Toshkent davlat texnika universiteti
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
* Izoh. Bu erda va bundan keyin tashqi olib yuruvchilarda joylashgan informatsiyani belgilash uchun
«ma‟lumotlar to„plami» yoki «fayl» atamalarini qo„llaymiz. Ma’lumotlar to‘plami – umumiy nomda birlashgan va ma‟lum fizikaviy tarkibga ega bo„lgan, nomlari birma-bir ko„rsatilgan ma‟lumotlar majmuasidir. Fayl – bir mavzuga taalluqli, mantiqiy yozuvlardan tarkib topgan nomlari birma-bir ko„rsatilgan ma‟lumotlar majmuasidir. * Izoh. «Fayl» tushunchasi tashqi olib yuruvchida ma‟lumotlarni muayyan fizikaviy tashkil qilinishini nazarda tutmaydi. Bu atama informatsiyani muayyan fizikaviy tashkil qilishi qiziq bo„lmagan yoki doim bir xil bo„lgan hollarda qo„llanadi. «Ma‟lumotlar to„plami» tushunchasi mantiqiy yozuvlar formatini, ularning blokirovka qilinishi koeffitsientini, tashkil qilinishi turini, kalit (ключ)lar, deskriptorlar, identifikatorlar va h.k.larni yanada aniqlashtirishni albatta nazarda tutadi. Istalgan OT doirasida ma‟lumotlar to„plamlari tashkil qilinishi turlarining mumkin bo„lgan cheklangan soni mavjud: ketma-ket to„g„ri (прямая) kutubxonali va boshqalar. Berilgan tartibda tashkil qilingan ma‟lumotlar to„plamiga murojaat qilinganda OT ma‟lum servis vositalarini ta‟minlaydi. O„zining ishida bu vositalardan birinchi navbatda dasturchilar foydalanishadi. Ba‟zi OTlar ma‟lumotlar to„plamiga kirishni tashkil qilishda servis vositalaridan turli variantlarda foydalanish imkonini beradi. Odatda kirishni tashkil qilishdagi katta qulayliklar doimo ishlash qoidalarida katta standartlashtirishni ham bildiradi. Ma‟lumotlar to„plamini tashkil qilishning tanlangan turini unga kirishning u yoki bu usuli bilan birga qo„shib olib borish dasturchi uchun ushbu operatsion tizimda ruxsat etiladigan kirishning muayyan metodini tanlashni bildiradi. Kirishning standart metodidan foydalanish TQlar bilan informatsiya almashinuvini tashkil qilishni ancha yengillashtiradi. Bunda informatsiya portsiyasini TQdan o„qish uchun yoki unga yozish uchun foydalanuvchiga o„z dasturida faqat mos makrokomandani qo„llash kifoya, OT vositalari foydalanuvchini o„z dasturi matnida TQ nomerini, ularda ma‟lumotlar to„plamlari joylashishining fizikaviy adreslarini va dasturni EHMning ushbu konfiguratsiyasiga mahkam bog„lovchi boshqa ma‟lumotlarni muayyanlashtirish zaruratidan ozod qiladi. Buning o„rniga dasturchi TQning faqat mantiqiy nomini ko„rsatishi yoki uning turini tavsiya qilishi mumkin.
76
Almashishlarni tashkil qilishga kirishning standart metodlari qo„ygan cheklashlar dasturchini qoniqtirmasa, u OTning boshqa vositalaridan – kirishning fizikaviy metodidan foydalanishi mumkin lekin bunda dasturchidan OTni yaxshi bilishi va dastur yozishda ko„proq kuch sarflashi talab qilinadi; bunda dastur matni sezilarli darajada murakkablashadi. OTda ma‟lumotlar almashinuvini tashkil qilish bilan tanishganda foydalanuvchi kirish metodi tushunchasidan tashqari drayver dasturi haqidagi tushuncha bilan ham uchrashadi. Bu tizimli vosita kirish metodiga nisbatan ko„proq ixtisoslashgan chunki, u TQning faqat muayyan va yagona turigagina kirishni ta‟minlaydi. Istalgan OTning ahamiyatli funktsiyasi – topshiriq EHMdan o„tishining hamma bosqichlarida yetarli darajada batafsil bo„lgan diagnostikani ta‟minlashdir. Hisoblash jarayoni bajarilishi paytida aniqlangan turli to„xtashlar va xatoliklar haqidagi diagnostik xabarlar ayniqsa batafsil bo„lishi kerak. Servis vositalari yuksak bo„lgan OTlarda yanglish mashina komandasi joylashgan OHning fizikaviy adresini hamda xatoni tug„dirgan dastur birlamchi moduli komandasining joylashgan joyini aniqlash imkoni mavjud.
1. Operatsion tizimlar haqida umumiy ma‟lumotlarni bayon qiling. 2. Operatsion tizim butun tizim ishiga ta‟sir qilishi mumkinmi? 3. Hozirgi paytda keng tarqalgan operatsion tizimlarning to„liq obzorini bayon qiling. 4. Operatsion tizimlar strukturasini aytib bering. 5. Operatsion tizim ishlashi va generatsiyasi haqida gapirib bering. |
ma'muriyatiga murojaat qiling