Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xitoyshunoslik fakulteti


II BOB. Xitoy tili Adabiyotining rivojlanish tarixi


Download 60.99 Kb.
bet5/7
Sana20.06.2023
Hajmi60.99 Kb.
#1631894
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zoxidova Nafosatning kurs ishi1

II BOB. Xitoy tili Adabiyotining rivojlanish tarixi
Erkin Musurmonov (Erkin Rabbimovich Musurmanov) — Samarqand Davlat chet tillar instituti Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi dotsent v.b. katta o’qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi. 2016 yilda «Xitoy adabiyoti tarixi» o’quv-uslubiy qo’llanmasi nashr etilgan. Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma Respublikamiz universitetlari va Konfutsiy institutlarida xitoy adabiyoti tarixidan o’tiladigan nazariy va amaliy darslarga mo’ljallangan. Qo’llanmada xitoy xalq og’zaki ijodi, qadimgi xitoy adabiyoti ildizlari, ilk shoirlar va yozma adabiy yodgorliklar, o’rta asrlar xitoy adabiyoti, XVII-XVIII asrlar prozasi, XX asr va eng yangi XXR adabiyoti to’g’risida ma’lumot beriladi (Qo’llanma bilan sahifa oxirida onlayn formatda tanishing).
Erkin Musurmonov zamonaviy xitoy adabiyoti va uning o’rganilish tarixi bo’yicha ham bir qator maqolalar muallifi.

Haqiqat bo’linmaydi, demak, u o’zi o’zini idrok eta olmaydi; kim uni idrok etmoqchi bo’lsa, yolg’onga aylanishi kerak.
Frants Kafka.
Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan Mo Yanning xizmati «xalq ertaklarinitarix va zamonaviylik bilan birlashtirgan gallyutsinatorli realizmi»ni adabiyotga tadbiq qilishda deb bilindi. Ko’pchilik adabiyotshunoslar tan olganidek, adib ijodida xalqona ohang, og’zaki ijod, xususan, ertak va asotir janrlariga oid xususiyatlar, tarixiy an’ana va zamonaviylik omuxtaligining mavjudligi uning asarlarini Garsia Markes, Uilyam Folkner va Frants Kafka dunyosi fuqarosiga aylantirdi.
Gohida juda mashhur bo’lish ham yaramaydi, 1944 yilgi Nobel mukofotiga nomzodlar orasida bo’lgan ilmiy fantastika “otasi” Gerbert Uells aynan “juda mashhurligi” sabab laureatlikdan benasib qolib ketgan ekan. Qaysidir ma’noda Tolstoy, Borxes taqdiri ham Uellsnikiga o’xshash bo’ldi. Biroq yozuvchini keng doiradagi mutaxassislarning bilmasligi ham uni mukofot laureatiga aylantirishiga yordam beradi deb bo’lmaydi.
Mo Yanning mukofotga loyiq deb topilishi turli adabiy doiralarda ijobiy munosabat bilan birga ayrim g’arblik tanqidchilarning ikkilanishlariga sabab ham bo’ldi. Keyingilarni tushunish mumkin: odatda Nobel mukofoti o’z sohasida mashhurlikka erishib, tanilganlarga berilar edi. Jumladan o’z vaqtida rahmatli Chingiz Aytmatov bu mukofotga loyiq topilganda, ayrimlar norozi tarzda yuzlarini burishtirib qo’ysalar-da, oxir- oqibat shved akademiklarining tanlov mantig’ini tushunar edilar, chunki MDH o’quvchilarining ko’pchiligi uchun u tengsiz edi, Yevropa va Amerikada ham uning ko’plab muxlislari bor edi. Biroq, 2012 yilgacha Mo Yanni bir ikki mutaxassisdan tashqari, nafaqat O’zbekiston yoki Markaziy Osiyoda balki Sharqiy Yevropada kim bilar edi? Madaniyati rivojlanib ketgan deb tan olinadigan Yevropa matbuoti o’z o’quvchilarini Nobel mukofoti laureatini uning… 80-yillarning so’nggida kinoteatrlarda namoyish qilingan “Qizil gaolyan” fil`mi orqali eslatmoqchi bo’ldi. Laureatlikka tanlanganligini eshitgan Mo Yanning o’zi ham bu yanglikka hayron qoldi: » Mukofotga loyiq topilganimdan juda ajabdaman, chunki o’zimni xitoy yozuvchilari orasida bunga eng loyig’i deb bilmas edim. Ko’plab yozuvchilar bor, mening darajam unchalik yuksak emas.”
O’zi adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti laureatlari biroz mulozamatchi bo’lishgan. Bir vaqtlari Nobel mukofotini olgan Iosif Brodskiy ham o’zidan ko’ra mukofotga loyiqroq adiblar sifatida Osip Mandel`shtam, Marina Svetaeva, Robert Frost, Anna Axmatova, Uisten Odenlarning nomini keltirib o’tgan edi. Shuningdek, mukofot laureatlari: Xuan Ramon Ximens ispan fashistlari qatl etgan Federiko-Garsia Lorkani, Fransua Moriak esa Avgust Strindbergni, Uil`yam Folkner yurtdoshi Tomas Vulfni, Pablo Neruda frantsuz shoiri Pol Valerini mukofotga munosibroq deb, bilishgan.
Mo Yan g’alaba qozongan Nobel mukofoti taqdimotini ayrimlar madaniy emas, balki siyosiy hodisa deb ham ko’rishdi. Ularning fikricha, mukofot shu vaqtgacha asli Chinlik bo’lgan, biroq faoliyati Xitoy tomonidan tan olinmagan kimsaga berilgan, bu esa Xitoy tomonidan norozilikka sabab bo’lgan. Oradagi sovuqchilikka barham berish maqsadida Nobel mukofoti komiteti o’z mukofotini Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tan olingan yozuvchiga bergan, degan taxminlar ham bildirildi. Shu sababli laureat Mo Yan g’arbliklarning anchagina tikanakli savollariga javob berishiga ham to’g’ri keldi.
Mo Yan laureatlikning dastlabki kunlarida shunday deydi: «Birinchidan, nega hammalaringiz mendan Nobel mukofoti haqida so’raysiz, ha, so’zsiz Nobel mukofoti Xalqaro mukofot sifatida ulkan ta’sir kuchiga ega, biroq tarixda ko’plab buyuk ijodkorlarning, jumladan, Tolstoy, Kafka kabilarning mukofotni olmaganliklari misollari borki, bu holat ular asarlarining o’z vaqtida qadrini topmaganligini bildiradi. O’ylashimcha, mening laureat bo’lishim, ko’plab adiblarning g’ururiga tegib ketadi, shu sababli men bu mavzuga boshqa qaytishni xohlamayman, qolaversa, ko’plab odamlar xitoy adiblarini tanqid qilishadi va bunday munosabat menda bezovtalik hissini paydo qiladi. Meni chet elliklar bilan o’yin qilishligimda ayblashayotganlarni va umuman Nobel mukofotiga rozi bo’lganligim uchun tanqid qilayotganlarni tushunishga harakat qilaman. Xitoylik adiblar shundoq ham toblangan tova ustidagi chumolilarga o’xshashadi, undan ham ortig’ini aytaman, bizning davlatda yozuvchilar mukofotlar uchun emas, xalq uchun ijod qilishadi».
Ikkilanishlarning yana bir sababi “xitoycha” deb jaranglagan (ruscha «kitayskiy») tushunchasining keng tarqalib ketganligi bo’ldi. Xitoy katta hududga va son jihatidan tengsiz aholiga ega bo’lgan bo’lsa-da, yaqin vaqtlargacha g’arb madaniyati uchun zamonaviy dunyoning bir chekkasi sifatida ham bilingan. Shunday o’ylovchilar Mo Yanning «gallyutsinatorli realizm» uslubini oddiy o’quvchilarga soddaroq qilib, ro’parangizdagi “xitoycha Kafka”, “ xitoycha Markes”, “xitoycha Folkner” kabi qiyoslashlar bilan tushuntirdilar. Biroq yaqin yillar ichida dunyo afkor ommasi ko’z o’ngida Xitoy iqtisodiy sohada shiddat ko’rsatib, dunyoda ikkinchi o’rinni egallagan qudratli, buyuk davlatga aylanib bo’ldi. Xitoycha notebuk, planshet hozirda hech kimning noroziligiga sabab bo’lmay qo’ydi. Shunga mutanosib Mo Yanning iqtidorini 30 yil oldingi xitoy yozuvchilarga o’xshatish umuman o’rinsiz, zamonaviy g’arb adiblaridan birining kloniga mengzash, buyuk adibga, adabiyotga nisbatan hurmatsizlikdir.
To’g’ri, Mo Yan asarlarida lotin-amerika yozuvchilarining markescha magik realizmini, voqealarning folkercha muallif yurtida sodir bo’lishini, qahramonlar ruhiyatining kafkacha chuqur va mayda detallargacha tahlilini ko’ramiz. Qolaversa, g’aroyib ziyofatlar tasvirida Bulgakovning ta’sirini, “May mamlakati” romanidagi asar ichida asar shaklida “Ming bir kecha”ning bichimini sezamiz. Biroq qaysi ijodkor o’tmish adabiyotidan ilhomlanmay san’atkor bo’lgan? Aslida Mo Yanning yaxlit uslubi juda originaldir. Yozuvchining shakllanishida xitoy mumtoz adabiyotining, dao, buddaviylik ta’limotlarining, shimol va g’arbdagi qo’shni qadimgi turkiy xalqlar fol`klorining ta’siri katta bo’ldi.
Bundan tashqari, adib uslubining shakllanishida makoni Gaomidan 150 kilometrdan nari-beri joylashgan «Lyao Jayning g’aroyibotlar haqidagi hikoyalar» asarining muallifi ajdodlari turkiy ildizlarga ega bo’lgan mashhur Pu Sungling ( 1640—1715) adabiy uslubi ham o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmadi. Mo Yan ulg’aygan hududda Pu Sunglingning novellalaridagi borliq va mistik tasavvurlarning omuxta kelishi, ulardagi qiyofasi o’zgaradigan odamlar, insu-jinslarning badiiy tasviri bo’lg’usi adib dunyoqarashiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Jumladan, Pu Sungling novellalarida katta mahorat bilan tasvirlangan tulki-qiz Mo Yan asarlarida ham keltirib o’tiladi. “May mamlakati” asarida tergovchi shilqimlik qilgan nozanin ba’zan shofyor qiz yoki Szyugo shahrining oliy toifadagi kishining tannoz xotini, goh himoyaga muhtoj bechora yoki hujumkor yirtqich qiyofalarida namoyon bo’ladi.
Mo Yanning asl ismi Guan Moe (xit. 管谟, pinin: Guan Moye). Mo Yan — yozuvchining adabiy taxallusi bo’lib, xitoy tilida «sukut saqla» ma’nosini anglatadi. “Madaniy inqilob” davridagi qaltis hayot tufayli ota-onasi unga, yosh bolaga bo’sag’adan hatlab chiqqan zahoti og’zingni yum, gapirma, bo’lmasa yomon bo’ladi, deb tarbiya berishgan. Shu sabab Guan Moe o’sha kunlardan esdalik tariqasida “sukut saqla” taxallusini tanlagan.
Mo Yanning yoshlikdagi mashaqqatli hayoti u bilan zamondosh bo’lgan boshqa xitoyliklarnikidan deyarli farq qilmaydi. Yozuvchi 1955 yil 17 fevral kuni Shandun viloyati Gaomi tumani Dalan qo’rg’onida dehkon oilasida dunyoga keldi. Xitoyda yuz bergan “madaniy inqilob” tufayli beshinchi sinfdaligidayoq o’qishni yig’ishtirib non topishga majbur bo’ldi. Biroq bu voqealar uning ilmga bo’lgan intilishiga to’sqinlik qilolmadi. Uning akasi Guan Mosinning xotirlashicha, hayotlari qay darajada nochor bo’lmasin, Mo Yan kitob o’qish uchun har qanday og’ir yumushlarni bajarishga tayyor bo’lgan, mutaola uchun kitob topilmay qolganda o’qish xumorini bosish uchun lug’atlarni ham o’qiyvergan.(1)


Download 60.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling