Toshkent davlat texnika universiteti konchilik ishi va metallurgiya fakulteti konchilik ishi kafedrasi


Download 284.11 Kb.
bet1/7
Sana16.04.2023
Hajmi284.11 Kb.
#1358730
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Асилов Ш.Н. Курс иши


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI KONCHILIK ISHI VA METALLURGIYA FAKULTETI




KONCHILIK ISHI KAFEDRASI



KURS ISHI



Mavzu: Mis rudalarini flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasi.





Bajardi:


Qabul qildi:

Guruh: 5М-20 FQB gr. magistranti
Asilov Sh.N.


dots. Umarova I. K.



Toshkent – 2021

Tаsdiqlаymаn_______________
Kаfеdrа mudiri Xayitov J.G’.
____” __________ 2021


KURS ISHI BO’YICHА TОPSHIRIQ

Tаlаbа: Asilov Shodbay Nurullaevich
Kurs ishining mаvzusi: Mis rudalarini flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasi.


Kаfеdrа mаjlisidа mа’qullаngаn. 28.02.2021. Bаyonnоmа №12


Kurs ishini tоpshirish muddаti: 10.06.2021
Hisоblаsh - tushuntirish yozuvlаrining tаrkibi (ishlаb chiqilаdigаn mаsаlаlаr ro’yxаti): Kirish1-bоb. Mis rudalarining qisqаchа tаvsifi. 2-bоb. Mахsus qism. Mis rudаlarini bоyitish nаzаriyasi va minerallarining flotatsiyasi. 3-bоb. Mis rudalarini boyitish fabrikalari. Хulоsа. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yхаti.


Kirish
Konchilik sanoati, hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral mahsulot olish imkonini beradigan qattiq xom ashyoni beradi va qayta ishlaydi. Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda er ostidan qazib olishni ko‘paytirish va ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Bu qo‘yidagilar bilan izohlanadi:
-yangi konlarini izlab topish va sanoat miqiyosida o‘zlashtirish uchun ko‘p mablag` va mehnat sarflanishi;
-xalq xo‘jaligi tarmoqlarida ruda tarkibiga kirgan deyarli barcha mineral komponentlariga bo‘lgan talabni oshishi;
-chiqindisiz qayta ishlash texnologiyasini yaratish va bu bilan ishlab chiqarish chiqindilari bilan atrof muhitni ifloslantirmaslik.
Shu sabablarga ko‘ra, konlardan sanoat miqiyosida foydalanish imkoni nafaqat uning qiymati va foydali qazilma miqdori, uning zahirasi, geografik joylashishi, qazib olish va transportirovka qilish shartlari, boshqa iqtisodiy va siyosiy omillarga, balki qazib olinayotgan rudani yuqori samara bilan qayta ishlash texnologiyasi mavjudligiga ham bog`liq.
Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo‘lib, tabiiy kimyoviy birikmalar hisoblanadi.
Boyitma tarkibida mahsulotlardagi foydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi bo‘lsa, chiqindida tarkibida zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig`iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi.
Rudaning tarkibi odatda kimyoviy yo‘l bilan aniqlanadi. Biroq amalda buning o‘zi kamlik qiladi. Xom ashyo tarkibida mavjud bo‘lgan minerallar turini (mineralogik tarkib) va qayta ishlanayotgan xom ashyoning barcha komponentlarining minerallar bo‘yicha taqsimlanishini ( fazoviy tarkib ) larini bilish kerak.
Mineralogik va fazoviy tahlilni bilish, metallurgik qayta ishlaganda xom ashyo tarkibidagi barcha komponentlarining o‘zini tutishini oldindan aytish, to‘g`ri ratsional texnologiyani tanlash va boyitish jarayonlaridagi amallarni to‘g`ri bajarish imkonini beradi.
Rudalar ham, boshqa foydali qazilmalar singari, er yuzasida tabiiy ravishda to‘planadi, bu to‘planish kon deb ataladi.
Geologiya va konchilik ishining asosiy vazifasi boyitish fabrikalari va metallurgik korxonalarni kerakli tabiiy xom ashyo va qo‘shimcha materiallar bilan o‘z vaqtida ta'minlash hisoblanadi.
Ruda konlarini o‘zlashtirish va xom ashyoni boyitish va metallurgik korxonalarga etkazish bilan konchilik sanoati shug‘ullanadi. Ruda konlarini o‘zlashtirishda ochiq, yopiq va aralash usullardan foydalaniladi.
Rаngli mеtаllаr rudаlаrining zахirаlаri аsоsаn Оlmаlik shаhrining, Kаlmаkir kоnidа jаmlаshgаn. Kаlmаkir kоni nоyob kоnlаrdаn bo‘lib, u mis – mоlibdеnli rudаlаrni qаzib chiqаrish bo‘yichа bir nеchtа dаvlаtlаrdаn ustun turаdi. Bu kоnning rudаsini Uzbеkistоndаgi eng yirik kоrхоnаlаridаn biri hisоblаngаn Оlmаlik kоn – mеtаllurgiya kоmbinаti qаytа ishlаydi.


Download 284.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling