Toshkent davlat transport universiteti kafedra: “Elektrotexnika” Amaliyot bo’yicha Hisobot Bajardi


Download 0.72 Mb.
bet2/5
Sana12.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1264861
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hakimov S. HISOBOT 2020

KLUB-U haqida
Lokomotiv xavfsizlik qurilmalari majmuasining turli modifikatsiyalari (KLUB, KLUB-P, KLUB-U, KLUB-UP) MDH davlatlari va O’zbekiston temir yo’llari tarmog’ida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash asosiy bort vositasi sanaladi. KLUB ishlashi avtomatik lokomotiv signalizatsiya (ALS) tizimining yo’l qurilmalaridan uzatiladigan lokomotiv harakati yo’nalishidagi bo’sh blok uchastkalar soni va ruxsat etilgan harakat tezligi to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishga asoslanadi. Hammasi bo’lib, 14 mingdan ortiq turli xil KLUB modifikatsiyalari ishlab chiqarildi hamda 10 mingdan ortiq lokomotivlar, shahar atrofi elektropoyezdlari va o’ziyurar yo’l mashinalari jihozlandi. Hozirgi vaqtda xavfsizlik qurilmasining yanada takomillashtirilgan modifikatsiyalari KLUB va KLUB-UP ishlab chiqarilmoqda. Ular kengaytirilgan funksional qulayliklar va ishonchliligi va xavfsizligiga ko’ra yaxshilangan ko’rsatkichlarga ega.
Lokomotivga o’rnatiladigan uskunalar quyidgilardan iborat:

  • BVL-U lokomotivlarda ma’lumotlarni kiritish bloki;

  • BEL-U lokomotiv elektron bloki;

  • BKR-U ro’yxatga olish va kommutatsiyalash bloki;

  • BR-U kassetaga ma’lumotlarni yozish, mustaqil energiya ta’minoti orqali uzoq muddatli elektron xotiraga saqlash bloki;

  • BIL-POM mashinist yordamchisi lokomotiv indikatori;

  • BIL lokomotiv indikatori bloki;

  • (RB, RBS) va machinist yordamchisi (RBP) xushyorlikni nazorat qilish dastagi;

  • ALSN (ALS-ЕN) signallarini qabul qiluvchi katushkalar KPU va ulash qutisi KS;

  • DPS 1 va DPS 2 tezlik va yo’lni o’lchash datchiklari;

  • qo’ng’iroq qurilmasi VP;

  • KLUB-U qurilmalari elementlarini datchiklar (DPS) bilan birlashtirish bloki — BS-DPS;

  • Sun’iy yo’ldosh tizimi (SNS) antennasi va antenna-kuchaytirgich qurilmasi (AUU);

  • MOST-raqamli radioaloqa uzatish, qabul qilish qurilmasi;




Lokomotivda KLUB-U uskunalarining joylashuvi.



  • lokomotivning tormoz qurilmalarida bosimni o’lchash datchigi;

  • radiokanal antennasi (АРК);

  • radioaloqa antennasi (АРK), raqamli radioaloqani qabul qilish va uzatish qurilmasi (PPU-RS);

  • interfeyslarni moslash bloki (BSI), KLUB-Uning lokomotiv qurilmalari bilan aloqasi va boshqa avtomatik qurilmalar bilan ma’lumot almashish uchun foydalaniladigan blok;

  • elektropnevmatik klapanni kalit yordamida ruxsatsiz o’chirishni nazorat qilish bloki (KON);

  • lokomotiv elektr ta’minoti (IPLE);

  • elektropnevmatik favqulodda tormoz klapani (EPK);

  • markaziy terminal chizig’i (TsKR).




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling