Toshkent davlat texnika universiteti


ALTning boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o‘zaro ta’siri


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

3.2. ALTning boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o‘zaro ta’siri 

Real ishlab chiqarish sharoitida avtomatlashtirish tizimlarining (AT) hamma turlari u yoki bu 

darajada  bir-biri  bilan  o„zaro  ta‟sirda  bo„lishi  lozim,  ALT  esa  –  bevosita  ilmiy-tadqiqotlarning 

avtomatlashtirilgan  tizimlari  (ITAT),  ishlab  chiqarishni  texnologik  tayyorlashning  ATlari  (IChTT 

AT),  ishlab  chiqarishni  boshqarishning  ATlari  (IChBAT)  bilan  muloqotda  bo„lishi  kerak. 

Ko„rsatilgan  tizimlarning  o„zaro  ta‟siri  oddiy  hujjatlar  va  mashina  kodlari  yoki  mashinali  olib 

yuruvchilarga yozilgan ko„rinishdagi informatsiyalarni almashtirish yo„li bilan amalga oshadi. 

Avtomatlashtirilgan loyihalash rivojlanishining boshqa ahamiyatli yo„nalishlari: 

− optimallashgan loyihalash metodlarini rivojlantirish va takomillashtirish;  

− xususan konstruktsiyalashni o„zini avtomatlashtirishni rivojlantirish;  

− avtomatlashtirilgan loyihalash texnologiyasini takomillashtirish. 

AT  integratsiyasi  MB  tarkibini  sezilarli  kengaytirishni  va  ularni  integrallashgan  tizimning 

yagona  bazasiga  birlashtirishni;  me‟yoriy-texnikaviy,  texnikaviy-iqtisodiy  va  ilmiy-texnikaviy 

informatsiyaning tarmoq va tarmoqlararo ma‟lumotlar bazasini yaratishni; EHMlarning har xil turlari 

bo„lgan  jamoa  foydalanadigan  ko„p  bosqichli  hisoblash  tizimlarini  yaratishni,  uzatilayotgan 

informatsiya  massivlari  strukturalarini  unifikatsiyalashni;  operatsion  tizimlarni  rivojlantirishni  va 

Amaliy dasturaviy ta‟minotni (ADT) ya‟ni nimtizimlar bilan biriktirish uchun ko„p sonli interfeyslar 

bilan to„ldirishni talab qiladi. 

Optimallashtirilgan  loyihalash  metodlarini  rivojlantirish  va  takomillashtirish  yangi  matematik 

metodlarni ishlab chiqishni, mos ADTni va ALT hisoblash kompleksi unumdorligini oshirishni talab 

qiladi. 


Xususan  konstruktsiyalashni  avtomatlashtirishni  rivojlantirish  avvalo  ALTda  affinli 

o„zgartirishlarni amalga oshirish, yuqori unumdorli 32 razryadli protsessorlar (Intel Pentium 4, AMD 



Athlon, Intel Xeon va boshq.) bazasida yoki 64 razryadli protsessorlar (Intel Itanium, AMD Opteron), 

grafik  displeylar,  graf  quruvchilar  va  bularga  mos  dasturaviy  ta‟minot  bazasida  ob‟yektlarning 

proektsiyalari  va  fazaviy  ko„rinishini  olish  imkonini  beradigan  ikki  va  uch  o„lchamli  ob‟yektlar 

haqidagi geometrik informatsiyalarga ishlov berish vositalarining rivojlanishiga olib keladi. 

Avtomatlashtirilgan  loyihalash  texnologiyasining  takomillashishi  loyihalashni  bosqichlarga 

bo„lishning o„zgarishiga va loyihaviy ishlarning bosqichlar orasida qayta taqsimlanishiga olib keladi. 

Xususan,  umumiy  masalalarni  yechish  dastlabki  bosqichlarda,  loyihaviy  yechimlarni  shakllantirish 

bo„yicha  ishlar  esa  oxirgi  bosqichda  bajarilishi  lozim.  Loyihalovchilar,  EHM  bilan  butunicha 

interaktiv rejimda ishlashadi. Hamma oraliq loyihaviy yechimlar EHM xotirasida saqlanadi, natijaviy 

yechimlar esa ishlab chiqarishga mashinali olib yuruvchilarda uzatiladi. 

Loyihalash  texnologiyasining  takomillashtirilishi  ALT  texnikaviy  vositalarining  tarkibi, 

dasturaviy va tashkiliy ta‟minotini sezilarli o„zgartirishni talab qiladi. 

ALT  rivojlanishi  avtomatlashtirilgan  loyihalash  ishlarining  mazmuniga  ta‟sir  qiladi.  Eng 

takomillashgan ALTlar qaror qabul qilish, ularni ham ijrochilar bilan muvofiqlashtirish, tushuntirish 

xatlarini tuzish va sh.k. ishlardan boshqa hamma loyihaviy operatsiyalarni avtomatlashtiradi. Hattoki, 

ba‟zi  holatlarda  qarorni  tizimning  o„zi  shakllantiradi  va  loyihalovchi  ixtiyoriga  bu  qarorga  rozi 

bo„lish yoki loyihaning bir qismini qayta ishashni talab qilish qoladi. 

 



 

21 



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling