Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik fakulteti xmi va m yo’nalishi talabasi
Download 23.58 Kb.
|
Xitoy.Muminov M. O'zbekistonda statistikani tashkil topishi
Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik fakulteti XMI va M yo’nalishi talabasi Muminov Muhammadhohidning Statistika fanidan “O’zbekistonda statistikaning tashkil etish” mavzusida yozgan mustaqil ishi. Reja.
Kirish 1.Davlat statistikasi to’g’risidagi qonun. 2.Davlat statistika qo’mitasining tashkil topishi. 3.O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi vakolat va vazifalari. 4.Xulosa. Kirish.
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish obyektlarini belgilash zarurati tug‘ilgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi ho‘jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan. Jamiyat hayoti, turmushi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan amaliy ehtiyoj statistikani yaratdi. Statistika lotincha “status” - ahvol, holat so‘zi bilan italyancha “state” - davlat so‘zidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan. Ma’lumotlarda ifodalangan tartib-qoidalarni anglash ishtiyoqi, tushuntirish yo‘llarini topish zaruriyati statistikani fan sohasiga aylantirdi. Tarix shuni ko’rsatadiki davlatning diqqatga sazovor tomonlarini tasvirlaydigan davlatshunoslik fani paydo bo‘lib, u statistika nomi bilan, uni yaxshi egallagan bilimdon esa statistik deb atala boshlandi. Bu fanning ko‘zga ko‘rinarli namoyondasi nemis G. Axenval (1719-1772yy) birinchi bo‘lib statistika so‘zini ot sifatida qo‘lladi va ilmiy odatga kiritdi. Uning fikricha, statistika bu davlat uchun alohida ahamiyat kasb etadigan masalalar sharhi, tasviridir. Ammo hozirgi kunda statistika atamasini bunday mazmunda talqin etish ko‘p jihatlarini yo‘qotdi. Kundalik turmushimizda mamlakat iqtsodiyoti va aholisi haqidagi ma’lumotlar to‘plami statistika deb yuritilsa ham, ammo u o‘tgan asrlardagi “davlatshunoslik” dan tubdan farq qiladi. Hozirgi zamon statistikasi davlatshunoslikdan axborotlarning to‘laligi, turli- tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi. Bu farq nafaqat axborot turlari ko‘pligi va to‘laligida ko‘zga tashlanib qolmasdan, shu bilan birga ularning xarakterida ham yaqqol kuzatiladi. Endi statistika deganda faqat miqdoriy ifodalangan axborotlar tushuniladi. Masalan, muayyan davlatda qanday siyosiy tizim xukmronligi, qaysi til davlat tili ekanligi statistikaga hech qanday aloqasi yo‘q, ammo siyosiy firqolar soni, ularning maqsadi, a’zolar soni va boshqa belgilar bo‘yicha taqsimlanishi, yetakchi firqo tashkilotlari a’zolarining ijtimoiy holati, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha taqsimoti, qaysi tilda qancha aholi gaplashishi va hokazolar - bular statistikadir. Mamlakat hududiy bo‘linmalarining ro‘yxati yoki jo‘g‘rofiy xaritada joylanishi statistika emas, biroq aholini soni, sanoat tarmoqlari va hokazolarning hududiy kesimda taqsimoti statistikadir. 1.Davlat statistika tog’risidagi qonun 16 moddadan iborat bo’lib 2002-yil 12-dekabrda tasdiqlangan va qator o’zgartirishlar kiritilgan, quyida ularni ko’rib chiqamiz. 1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonun davlat statistikasini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi, davlat statistikasi organlarining vakolatlarini belgilaydi hamda yagona statistika axboroti tizimi yuritilishi uchun normativ asos yaratadi. 2-modda. Davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Davlat statistikasining asosiy vazifalari Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish va e’lon qilish; xalqaro standartlarga mos keluvchi yagona statistika uslubiyatini ta’minlash; davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash; statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlar tizimini hamda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish. 4-modda. Davlat statistikasining asosiy prinsiplari Davlat statistikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ishonchlilik, xolislik, beg‘arazlik; dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik; qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik; statistika hisobotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish. 5-modda. Davlat statistikasi organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi davlat statistikasi vakolatli organidir. Davlat statistikasi vakolatli organi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi organlari davlat statistikasi organlari hisoblanadi. Davlat statistikasi vakolatli organining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat statistikasi organlari ma’lumotlar manbalarini, statistika usullarini, statistika ma’lumotlarining mazmuni, shakli, vaqti va tarqatilishini tanlashda mustaqildir. Davlat statistikasi organlarining faoliyatiga davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat statistikasi organlarini moliyalashtirish hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlash Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistika ishlariga haq to‘lash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Davlat statistikasi organlarining ayrim bo‘linmalari o‘z faoliyatini shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin. 6-modda. Davlat statistikasi organlarining huquqlari Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan, statistika, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida ko‘rsatish; ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish. Davlat statistikasi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 7-modda. Davlat statistikasi organlarining majburiyatlari Davlat statistikasi organlari: davlat statistikasi prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga monand statistika uslubiyati birligini ta’minlashi; Davlat statistika ishlari dasturlari bajarilishini ta’minlashi; mamlakatni, uning mintaqalarini, iqtisodiyotning tarmoqlari va shu’balarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilish jarayoni ustidan davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etishi; davlat statistika hisobotlarini yig‘ish ishini, uy xo‘jaliklarining statistika kuzatuvlarini ro‘yxatga olish, bir marotabalik hisobga olish, so‘rovlar, tanlanma monografik va boshqa xil kuzatuvlar o‘tkazilishini tashkil etishi va ta’minlashi; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari va tahliliy axborot bilan ta’minlashi; jamlanma statistika ma’lumotlari e’lon qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning so‘rovlariga binoan shartnoma asosida taqdim etilishini ta’minlashi; yakka tartibdagi statistika ma’lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlari va yuridik shaxslarning tijorat sirlariga rioya etilishini, jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning egasi mavhumlashtirilishini ta’minlashi; davlat statistikasi axborot tizimi davlatning boshqa axborot tizimlariga moslashuvchanligini hamda O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonida o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlashi; xalqaro va mintaqalararo statistika qiyoslashlarini o‘tkazishi; Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini hamda davlat statistikasi uchun zarur bo‘lgan tasniflash tizimini yuritishi shart. Davlat statistikasi organlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 8-modda. Statistika kengashi Statistika kengashi davlat statistikasi vakolatli organi huzuridagi davlat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatishi va muvofiqlashtirilishi muammolari bo‘yicha kollegial maslahat organidir. Statistika kengashi davlat statistikasining ayrim masalalarini ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyalari tayinlashi mumkin. Statistika kengashi va ekspert komissiyalarining yig‘ilishlariga ekspertlar taklif etilishi, yig‘ilishlarda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar vakillarining davlat statistikasi masalalari bo‘yicha axborotlari eshitilishi mumkin. Statistika kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 9-modda. Davlat statistikasi organlarining boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi Davlat statistikasi organlari Davlat statistikasi ishlari dasturini bajarishda davlat statistikasi organlariga ko‘maklashishi shart bo‘lgan boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan statistika ishlarini hamkorlikda bajaradi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda bajaradi. Davlat statistikasi organlari o‘zlarining vakolat doirasiga kiruvchi ayrim ishlarning boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar tomonidan bajarilishiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadi. 10-modda. Davlat statistika ishlari dasturi Davlat statistika ishlari dasturi mamlakatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida statistika axborotini tayyorlash uchun aniq yo‘naltirilgan topshiriqlar hamda statistika ishlarini moliyalashtirish hajmlari qamrab olingan hujjatdir. Davlat statistikasi vakolatli organi statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar talabini o‘rganish asosida ko‘p yillik Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi, bu dasturda davlat statistikasining istiqbolga mo‘ljallangan maqsadlari va yo‘nalishlari belgilab beriladi. Davlat statistika ishlari ko‘p yillik dasturini bajarish maqsadida davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan davlat statistika ishlari yillik dasturi ishlab chiqilib, unda ishlarning bajarilish muddatlari, davlat statistika kuzatuvlari davriyligi va shakllari belgilab olinadi. Davlat statistika ishlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 11-modda. Davlat statistika kuzatuvlari Davlat statistika kuzatuvlari iqtisodiyotda va jamiyatda sodir bo‘layotgan hodisalar hamda jarayonlar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini muntazam ravishda yig‘ib borishdan iborat bo‘lib, ular birlamchi hisob hujjatlari asosida va bevosita kuzatuvlar yo‘li bilan o‘tkaziladi. Davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish uslublari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan belgilanadi. Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun majburiydir. Davlat statistikasi organlari davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etishi mumkin. Davlat statistika kuzatuvlari davlat statistikasi organlari tomonidan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar davlat statistika kuzatuvlari o‘tkazilayotganida qonun hujjatlariga muvofiq xizmat binolari va yer uchastkalariga kirishni ta’minlashi shart. Uy xo‘jaliklari so‘rovi davlat statistika kuzatuvlarining turlaridan biridir va u qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Idoraviy statistika kuzatuvlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin. 12-modda. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri Davlat statistika organlari Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, shuningdek to‘planadigan ma’lumotlar hisobga olinishini va ko‘rsatkichlar identifikatsiya qilinishini ta’minlaydigan statistika kuzatuvlari obyektlarining statistika registrlarini yuritadi. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri axborot-ma’lumotnoma xususiyatidagi, vaqti-vaqti bilan yangilab turiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib, korxonalar va tashkilotlar yagona tasniflash tizimi asosida davlat hisobiga olinishi va identifikatsiya qilinishini ta’minlaydi. Yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar registrini va axborot bazalarini yaratadigan va yuritadigan davlat organlari hamda ularning tasarrufidagi tashkilotlar davlat statistikasi organlariga Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini shakllantirish hamda uning dolzarbligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotni bepul beradi. 13-modda. Statistika ma’lumotlarini taqdim etish Statistika ma’lumotlari to‘liq, xolis, ishonchli bo‘lishi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (zarur hollarda ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan davlat statistikasi vakolatli organi tasdiqlagan muddatlarda va davlat statistika kuzatuvlari shakllari bo‘yicha bepul taqdim etilishi kerak. Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari bo‘yicha statistika ma’lumotlari qonun hujjatlariga muvofiq qog‘ozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobi, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tartibga soluvchi, qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar statistika hujjatlarini to‘ldirish (statistika ko‘rsatkichlari hisobi) uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 14-modda. Statistika ma’lumotlaridan foydalanish Statistika ma’lumotlaridan davlat manfaatlarini ko‘zlab va ilmiy maqsadlarda, jamoatchilikni xabardor etish, bunday ma’lumotlardan foydalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun foydalaniladi. Davlat statistikasi organlari yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olgan birlamchi statistika ma’lumotlari faqat jamlanma statistika ko‘rsatkichlarini tayyorlashda statistika maqsadlarida ishlatiladi hamda jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda e’lon qilinadi. Tarkibida davlat siri va tijorat sirlari bo‘lgan statistika ma’lumotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi. 15-modda. Nizolarni hal etish Davlat statistikasi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 16-modda. Davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Davlat statistika hisobotlarini buzib ko‘rsatganlik, statistika ma’lumotlarini yashirganlik va davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzganlikda aybdor shaxslar qonunga muvofiq jinoiy, ma’muriy va boshqa yo‘sinda javobgar bo‘ladilar. 2. Davlat statistika qo’mitasining tashkil topishi. Yuqorida keltirilgan “Davlat statistikasining tashkil etish” to’g’risidagi qonunga asosan Davlat statistika qo’mitasi tashkil etilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash; davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish; xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiya va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish; davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash; Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish; davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasi o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash; Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish; davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida o‘z vaqtida aks ettirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish. Download 23.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling