Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti u mumiy pedagogika fanidan


Download 57.04 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi57.04 Kb.
#1022477
Bog'liq
Oqilxon Sharafiddinov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
U MUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN

MAVZU : Boshlang‘ich ta’lim fidoilari. Oqilxon Sharafuddinov xayoti va ijodi


BAJARDI : SHMT fors ingliz (sirtqi)guruh talabasi Abulqosimov Eldorxon
TEKSHIRDI : Botirova Dilafruz

Toshkent – 2022-2023
REJA :

  1. Oqilxon Sharafiddinov hayoti

  2. Boshlang‘ich ta’lim fidoiyining ijod yo’llari

  3. Yozgan kitoblari


Oqilxon Sharafiddinov — Boshlang’ich ta’lim jonkuyari
(1898-1970)
Oqilxon Sharafiddinov 1898-yilda Toshkentda o'rtahol dchqon oilasida tug'ildi. Uning otasi o‘z davri, sharoitiga ko‘ra har tomonlama bilimdon boMish kcrakligini tushungan idrokli kishi cdi. Shuning uchun o‘g‘li Oqilxonni mahalladagi maktabdor domla huzuriga yetaklab bordi va: «Taqsir, Oqilxon bugundan boshlab sizning farzandingiz, eti sizniki, suyagi bizniki». — deya unga lopshirdi. Yosh Oqilxon o‘sha eski maktabda boshqa bolalar qatori bir necha yil o’qib, ko‘p qiyinchiliklar bilan zo'rg'a o'qish va yozishni o'rganib oldi. Shundan so‘ng o‘z bilimini oshirish niyatida Xo‘ja Ahror madrasasiga borib oqidi.
Otaxon murabbiy Oqilxon aka ko‘p yillar mobaynida bilimga chanqoq bolalar bilan ishladi. Aniqrog'i, bir necha o‘n yil davomida yosh qalb egalariga «Alifbe» o’qitib, xat-savod o'rgatib, ilm- ma'rifatdan kengroq bahramand bo’lish, hayotni to‘g'ri va chuqur anglashga qimmatli yo‘llanma berdi. Ularga insonning fazilati, hayotning go‘zalligi, ilm, madaniyat. mehnat, fan va texnikaning qudrati, mehnat kishilarining qahramonligi va hokazolar haqida so'zlab, chuqur ma'naviy ta’sir ko'rsatdi.
Sinfdagi quvnoq, ozoda kiyingan, odobli, intizomli, o‘z murabbiylariga ko‘z tikib o‘tirgan o‘g‘il-qizlar, ularning zo‘r umid va ishonch to’la ko'zlari Oqilxon aka keksayib qolganida ham unga yangidan-yangi kuch-quvvat, g‘ayrat, navqironlik baxsh etgan. Sinfdagi bunday jo‘shqin hayot, o‘qituvchining sof vijdoni, o‘tkir pedagogik va psixologik didi, o‘quvchiIaming ichki dunyosini, ruhini yaxshi bilishi va chuqur insonparvarlik bilan sug‘orilgan muomalasi, talabchanligi, mehribonligi har qanday shogirdni o‘ziga maftun etmay qolmaydi. O‘qituvchi – tarbiyachiga zo‘r hurmat ham ana shunday sinfda vujudga kcladi. Bunga Oqilxon akaning faoliyali yaqqol misoldir. Uning o‘quvchilari har kuni mchribon murabbiy o'rgatgan qimmatli so‘z, tushuncha taassurotlari nash’asi bilan uylariga qaytardilar.
Oqilxon Sharafiddinov uzoq yillar asosan birinchi sinflarni o‘qitdi, chunki u o‘quv yoshiga yetib maktabga kelgan bolalarga ilk bor ta’lim-tarbiya bcrishni sevar edi. «Maktabga yangi kelib, birinchi sinf partasida o'tirgan quvnoq bolalar bilan shug’ullanish meni cheksiz quvontiradi. Ularning avji nihollik payti, qaysi tomonga yo’lasang, shu tomonga egiladigan vaqti. Ular qalam tutish, xat yozish, kitob o’qishni dastlab birinchi sinfda o‘rganadilar, odob-axloq to‘g‘risida tushuncha oladilar, ilk mchnat malakasini hosil qiladilar, jamiyat uchun foydali kishilar bo‘lib yetishish yo'llarini o‘rganadilar», degan edi.
Darslarni har tomonlama to’g‘ri tashkil qilish, uning yuqori saviyada, o'quvchilar uchun tushunarli, ta’sirchan, foydali. maqsadga muvofiq bo’lishi, avvalo, o‘qituvchining puxta tayyorlanishiga bog’liqdir. Shuning uchun Oqilxon aka ko'p yillik, juda boy tajribaga ega bo’lishiga qaramay, kundalik darslarga atroflicha tayyorlanardi. Uning darslari o‘quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash, ularda ijtimoiy foydali mehnatga ishtiyoq va havasni kuchaytirish bilan mustahkam bog‘lanardi. Chunki u tajribali o‘qituvchi sifatida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyatini juda yaxshi tushunardi. Barcha moddiy va ma’naviy boyliklar manbai mehnat ekanini, mehnat kishila rni aqliy, axloqiy vajismoniy tomondan tarbiyalashning kuchli vositasi, kishilarning qadr-qimmati, or-nomusi, yuksak ma'naviy go‘zalligining belgisi ekanini, yoshlarda mehnatsevarlikni tarbiyalashga doimo c'tibor berish — ularga chinakam murabbiy bo‘lishning eng muhim sharti ekanini yaxshi bilar edi.
«O‘qituvchining birinchi sinfda mehnat tarbiyasiga e’tibor berishi, — degan edi Oqilxon aka, — maktabga kelgan bolaning oiladagi ilk mehnat ko‘nikmasini takomillashtiradi, unda nazariy bilimlami turmushga tatbiqqila olishni, mehnatga ongli munosabatningasoslarini tarkib toptiradi, mehnat ahliga hurmat, ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etishga havas uyg‘otadi, uni aqliy, zehniy, jismoniy jihatdan o‘stiradi. Shu bilan birga, mehnat tarbiyasi bolalarni o‘qish-o‘rganish, bilim va hunami havas bilan egallashga qiziqtiradi. Ularda darslarni to‘liq o'zlashti-rish ishtiyoqini oshiradi, hayotdajamoatchilik, hamkorlik, do‘stlik, o‘z mas’uliyatini chuqur anglashni kuchaytiradi.
O‘qish o‘quvchilaming asosiy vazifasidir. Bu ishda o‘quvchilar erishadigan barcha muvaffaqiyatlari ulaming shu muhim vazifani bajarishga qanday munosabatda boMishlariga bog'liqdir. Mcnimcha, bu munosabat ijobiy bo‘lishi uchun o‘quvchiIar o‘rtasida mustahkam intizom, o'qishda onglilik va faollikni kuchaytirish kerak. Albatta, o‘quvchilarda bunday xislatlar o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Chinakam axloqning muhim jihatlaridan bo‘lmish ma’naviy sifatlar maktab hayotida o‘qituvchining tarbiyasi. g‘amxo‘rligida shakllanadi».
O‘quvchilardagi ongli intizom, faollik va mustaqillik ulami 0‘qituvchi bergan bilim, tushunchalami yaxshi idrok etishga, o‘z saviyalariga yarasha xulosalar chiqarishga yoMlaydi, shu bilan birga ulaming o‘qituvchi oldida faqat tinglovchigina bo'lib qolmay, masalani hal etishda faol qatnashuvida, mustaqil fikr yuritishida va tegishli xulosalar chiqarishida ham katta yordam beradi. Natijada o'quvchilar bilimning. o“qish-o‘rganishning kishi hayoti, jamiyat uchun nihoyatda zarur vajuda foydali ekanini chuqur his qiladigan bo‘ladilar va shunday havas bilan bilim oladilar. Intizom, faollik va mustaqillik 0‘quvchUamingo‘qLshga ongli munosabatda bo'lishlarini hamda tezroq bilimdon, irodali, aniq maqsadni ko'zlovchi, har tomonlama qobiliyatli, tashabbuskor bo‘lib ulg‘ayishlarini ta'minlaydi. Shuning uchun Oqilxon Sharafiddinov didaktikaning eng muhim va asosiy jihatlaridan biri o'qishga ongli munosabatda bo lishga asoslanib, o’z o’quvchilarida intizom va faollik sifatlarini tarbiyalashga harakat qildi.
Mehnatsevar Oqilxon aka uzoq yillik pedagoglik faoliyati natijalari sifatida boshlang'ich maktablar uchun qimmatli darslik va metodik qo‘llanmalar yaratdi. Lining 1-sinflar uchun «Mchnat bolalari» (1930), «Bilim va mehnat» (1929), «Alifbc» (1938), “Chiroyli yozuv” (1941), “O‘qish kitobi” (1944), «Kattalar alifbesi» (1939) ana shular jumlasidandir.
Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini g‘oyat samarali olib borishdan tashqari, Oqilxon aka keng o‘qituvchiilar jamoatchiligiga juda katta yordam berdi. Umuman, Oqilxon Sharafiddinov Respublikamizda boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shdi. Toshkent shahridagi 129-maktab Oqilxon Sharafiddinov nomiga qoʻyilgan.
Download 57.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling