadi. Boshqa guruhlarga nisbatan ular ko‘pchilik qismni tashkil etadi. 2. Xitoy tilidan o‘zlashgan frazeologik birliklar. Ular asosan to‘rt bo‘g‘inli so‘zlardan tashkil topadi va har biri butun bir leksik birlikning funksiyasini bajaradi. Jumladan: 일거량득 – (bitta harakat, qo‘sh foyda) bir o‘q bilan ikki quyonni urish; 구밀벅검 – (og‘zida shirin so‘z biroq qoringa pichoq tiqmoq) tili boshqa dili boshqa. 3. Xitoy tilidan aynan tarjima qilib olingan koreyscha iboralar. Bunday frazeologik birliklar o‘zining xitoycha ekvivalenti bilan baravar qo‘llaniladi. Jumladan: 눈 위에 서리친다 – so‘zma-so‘z : qor ustida qirov ham bor. (falokat yolg‘iz kelmaydi, dard ustiga chipqon) 4. Boshqa tillardan aynan tarjima qilib olingan koreyscha iboralar. Masalan : 승냐이 두렵거든 삼님에 가지 몰라 – bo‘ridan qo‘rqqan o‘rmonga bormaydi20 – chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas. Shuningdek, tana a’zolari bilan bog‘liq iboralar ancha keng tarqalgandir. Bunday inson bilan bog‘liq iboralar 3ta asosiy qismga bo‘lingan holda tasnif qilinadi. Ular bosh va uning qismlari, tana va oyoq qismidir. Bosh insonning sezgi organlari va bosh miyya joylashgan qismi bo‘lgani uchun ham inson tanasining asosiy a‘zolaridan biri hisoblanadi. Insonning qanchalik muhim shaxs ekanligi aynan aql darajasi bilan aniqlangani uchun koreys tilidagi boshga oid iboralar orqali umuman olganda insonning xarakteristikasi ochib beriladi. Jumladan, fikrlash funksiyasi ma’nosida: 머리를굳다- (qattiq bosh) 1) xotirasi yomon ; 2) fikrlash doirasi tor. 머리가 좋다- (boshi yaxshi) aqlli. 머리를 쓰다 – boshni ishlatmoq. Yosh ma’nosida : 머리에피도안마르다- (boshiga qon ham yugurmagan) ona suti og‘zidan ketmagan, yosh. 머리가굵다 – yoshi katta. Ko‘z bilan bog‘liq iboralarni olaylik. 눈에 어리다 – ko‘z oldida gavdalanmoq, ko‘z oldiga kelmoq. 눈에 흙이 들어가다 – vafot etmoq, tuproqqa kirmoq. Burun bilan bog‘liq iboralar : 코가 빠지다 – qon bosimi tushmoq. 코 묻은 돈 – yosh bolalarning mayda puli. 코에 걸다 – biror narsani maqtanmoq21. Og‘iz bilan bog‘liq iboralar : 입을 맞추다 – gapi bir joydan chiqmoq. 입을 씻다 – foydani o‘ziga olmoq 입의 혀같다 – aytganini bajarish. 입이 밭다 – kam ovqat yeyish, ma’nosini beradi. Quloq bilan bog‘liq iboralar : 귀가 얇다 –ishonuvchan. 귀가 가렵다 – qulog‘i qizimoq. 귀를 재다 – kimgadir, nimagadir quloq solmoq. Muayyan gap, harakat, birovning xulq-atvoriga, shuningdek, borliqdagi biror hodisa, ko‘rinishga nisbatan insonning reaksiyasini uyg‘otadigan holatlar bilan bog‘liq iboralar ko‘p bo‘lib, ularning asosiy qismi jahl, nafrat va qahr g‘azabni ifodalab keladi. «그 궁금증이라는 것이 묘하게 빛이 변하여 주인 아씨를 뵈옵고 싶은 감정으로 변하였다. 뵈옵지 못하므로 가슴이 타올랐다»22. «Shu voqedan so‘ng Samryong uy ichiga biron marta ham qadam bosmadi. Biroq uning uchun qo‘yilgan sassiz yigitchaning ichini battar timdaladi»23. Yuqoridagi matnda Samryogning vaziyatga bo‘lgan munosabatini va ruhiy holatini ifodalashda «가슴이 타올랐다» ya’ni «ichi qizib ketdi» iborasi qo‘llanilgan. Koreys tilida «takabburlik», «kekkayish», «o‘ziga bino qo‘yish», «o‘zini katta tutish», «burni ko‘tarilgan» ma’nolarini ifodalovchi iboralar asosan «burun» [코] somatizmi bilan bog‘liq: 콧대가 높다, 콧대를 세우다, 코가 우뚝하다 (2), 코를 쳐들다, 코가 솟다. Bulardan tashqari quyidagi iboralar ham ushbu ma’nolarda qo‘llaniladi: 어깨에힘(을) 주다, 팔을 (휘)젓고 다니다, 눈을 부릅 뜨다, 목에 힘을 주다, 목을 뻣뻣이 세우다. Ba’zi polisemantik xususiyatli iboralarning faqat bir ma’nosi yuqoridagi holatlarga muvofiq keladi: 고개를 빳빳이 들다. Shuningdek, yuqorida keltirilgan holatlarga teskari ma’noda bo‘lgan머리(를) 굽히다, 어깨(를) 낮추다va 고개를숙이다24 iboralari «kamtarona tutish», «kamtarlik qilish» ma’nolarini ifodalaydi. O‘zbek tilida iboralarning tuzilishini aniqlash va guruhlashda professor Sh.Rahmatullaevning “Obrazli fe‘l frazeologik birliklar barcha iboralarning qariyb uchdan ikki qismiga teng kelib, grammatik kuzatishlar uchun juda boy manba bo‘lib xizmat qila oladi” - degan fikriga suyandik. Ibora, asosan, belgi va harakat ifodalaydi. Demak, ular grammatik jihatdan belgi yoki harakat bildiruvchi so‘z turkumiga mansub. Ibora leksik birlik kabi qo‘llanish darajasi nuqtai nazaridan ham tasnif qilinadi. Bunga ko‘ra umumiste’mol iboralar (holdan toymoq, shunga qaramay, ro‘yobga chiqmoq) va qo‘llanilishi chegaralangan ibora farqlanadi. Qo‘llanilishi chegaralangan ibora qo‘llanilish davri (eskirgan va zamondosh) va doirasi (dialektal, ilmiy, badiiy so‘zlashuv) bilan ham ma’lum bir tafovutlarga ega, eskirgan ibora (alifni kaltak demoq, aliflayloni bir cho‘qishda qochiradigan, dastin aliflom qilib, kallasini xam qilib, eng silkitmoq); dialektal ibora (alag‘da bo‘lmoq--xavotir olmoq),ko‘ngli tob tashladi (ezildi), halak bo‘lmoq (ovora bo‘lmoq), qumortqisi quridi (intiqbo‘lmoq); ilmiy ibora (nazar tashlamoq, ko‘zga tashlanmoq, chambarchas bog‘lanmoq, to‘g‘ri kelmoq, imkoniyatlar doirasi, qulay qurshov); badiiy ibora (sabr-kosasi to‘lmoq, og‘zining tanobi qochmoq, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq, qildan qiyiq axtarmoq, six ham kuymasin, kulob ham, boshida yong‘oq chaqmoq); so‘zlashuv nutqi iboralari (arpasini xom o‘rmoq, yerga urmoq, yuragi qora, ko‘zi tor, ko‘zi och, boshi ochiq)25. Tarjimaning murakkab faoliyat ekanligi, undagi mushkulotlar haqida Q.Musaev shunday yozadi: «Asl nusxa va tarjima tillari lisoniy imkoniyatlari odatda o‘zaro uyg‘unlik holatida bo‘lmasligi, ya’ni ikki til so‘z va iboralarining mazmuni bilan estetik qiymati qator matniy holatlarda bir-birining o‘rnini qoplay olmasligi talay tarjimaviy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bunday hollarda ifodaning badiiy-estetik qiymatini qayta yaratish tarjimaning asliyat matniga moddiy jihatdan emas, vazifa jihatdan monand kelishini taqozo etadi»26. Iboralar milliylikka asoslangani uchun ularni tarjima qilish hamisha qiyinchilik tug‘dirib, ko‘pincha muayyan muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Odatda, boshqa tilga ularning shakli emas, mazmuni ko‘chadi. Lekin ana shu mazmunni to‘g‘ri ifodalash, u yoki bu iboraning boshqa tildagi muvofiq muqobilini topish uchun ba’zida bir necha avlod tarjimonlar izlanishlar olib borganlar. Iboralar anglatgan ma’noni tushunmay, ularni noto‘g‘ri talqin etish, buzib tarjima qilish asar mazmunini buzibgina qolmay, uning badiiy qimmatiga ham putur yetkazadi. «Matal va idiomalar tarjimasida uch prinsip hukm suradi: 1) asl nusxadagi iboraga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent qidirib topish; 2) asar o‘girilayotgan tildan monand muqobil variant topib qo‘yish; 3) iborani aynan, so‘zma-so‘z tarjima qilish. Har uchala hol ham uchramagan taqdirda tarjimon ularning umumiy ma’nosini aks ettirish bilan kifoyalanishga majbur bo‘ladi»27. Turli xalqlar frazeologik birliklarining bir-birlariga har jihatdan o‘xshashligi aksariyat xollarda xalqlar turmush sharoitlari, urf-odatlari va mantiqiy mushohadalaridagi mushtaraklik bilan izohlanadi. Zero, boshqa til vositalari singari iboralar ham turli-tuman umuminsoniy fikr bayon qilish me’yorlari va hayotiy kuzatishlar asosida vujudga keladilar. Natijada turli tillar barqaror so‘z birikmalari bir xil obrazli asosdan iborat bo‘lib qoladilar. X.Hamroyev «Basharti frazeologik birliklar, maqol va matallarda milliy spesifika aks etgan bo‘lsa, ularni chet tilidagi muqobili bilan almashtirib bo‘lmaydi, zotan, bu vaziyatda kolorit ham o‘zgaradi»28 deb yozadi. Tarjima tilida asliyat tilidagi frazeologik birlikka to‘la ekvivalent bo‘lmagan taqdirda qisman ekvivalent bo‘ladi. Bu qisman muvofiqlik bo‘lib, muqobil variantlar yordamida tarjima qilish deyiladi. «O‘zlarining frazeologik ma’nolariga kora o‘xshash, grammatik qurilish jihatlariga nisbatan o‘zaro yaqin ko‘pchilik muqobil variantlar leksik tarkib tomondan bir-birlaridan batamom farq qiladilar. Ularning ko‘pchiligi shaklan milliy, mazmunan baynalmilaldirlar. Shakli bilan ular o‘zlarining muayyan milliy tilga mansubliklarini tasdiqlasalar, mazmuni bilan jahon madaniyati va sivilizatsiyasi mahsuli ekanliklarini namoyon qiladilar». Jumladan: «감사는 날이 밝은 뒤에야 창고의 무기와 돈과 곡식이 텅텅 빈 것을 알고는 얼굴이 흙빛이 되어 도둑을 잡아들이라고 야단이었다». Download 78.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling