indoneziyada 150 ga yaqin elat va etnik guruh yashaydi. Mamlakat aholisining 96% tili, madaniyati va urf-odatiga ko’ra malayyapolineziya til oilasining indonez guruhiga mansub.bulardan eng yiriklari: yavaliklar, sundlar, maduralar, malayyalar, jakartaliklar, achelar, bataklar, dayaklar va boshqalar. Bulardan tashqari, indoneziyada melanezlar, papuaslar, xitoylar, arablar, gollandlar, hindlar va boshqalar yashaydi. Asosiy dini islom dini. aholisining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hinduiyliklar, buddaviylik, konfutsiylik va mahallliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiladi. Indoneziya aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7%ini tashkil etgan yava orollarida. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Yirik shaharlari jakarta, surabayya, bandung, semarang, medan.bu shaharlar hozirda betakror ko’rinishga ega. Sayyohlarning sevimli go’shasiga aylangan bu shaharlarni o’ziga rom etuvchi orollar deb atasak ham bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |