Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet84/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Tekshirish uchun savollar
1.Quduqni elektrodiafragmali nasoslar yordamida ishlatish jaryonini tushintiring.
2. Neft quduqlarini purkovchi nasoslar yordamida ishlatish qanday amalga oshiriladi?
3. Uzun yurishli nasos qurilmasini yordamida ishlatish jaryonini tushintiring.
4. Anomal xossali neftni qazib olish uchun UYNQ qo’llash istiqbollari aytib bering.
5. Ko’targichi lentali mexanizmli uzun yurishli nasos qurilmasining afzalligi nimada?


MA’RUZA №25
Ma’ruza: Quduqlarda er osti ta’mirlash ishlarini olib borish
Ma’ruza rejasi
25.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi.
25.2. Quduqni er osti ta’mirlashda ishlatiladigan ko’taruvchi inshoat va mexanizmlar.
25.3. Tal tizimi
25.4. Quvur va shtangalarni ko’tarib tushirish uchun
ishlatiladigan asosiy instrumentlar.
Tayanch iboralar:
Ishlatish koeffisienti, minora, machta, harakatlanuvchi machta, normal (muayyan) ishlashi buzilishi, elevator.
25.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi
H ar-xil sabablar bilan quduqning normal (muayyan) ishlashi buziladi, natijada neft’ qazib olish kamayadi yoki butunlay to’xtaydi. Neft’ qazib olishning kamayishi yoki butunlay to’xtashi er osti yoki usti jixozlari qismining buzilishi, ishchi agent yoki elektroenergiyasining uzatilishi vaqtincha to’xtashi, quduq tubiga qum yoki suvning kelishi, parafinning qotib qolishi natijasida yuz beradi. Quduqning uzoq ishlamasdan turib qolishi quduqni ishlatish koeffisentiga ta’sir ko’rsatadi. Quduqning ishlatish koeffisenti quduq ishlagan kunlarining umumiy kunlar soni nisbatiga teng bo’ladi. Ishlatish koeffisenti 0,95-0,96 ga teng bo’lsa yaxshi hisoblanadi Quduqda er osti tomirini utkazish uchun tuxtalishi ishlatish koeffisentiga katta ta’sir kursatadi.
Joriy er osti ta’mirlash ishlariga quyidagi ishlar kiradi: Chuqurlik nasoslari yoki uning qismlarini almashtirish, nasos shtangalarini uzilishi yoki echilib ketishini bartaraf etish, nasosni yuvish, almashtirish, nasos-kompressor quvuri yoki shtanga tizmalariga qo’shish yoki kamaytirish, quvurdagi sizishni bartaraf etish, qum yakorini tozalash, ishchi mufta va ko’shuvchi moslamalarni tekshirish, qum tiqinini yuvish yoki tozalash, paker tushirish va almashtirish va boshqa bir qancha ishlar kiradi. Bu ishlarni konda tashkil qilingan quduqni er osti ta’mirlash brigadasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bir muncha qiyin bo’lgan ishlar, avariyani bartaraf etish, suvni oqishini tuxtatish, qiyshaygan tizmalarni to’girlash, mustahkam tiqinni burg’ilash, qatlamni gidravlik yorish va boshqa bir qancha ishlar quduqni tubdan ta’mirlash ishlariga kiradi. Bunday ishlarni neft konlari boshqarmasiga qarashli tubdan ta’mirlash idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kondagi er osti ta’mirlash ishlari buyicha tuzilgan brigada vaxta bilan ishlaydi. Bir vaxta tarkibiga uch kishi kiradi: nazoratchi va yordamchisi quduq atrofida ishlaydi, uchunchi qismi (traktorchi) shofyor kutaruvchi mexanizm lebedaksida ishlaydi. Ta’mirlashga talluqli barcha ishlar ko’taruvchi quvur (yoki shtanga) ni kutarib-tushirish bilan bog’liq. Buning uchun har bir ta’mirlash olib borilayotgan quduqda ko’taruvchi inshoat va ko’taruvchi moslamalar joylashtirilishi kerak.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling