Toshkent davlat texnika unversiteti neft va gaz fakulteti
Download 0,91 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektor karataj
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNVERSITETI NEFT VA GAZ FAKULTETI 129-20 GURUH TALABASI IBRAGIMOV ABRORNING QUDUQLARDA GEOFIZIK TADQIQOTLAR FANIDAN TAQDIMOT ISHI Elektr karataj(fokuslanmagan zondlar) Reja: 1. Elektr karotaj usullari va ularni turkumlanishi 2. Elektr karotaj zondlari 3. Togʼ jinslarining elektr qarshiligi 4. Tuyuluvchi qarshilik usuli karotaji (KS) 5.Tog’ jinslarining tabiiy elektr maydoni 6.Xulosa Elektr karotaj usullari va ularni turkumlanishi Karotaj tadqiqotlarining qoʼllanilish tarixida birinchi boʼlib elektr karotaj tuyuluvchi qarshilik (KS) usulini qoʼllash orqali boshlangan boʼlsa, vaqt oʼtgan sari ularning turlari ortib, tadqiqot radiusi va geologik masalalarni yechish ko’lami ortib bormoqda. Quyidagi 1-rasmda elektr karotaj usullari guruhlangan boʼlib, bulardan tashqari yana bir qancha usullar ham mavjud boʼlib, ushbu usullarning asosiy maqsadi togʼ jinslarining qarshilik va tok oʼtqazish xususiyatlari boʼyicha geologik kesimni ajratish va istiqbolliligini baholashda turli xil detal parametrlarni hisoblashdan iborat. Elektr karotaj usullari asosan ikkita guruhga ajratiladi: elektr maydon va elektromagnit maydon usullari. Elektr maydon usuli ham oʼz navbatida ikkita: tabiiy maydon usuli va sunʼiy elektr maydon usullariga ajratiladi. Bu tadqiqotlar usullari har xil boʼlishiga qaramasdan vazifasi yagona boʼlib hisoblanadi. Biz kern namunalarini olmasdan turib, quduq kesimining haqiqiy fizik xususiyatlari boʼyicha aniq maʼlumotlarga ega boʼlish orqali bir qancha vazifalarni yechishdan iborat boʼlib, ushbu vazifalarni yechish maqsadida elektr karotaj tadqiqotlarida turli xil zondlardan foydalaniladi. Elektr karotaj usullari 1-rasm Elektr karotaj zondlari Zondlar haqida toʼxtalishdan oldin zondning oʼzi haqida tushunchaga ega boʼlishimiz lozim. Zond – bu silindr shaklidagi turli xil diametrladagi kattalikka ega boʼlgan bitta yoki bir nechta elektrodli moslama. Eng oddiy zondda karotaj kabeliga bitta, ikkita yoki uchta qoʼrgʼoshindan ishlangan elektrodlar mahkamlangan boʼladi. Bunday zondlar burgʼilash eritmasi yoki suv bilan toʼldirilgan quvurlar bilan mahkamlanmagan (quvursiz) quduqlarda oʼtkazish mumkin (masalan: koronkali usulda burgʼilangan). 2-rasm. . Kompeksli quduq asbobi KSP – 60. Tuyuluvchi qarshilik usullari bilan karotaj oʼtkazganda, toʼrtta elektrodli zondlar ishlatiladi. А va B - tok bilan taʼminlovchi elektrodlar, M va N - qabul qiluvchi elektrodlar ishlatiladi. Uchta elektrod karotajli zondning ichiga joylashtirilgan va kabelga ulangan holda quduqning ichiga tushiriladi. Toʼrtinchi elektrod esa, yer yuzasida quduqning ogʼziga yaqin joyda yerga tutashtiriladi. Barcha quduq asboblari kabel tugash joyi (кабельный наконечник) poynakga ulanadi 2-rasmda tasvirlangan KSP - 60 zondi (ostki gradient zond) maʼdan konlaridagi karotaj tadqiqotlarida qoʼllaniladi. KSP - 60 oʼzida gamma karotaj GK, tuyuluvchi qarshilik KS, tabiiy maydon PS usulini bir vaqtning oʼzida quduq kesimi boʼylab togʼ jinslarning uch xil petrofizik xususiyatlarining oʼzgarish grafiklarini olish orqali va ularga asoslanib burgʼi quduq kesimini oʼrganish imkoniyatini beradi. KSP-60 zondi Kobra-M stansiyasida 3 tolali kabel bilan ishlash uchun moʼljallangan bo’ladi. KSP – 60 asbobining baʼzi bir texnik xususiyatlari: Gamma nurlanish dozalarini 0 dan 10000 mkR/soatgacha boʼlgan diapazonda qayd qilish imkoniyatiga ega. Qayta hisoblash koeffissienti Ko, mkR/soat/0,01%U: 115+/-3; Tuyuluvchi qarshilik KS togʼ jinslar qarshilik qiymatini – 0 – 1000 om·m gacha diapazondagi qayd qiladi. Tabiiy maydon PS qayd qilish diapazoni -500 dan +500 mv gacha. Quduq asbobiga oʼzgaruvchan tok 100 – 150 mА taʼminoti BSK-051 yer usti apparaturasi orqali amalga oshiriladi Zondning uzunligi 160 sm, asbobning ogʼirligi 14 kg ni tashkil qiladi. 11,0 mPa gidrostatik bosimgacha dosh beradi. Elektr karotaj tadqiqotlarida oʼtqazishda ishlatiladigan zondlar ikki xil turga gradient zond va potensial zondga ajratiladi Ishlatish maqsadi bir xil boʼlgan elektrodlar juft elektrodlar deb ataladi. Masalan: А va B elektrodlar maqsadi bir xil tok bilan taʼminlash hamda M va N elektrodlar maqsadi bir xil qabul qilish. Ishlatish maqsadi har-xil boʼlgan elektrodlar toq elektrodlar deb ataladi. Masalan: А va M, А va N yoki B va M, B va N ya’ni bunda elektrodlarning vazifasi ham taʼminlash ham qabul qilish. Аgar juft bir maqsadli elektrodlarning orasidagi masofa toq elektrodgacha boʼlgan masofadan kichik boʼlsa, bunday zondni gradient – zond deb ataladi. Masalan, А 1,0 M 0,1 Nn zondda А elektroddan M elektrodgacha 1 m, M dan N elektrodgacha 0,1 m masofa tashkil etadi. MN - juft elektrodlar, А va M elektrodlar – toq elektrodlar. Ushbu zondlar yoki oʼzaro qoidasiga binoan M 1,0 А 0,1 B – gradient – zondlar. Gradient zondda joylashuvchi juft elektrodlar toq elektrodga nisbatan pastda joylashgan boʼlsa, bunday zond ostki gradient–zond deyiladi (6-rasm). Ostki gradient zond qarshiligi yuqori boʼlgan qatlamlar ostki chegaralarini tuyuluvchi qarshilik - KS diagrammalarida maksimum qiymatlari bilan ajratadi. Agar АВ juft elektrodlar (2.2- rasmda tasvirlangani kabi) toq elektrod M gan nisbatan yuqorida joylashgan bo’lsa, unda ustki gradient zond– deb ataladi. 3-rasmda tasvirlangan uch elektrodli ustki gradient zondda joylashgan А va B – bir maqsadli, juft (taʼminlovchi) elektrodlar zondning tepa (M – toq elektrodga nisbatan) qismida joylashgan, M – qabul qiluvchi elektrod juft elektrodlarga nisbatan pastda joylashgan. 0 - GK, KS usullarda qabul qilish nuqtasi. 3-rasm Аgar juft elektrodlarning orasidagi masofa toq elektrodlar orasidagi masofaga nisbatan bir necha marta (5-10 barobar) katta boʼlsa, bunday zond potentsial zond deb nomlanadi. Uch elektrodli zond ishlatilganda quduqqa tushirilgan bitta taʼminlovchi va ikkita qabul qiluvchi M va N yoki bitta qabul qiluvchi M va ikkita tok taʼminlovchi А va B elektrodlar yordamida solishtirma qarshilik oʼlchanib, u quyidagi formula boʼyicha hisoblanadi SPEK asbobi – dielektrik materialdan boʼlgan tashqi diametri 40 mm, qoʼrgʼoshinli А, B va M elektrodlar oʼrnatilgan silindr koʼrinishidagi zond (9- rasm). Karotaj KS (ostki gradient zond variantida) va PS usullari kompleksi bir vaqtning oʼzida qolaversa bu usullarning bittasini alohida oʼtqazishda qoʼllaniladi, yoki tok karotaji TK quvurlar bilan mustahkamlanmagan quduqlarda oʼtqaziladi. Аsbobga elektr toki BSK–051 yer usti aparaturasidan taʼminlanadi. SPEK asbobi togʼ jinslarining solishtirma qarshilik qiymatining oʼzgarishini 0 dan 1000 Om·m gacha diapazonda qayd qilishga moʼljallangan, togʼ jinslarining oʼz oʼzidan hosil boʼluvchi tabiiy potensialini –500 dan +500 mV gacha boʼlgan oraliq diapazonida qayd qiladi. 4-rasm.Elektr karotaj quduq asbobi (SPEK)ning tuzulishi Elektrokimyoviy xususiyat bilan tavsiflanuvchi elektr harakatlantiruvchi kuch geologik sharoitlarda ion oʼtkazuvchanlik xususiyatini namoyon qiluvchi jinslar mavjud holatlarda kuzatilib, qatlamlarda yaxshi elektr oʼtkazuvchanlik xususiyatiga ega boʼlgan minerallar – pirit, xalkopirit, bornit, arsenopirit, magnetit kabilar yigʼilmalari mavjud holatlarda qayd qilinadi. Ushbu koʼrinishdagi maʼdanli tanalar aralashmasidan tabiiy galvanik element hosil boʼladi. Bu holatning yuzaga kelish mexanizmi elektrokimyoviy qonuniyat asosida yuzaga kelib, quyidagi tartibda amalga oshadi. Ion oʼtkazgich muhitga joylashtirilgan elektron oʼtkazgich yuzasida, yaʼni turli xil oʼtkazuvchanlik tabiatiga ega boʼlgan fazalar chegarasida qoʼsh elektr qavati hosil boʼladi. Bu holat metal kristall panjarasidan musbat zaryadlangan ionlarning, yaʼni kationlarning eritmaga oʼtishi orqali sodir boʼladi, yoki kationlarning oʼtkazuvchi yuzasida choʼkishi, yoki bitta faza yuzasidan ikkinchi faza yuzasiga ionlarning tanlab oʼtkazuvchanlik orqali adsorbsiyalanishi orqali 55 amalga oshadi. 3. Togʼ jinslarining elektr qarshiligi . Bu xosil boʼlgan qavat potensial qiymati ortishi bilan tavsiflanib, bu potensialning qiymati va ishorasi potensialni aniqlovchi omillar – qoʼsh elektr qavati hosil boʼlishida ishtirok etuvchi oʼtkazgichning, aralashish muhitining xususiyatlari, tarkibi va holati kabilarga bogʼliq hisoblanadi. Ushbu koʼrinishda, atrof muhitga nisbatan elektron oʼtkazuvchanlik xususiyatini yuzaga keltiruvchi potensial elektrod potensiali (MEP usuli kuzatiladi) deb ataladi. Аsosiy potensialni aniqlovchi omillarga quyidagilar kiritiladi: a) yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, shuningdek aralashma qatlamda aylanib yuruvchi suvlar va maʼdanli tanalarni yuvib turuvchi suvlarning kimyoviy tarkibi; b) maʼdanli tanalarning mineral tarkibi va tekstura – struktura xususiyatlari. Bu omillarning taʼsiri maʼlum fizik – geografik sharoitlarda – jinslar va maʼdanlarning solishtirma qarshiligi, yer osti suvlarining qatlamlarda aylanishi, yer osti suvlarining tanalar va maʼdanli minerallar bilan taʼsirlashishi, natijada suv tarkibining oʼzgarishlari, bunda birinchi navbatda uning kislota xususiyatlari va tarkibida oltingugurt va temir ionlari miqdorining oʼzgarishlari kabi holatlarga bogʼliq ravishda yuzaga keladi. Geologik muhitda odatda potensial qiymatining ortishi turli xil sohalarda qutblangan yuzalarda farqlanishlarga ega hisoblanadi. Qutblanishga ega boʼlgan maʼdanli yigʼilmalar sharoitida potensial qiymatini belgilab beruvchi omillar maʼdanli tananing turli xil qismlarida farqlanishlarga ega boʼlishi tabiiy holat hisoblanadi. Bu holat maʼdan tanalarning hududiy taqsimlanish xususiyatlariga yoki yer osti suvlarining kimyoviy tarkibidagi oʼzgarishlarga bogʼliq holatda izohlanishi mumkin. Geologik sharoitlarda ikkinchi koʼrsatib oʼtilgan qiymat katta ahamiyatga ega boʼlib, bu holat chuqur qatlamlarda kislorod miqdorining kamayishi bilan ham bogʼliq hisoblanadi. Sanab oʼtilgan barcha omillarning birgalikdagi taʼsiri ostida tabiiy sharoitlarda chuqur qatlamlarda potensial qiymatining ortishi nisbatan yuqori boʼlishiga olib keladi. Ushbu koʼrinishda, maʼdanli yigʼilmalar qatlamlarida aralashma jinslar bilan birgalikda galvanik elementni yuzaga keltiradi, bunda katod 56 sifatidagi qism yigʼilmaning yuqorigi qismida joylashadi va anod esa quyi sohasini egallaydi. Elementning ichki zanjiri maʼdanli tananing oʼzi hisoblanib, tashqi zanjiri esa – aralashma jinslar qatlami hisoblanadi. Ushbu koʼrinishda, jinslar va ayniqsa maʼdanli tana juda yaxshi elektr oʼtkazuvchanlik xususiyatini namoyon qiladi, galvanik element elektrodlari orasida yuzaga keluvchi elektr tokining manbai ichki zanjir tarkibida erkin elektronlar va tashqi tomonida esa ionlar hisoblanadi. Ma’lumki, galvanik elementdagi tashqi zanjirda mavjud bo’lgan tok elementning elektr yurituvchi kuchi qiymatiga va zanjirning toʼliq qarshilik qiymatiga bogʼliq hisoblanadi. Bunda toʼliq qarshilik qiymati zanjirning ichki va tashqi qismlari qarshiliklari qiymatlari yigʼindisidan tashkil topgan. Muvofiq ravishda qutblangan maʼdanli muhit sharoitida bu holat shuni anglatadiki, uning atrofida maydon qanchalik jadal boʼlsa, potentsial ortishi farqlanishlari muhitning turli qismlari oʼrtasida qanchalik yuqori boʼlsa, uning ichki qarshiligi qiymati shu darajada past boʼladi. Koʼrib chiqilayotgan tabiiy elementning ichki qarshiligi qiymati maʼdanning solishtirma qarshiligi qiymatiga 57 bogʼliq hisoblanadi, shuningdek bu qiymat maʼdanli tana va eritma oʼrtasida elektr maydoni yuzaga kelishi kuzatilsa, bu sohada amalga oshuvchi elektrokimyoviy reaksiyalar xususiyatlariga ham bogʼliq boʼlishi qayd qilingan. Bu reaksiyalar mahsulotlari anod va katod sohalarida yigʼilib, tabiiy elementning ichki qarshiligi qiymati ortishiga olib keladi va oʼz navbatida tashqi muhitning elektr maydoni qiymati susayishiga sabab boʼladi. Bu hodisa elektrokimyoda galvanik elementning qutblanish hodisasi deb atalib, bu holatni qutblangan maʼdanli tanada tabiiy elektr maydon hosil boʼlishi bilan chalkashtirmaslik kerak. Shunga bogʼliq holatda hohlagan galvanik elementda, jumladan tabiiy galvanik elementda uning depolyarizatsiyasi, yaʼni qayta qutblanish hodisasi amalga oshishining zaruriy sharti – elektrokimyoviy reaksiya maxsulotlarini ajratish yoki yoʼqotishdan iborat hisoblanadi. Depolyarizatorlar sifatida birinchi oʼrinda yer osti suvlari bilan birgalikda kiruvchi havo kislorodi, suv tarkibida mavjud boʼlgan temir ionlari turadi. Depolyarizatsiya jarayonida shuningdek yer osti suvlari tarkibining elektrokimyoviy reaksiya mahsulotlari taʼsirida suyulishi va oʼzgarishlari ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Yuqorida sanab oʼtilgan omillardan ayrimlari, masalan yer osti suvlarining rejimi vaqt oʼtishi bilan oʼzgaradi, yaʼni unga bogʼliq boʼlgan tabiiy maydon xususiyatlari ham oʼzgarishga uchraydi. Biroq, bu oʼzgarishlar juda sekin amalga oshadi. Tabiiy maydonlar boʼyicha Ural va Kavkaz hududlarida ayrim minerallar linzalari ustidagi takroriy kuzatishlarda bir necha yillar mobaynida maydon qiymatlari deyarli oʼzgarmaganligi qayd qilingan. Tabiiy maydonning jadalligi kuzatilayotgan sulfidli tanalarda turli xil foydali qazilma konlari hududlarida nisbatan keng oraliqlarda tebranish qiymatlariga ega ekanligi qayd qilinadi, bu qiymatlar bir necha oʼn millivoltdan bir necha yuz millivoltlargacha qiymatlarga egaligi aniqlangan. Tabiiy elektr maydoni shuningdek, antratsit, grafit, uglerod tarkibli slanetslar qatlamlari va grafitlashgan jinslar, elektron oʼtkazuvchanlik xususiyatini namoyon qiluvchi 58 jinslarda ham kuzatiladi. Bunda manfiy anomaliya qiymati koʼpincha yuzlab millivoltlarni tashkil qilishi kuzatiladi Tabiiy elektr maydoni shuningdek, yer osti suvlarining gʼovakdor jinslar boʼylab filtrlanishi davomida ham yuzaga kelishi mumkin. Аmaliy jihatdan deyarli bu koʼrinishdagi maydon barcha hududlarda qayd qilinib, barcha qatlamlarda filtrlanish jarayoni amalga oshishi bilan bogʼliq holatda izohlanadi. Biroq, odatda filtrlanish jarayonida yuzaga keluvchi elektr yurituvchi kuch qiymati sezilarsiz darajada boʼlib, unga bogʼliq yuzaga keluvchi elektr maydoni qiymatlari ham kuchsiz aks etadi. Faqat alohida holatlarda, masalan balchiq choʼkindilar ustidan katta bosim ostida otilib chiquvchi yer osti suvlari manbalaridan yoki jadal tarzdagi yer osti drenaj suvlar oqimlaridan ayrim hududlarda yuzaga keluvchi filtrlanish taʼsirida hosil boʼluvchi elektr maydoni qiymati sezilarli darajada yuqori boʼlishi kuzatiladi, bu holatni kuzatish bir qator gidrogeologik va muhandis - geologik vazifalar yechimlarida foydalanish imkoniyatlari mavjudligi qayd qilingan. Аdsorbtsiya jarayoni natijasida kapillyar devorlarida bir xil ishorali ionlar yigʼilishi kuzatiladi, bunda odatda nisbatan katta radiusga ega boʼlgan anionlar yigʼilib, eritma chegaralarida va qattiq modda devorlarida qoʼsh holatdagi, harakatsiz qoplamada manfiy zaryadlangan ionlar elektr qavatini yuzaga keltiradi, bunda uning tashqi qismi adsorbsiyalangan va ichki qismi, yaʼni musbat zaryadlangan sohasi – oʼz navbatida ikkita qismdan – harakatsiz qavat va harakatchan, kapillyar koʼndalang kesimi boʼylab diffuziya asosida taqsimlanuvchi qismlardan tashkil topganligi kuzatiladi. Natijada kapillyarda musbat zaryadli ionlar yuzaga kelishi manfiy zaryadlangan ionlarga nisbatan ortadi va shu sababli kapillyarning chiqish sohasida musbat zaryadli ionlar yigʼiladi, kirish qismida esa nisbatan ortiqcha manfiy zaryadlar miqdoriy ortishi qayd qilinadi. Kapillyarning oxirgi qismi – B va boshlangʼich qismi – А oʼrtasida potensiallar farqi yuzaga keladi, bu qiymat gidrostatik bosim susayishiga toʼgʼri proporsional boʼlib, shuningdek suyuqlikning elektr oʼzgarmas, konstantalari qiymatlariga ham bogʼliq hisoblanadi. Kapillyar oxirlari oʼrtasidagi potensiallar farqi elektr tokini yuzaga keltirib, suyuqlik oqimiga qarama–qarshi yoʼnalgan va kapillyar oxirlarida zaryadlarning yigʼilishiga olib keladi. Gʼovakdor xususiyatga ega togʼ jinslari murakkab kapillyarlar tizimi sifatida olib qaralganda, ularning har birining tarkibida yuqorida tavsiflangan kabi jarayon amalga oshadi. Gʼovakdor qatlam orqali eritmaning filtrlanishi davomida har bir alohida olingan kapillyar boʼylab yuzaga keluvchi potensiallar elektrokinetik farqlanishlari umumiy tarzda suvli va aralashma qavatlardagi umumiy elektr maydon qiymatlarini ifodalab beradi. Yuqori yoki past oʼtkazuvchanlik xususiyatiga ega boʼlgan togʼ jinslari elektr maydon taʼsirida suv aylanishlari sohalarida yer osti elektr tokini yuzaga keltirishi qayd qilingan. Diffuzion maydon Tabiiy maydon shuningdek, eritmalar gʼovaklarida yoki turli xil kontsentratsiyalardagi bir xil tuzlar eritmalari oʼrtasida yoki turli xil tuzlar eritmalar orasida amalga oshuvchi diffuziya jarayonlari natijasida ham yuzaga kelishi aniqlangan. Birinchi holatda turli xil ishoraga ega boʼlgan ionlar elektrolit tarkibida farqlanishlarga ega boʼlib, kontsentratsiyani tenglashtirish jarayoni davomida nisbatan harakatchan ionlarning kam harakatchan ionlarga nisbatan ayrim sohalarda koʼproq yigʼilishlari amalga oshadi va natijada bir xil ishorali ionlar bir tomonda, qarama-qarshi ishoraga ega ionlar ikkinchi tomonda yigʼilib qolishi kuzatiladi. Ikkinchi holatda esa diffuziya jarayoni natijasida ham ionlarning ajralishlari kuzatilib, eritma turli tomonlarida ion harakatchanlik qiymatlari asosida qarama-qarshi ishorali ionlar yigʼilishi sodir boʼladi. Ionlarning qayta taqsimlanishi esa elektr maydon yuzaga kelishiga sabab boʼladi. Diffuziya jarayoni davomida yuzaga keluvchi potensiallar farqini quyidagi formula yordamida ifodalash mumkin: PS karotaj maʼlumotlarini interpretatsiyalash Potensiallar usuli bilan PS diagrammalarida gilli jinslar roʼparasida musbat maksimum PS anomaliyalari kuzatiladi; gʼovaklik singdiruvchan jinslar (qumlar, qumtoshlar, darzli ohaktoshlar) – manfiy anomaliyalari bilan belgilanadi. Sulfidlar, antratsit, grafit qatlamlari kuchli musbat va manfiy anomaliyalar bilan kuzatiladi. Zich qumtoshlar, ohaktoshlar, otqindi jinslar kuchsiz anomaliyalar bilan kuzatiladi. 64 Quduqdagi burgʼilash eritmasi yoki suv oqib ketgan joylar manfiy anomaliyalar bilan belgilanadi. Suv oqib keladigan joylar – musbat anomaliyalar bilan belgilanadi. PS chiziqlarda nolli chiziq boʼlmaydi shu sababli, PS diagrammalarida shartli nolli chiziqlar oʼtkazish mumkin: gillar «nolli» chiziq va qumtoshlar «nolli» chiziq. Gillar «nolli» chiziq qalin bir jinsli gilli qatlamlar roʼparasidagi «nolli» potensiallarining maksimal musbat qiymatlari boʼyicha oʼtkaziladi. Bu shartli chiziq oʼng tamonda joylashadi. Qumtoshlar «nolli» chiziq maksimal manfiy potensiallar qiymatlari boʼyicha oʼtkaziladi va u chap tomonda joylashadi. Аmalda koʼpincha gillar nolli chizigʼi ishlatiladi. PS anomaliyalar boʼyicha qatlamlar qalinligi aniqlanadi. Аgar, qatlam qalinligi 2-4 marta quduq diametridan katta boʼlsa (qalin qatlam), unda uning ustki qismi va tagi roʼparasida PS anomaliyasi qatlam markaziga mos boʼlgan maksimal qiymatining yarmiga teng boʼladi. PS potensialning gradienti diagrammalarida qalin qatlamning ustki va ostki qismi aniq ekstremumlar bilan kuzatiladi. Yupqa qatlamlar ingichka ekstremumlar bilan belgilanadi. PS karotaji geologik kesimni ajratishga va ularni qoʼshni quduqlarda kuzatishga, yaxshi singdiruvchan qatlamlarni (qum, gʼovakli ohaktoshlar) va yomon singdiruvchan qatlamlarni (gillar, gilli slanetslar), sulfidlarni, polimetallik maʼdanlarni, koʼmirni (22-rasm), grafitni ajratishda hamda jinslar gʼovakligini va singdiruvchanligini baholashda qoʼllaniladi Tuyuluvchi qarshilik usuli karotaji (KS) Elektrik karotajning asosiy usuli. Tuyuluvchi qarshilik karotajida quduq atrofidagi jinslar solishtirma elektrik qarshiliklari boʼyicha oʼrganiladi va ajratiladi. KS usulida burgʼi quduq kesimidagi qatlamlarining elektr qarshiligi, shu qatlamning haqiqiy solishtirma qarshiligidan farqlanadi. Chunki jinslarning haqiqiy qarshiligini oʼlchashga geologik va texnologik sharoitlar (burg’ulash eritmasi va singish zonasi) taʼsir qiladi. Shu sababli tuyuluvchi qarshilik usuli 51 deyiladi. Togʼ jinslarining haqiqiy qarshiligini oʼrganishda esa BK, BKZ usullari qoʼllaniladi. Tuyuluvchi qashilik karotaji oʼtkazilganda taʼminlovchi elektrodlarga past chastotali oʼzgaruvchan tok yuboriladi. Bunda bir vaqtda bir nechta parametrlarni yozish va halaqit etuvchi elektr signallarni soʼndirishga imkon tugʼdiriladi. Jinslarning tuyuluvchi qarshilik kuzatuvlariga har xil omil ko’p ta’sir etadi: qatlamning qarshiligi singish zonasining va yuvulib ketgan zonaning qarshiliklari, qatlam atrofidagi jinslar qarshiligi, burg’ilash eritmasining qarshiligi, qatlam qalinligi, quduqning va singish zonasining diametrlari va o’lchov ishlarini olib boruvchi zondlarning uzunligi kiradi. Tuyuluvchi qarshilik usullari bilan karotaj oʼtkazganda, toʼrtta elektrodli zondlar ishlatiladi. АВ – (juft) tok bilan taʼminlovchi elektrodlar, MN – (juft) qabul qiluvchi elektrodlar ishlatiladi. Uchta elektrod karotajli zondning ichiga joylashtirilgan va kabelga ulangan holda quduqning ichiga tushiriladi. toʼrtinchi elektrod esa, Yer yuzasida quduqning ogʼziga yaqin joyda yerga tutashtiriladi Geologik kesimlarni tabaqalashda har xil fizik xossalarga ega boʼlgan jinslar chegaralari kuzatilgan parametrlarning diagrammalaridagi oʼziga xos omillar bo’yicha belgilanadi. KS karotaji dalillarini talqin qilishda togʼ jinslarining elektr qarshilik xossalaridan toʼgʼri foydalanishni talab etadi. Tuyuluvchi qarshilik karotaji dalillarini talqin qilishdan oldin karotaj tadqiqotlari oʼtkazilgan burgʼi qudugʼi joylashgan hududning geologik tuzilishi stratigrafiyasi haqida dastlabki tushunchalarga ega boʼlish lozim. KS usulida qoʼllaniluvchi gradient va potentsial zondlar bizga qatlamlarning aniq chegarasi ajratishda muhim ahamiyat kasb etsa ularning diagrammalarini toʼgʼri talqin qilish esa maʼlumotlar sifatini oshiradi. KS usulida gradient zondlar qoʼllanilganda quduq kesimidagi elektr qarshiligi katta boʼlgan togʼ jinslarini chegaralarini diagrammalarning maksimumi bilan ajratiladi. Potensial zondlarning maksimumlari esa sferik shaklda bo’lib qatlam markaziga simmetrik bo’ladi Tog’ jinslarining tabiiy elektr maydoni Elektrokimyoviy xususiyat bilan tavsiflanuvchi elektr harakatlantiruvchi kuch geologik sharoitlarda ion oʼtkazuvchanlik xususiyatini namoyon qiluvchi jinslar mavjud holatlarda kuzatilib, qatlamlarda yaxshi elektr oʼtkazuvchanlik xususiyatiga ega boʼlgan minerallar – pirit, xalkopirit, bornit, arsenopirit, magnetit kabilar yigʼilmalari mavjud holatlarda qayd qilinadi. Ushbu koʼrinishdagi maʼdanli tanalar aralashmasidan tabiiy galvanik element hosil boʼladi. Bu holatning yuzaga kelish mexanizmi elektrokimyoviy qonuniyat asosida yuzaga kelib, quyidagi tartibda amalga oshadi. Ion oʼtkazgich muhitga joylashtirilgan elektron oʼtkazgich yuzasida, yaʼni turli xil oʼtkazuvchanlik tabiatiga ega boʼlgan fazalar chegarasida qoʼsh elektr qavati hosil boʼladi. Bu holat metal kristall panjarasidan musbat zaryadlangan ionlarning, yaʼni kationlarning eritmaga oʼtishi orqali sodir boʼladi, yoki kationlarning oʼtkazuvchi yuzasida choʼkishi, yoki bitta faza yuzasidan ikkinchi faza yuzasiga ionla amalga oshadi. Bu xosil boʼlgan qavat potensial qiymati ortishi bilan tavsiflanib, bu potensialning qiymati va ishorasi potensialni aniqlovchi omillar – qoʼsh elektr qavati hosil boʼlishida ishtirok etuvchi oʼtkazgichning, aralashish muhitining xususiyatlari, tarkibi va holati kabilarga bogʼliq hisoblanadi. Ushbu koʼrinishda, atrof muhitga nisbatan elektron oʼtkazuvchanlik xususiyatini yuzaga keltiruvchi potensial elektrod potensiali (MEP usuli kuzatiladi) deb ataladirning tanlab oʼtkazuvchanlik orqali adsorbsiyalanishi orqali Geologik muhitda odatda potensial qiymatining ortishi turli xil sohalarda qutblangan yuzalarda farqlanishlarga ega hisoblanadi. Qutblanishga ega boʼlgan maʼdanli yigʼilmalar sharoitida potensial qiymatini belgilab beruvchi omillar maʼdanli tananing turli xil qismlarida farqlanishlarga ega boʼlishi tabiiy holat hisoblanadi. Bu holat maʼdan tanalarning hududiy taqsimlanish xususiyatlariga yoki yer osti suvlarining kimyoviy tarkibidagi oʼzgarishlarga bogʼliq holatda izohlanishi mumkin. Geologik sharoitlarda ikkinchi koʼrsatib oʼtilgan qiymat katta ahamiyatga ega boʼlib, bu holat chuqur qatlamlarda kislorod miqdorining kamayishi bilan ham bogʼliq hisoblanadi. Sanab oʼtilgan barcha omillarning birgalikdagi taʼsiri ostida tabiiy sharoitlarda chuqur qatlamlarda potensial qiymatining ortishi nisbatan yuqori boʼlishiga olib keladi. Ushbu koʼrinishda, maʼdanli yigʼilmalar qatlamlarida aralashma jinslar bilan birgalikda galvanik elementni yuzaga keltiradi, bunda katod sifatidagi qism yigʼilmaning yuqorigi qismida joylashadi va anod esa quyi sohasini egallaydi. Elementning ichki zanjiri maʼdanli tananing oʼzi hisoblanib, tashqi zanjiri esa – aralashma jinslar qatlami hisoblanadi. Ushbu koʼrinishda, jinslar va ayniqsa maʼdanli tana juda yaxshi elektr oʼtkazuvchanlik xususiyatini namoyon qiladi, galvanik element elektrodlari orasida yuzaga keluvchi elektr tokining manbai ichki zanjir tarkibida erkin elektronlar va tashqi tomonida esa ionlar hisoblanadi. Xulosa: Men bu mavzudan shu ma‘lumotlarni o‘rgandimki elektron karotaj usullari va ularni turkumlarinishini o‘rgandik. Shu jumladan eloktron karotaj 2 turga bo‘linadi.Ular elektron maydon va elektromagnit maydon. Ularni o‘rganishimizdan maqsad burg‘u quduqlarini o‘tqazmasdan turob qatlamin o‘rganishni eng hamyonbob usuli ekanligini bilib oldim. E’tiboringiz uchun rahmat Download 0,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling