Tekshirish uchun savollar
1. Ikki qatorli quduqlarni qo’llashdan maqsad nima?
2. Shaxta necha metirgacha va nima maqsadda qaziladi?
3. Ajratilgandan keyin ikki va uch qatorli quvurlar oralig’idagi masofa
qancha bo’lishi kerak?
4. Tizmalar diametrlari o’lchamlari qanday bo’ladi?
5. Oraliq bloki qanday tarkibiy qismlardan tuziladi?
6. Ishlatish usullarini hisobga olgan holda qanday kombinasiyalarni
qo’llash mumkin?
7. Ikki qatlamni favvora- favvora tarxi bo’yicha qanday ishlatiladi?
8. Ikki qatlamni cho’qurlik nasosi va favvora tarxi bo’yicha qanday
ishlatiladi?
9. Birvaqtda alohida qazib olish qaerda ko’p qo’llaniladi?
10.Suvni qatlamga bir quduq orqali alohida haydash qachondan
qo’llanila boshlangan?
MA’RUZA №24
Neft quduqlarini boshqa turdagi nasoslar bilan ishlatish
Ma’ruza rejasi
24.1. Quduqni elektrodiafragmali nasoslar yordamida ishlatish
24.2. Neft quduqlarini purkovchi nasoslar yordamida ishlatish
24.3. Uzun yurishli nasos qurilmasini qo’llab quduqni ishlatish
24.4. Anomal xossali neftni qazib olish uchun UYNQ qo’llash istiqbollari
24.5. Ko’targichi lentali mexanizmli uzun yurishli nasos qurilmasining afzalligi
24.1. Quduqni elektrodiafragmali nasoslar yordamida ishlatish
Neft konlarini ishlashning asosiy xarakterli xususiyatlaridan biri kichik debitli quduqlar soniningning ortib borishdir. Bunday quduqlarni ishlatishda keng qo’llaniladigan usullardan biri bu shtangali nasos qurilmalaridir. Quduq tanasining katta qiyshayishida va suvlanganligi ortganda, shu bilan birgalikda qazib olinayotgan maxsulot tarkibida mexanik qo’shimchalar ko’p bo’lganda ShChN qurilmasi bilan jixozlangan quduq debiti plunjer silindirga ushlanib qolishi yoki nasos plunjerining yeilishi, nasos quvuri va shtangalarining uzilishi tasirida kamayadi. Bunday ishlatish shartlari uchun shtangasiz nasoslar tarkibiga kiruchi elektrodiafragmali nasoslar ishlab chiqilgan.
Diafragmali nasoslarning ajralib turadigan tomanlaridan biri bu, uning ish bajaruvchi qismlarining haydaladigan muhitdan elastik diafragma bilan ajralib turishidadir. Bu qism toza suyuqlik bilan to’ldirilgan zichlangan bo’shliqda ishlaydi.
Diafragmali nasoni ta’sir prinspi bo’yicha porshenli nasosbilan solishtirilganda, ish jarayoni haydaladigan suyuqlikni so’rish va haydash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Turli xil cho’ktirma diafragmali nasoslar qator belgilari bo’yicha tavsiflanadi:
Diafragmani borib qaytish harakatini yuzaga keltirish usuli bo’yicha: mexanik uzatmali, gidrouzatmali;
Diyafragmalari tuzilishi bo’yicha:
Yer yuzasidan nasosga uzatiladigan energiya turi bo’yicha: elktroenergiya bilan ishlaydigan va gidravlik energiya bilan ishlaydigan; tekst, silindrik sil’fonli;
Do'stlaringiz bilan baham: |