VII. Soliq solish tizimi
20.
|
Hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan qismini qaytarishning quyidagi tartibini belgilash:
qaytarish to‘g‘risidagi elektron shaklda beriladigan arizadan tashqari boshqa hujjatlarini talab etilishini taqiqlash;
soliq to‘lovchi ariza bergan kundan boshlab 60 kundan ortmagan muddatda qaytarish.
|
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi
|
2020 yil 1 yanvar
|
Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov)
|
VIII. Xalqaro savdo
|
21.
|
Respublikaning eksport tark�bidan kelib chiqqan holda «Biznes yuritish» hisobotning «Xalqaro savdo» indikatori bo‘yicha qo‘llaniladigan metodologiyada asosiy eksport mahsulotini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Jahon banki ekspertlari bilan muzokaralar o‘tkazish.
|
Tashkiliy tadbirlar
|
2020 yil 1 fevral
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov)
|
22.
|
Meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish (paxtadan tashqari) uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub’ektlaridan to‘lov undirish talabini bekor qilish.
Mazkur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq vakolatli organlarning xarajatlarini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berish tartibini belgilash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2020 yil 1 yanvar
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), «O’zstandart» agentligi (Sattarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov), «O’zdavkarantin» inspeksiyasi (Ergashev)
|
23.
|
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy etish, bunda vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari «Yagona darcha» bojxona axborot tizimiga integratsiya qilish.
|
Tashkiliy tadbirlar
|
2020 yil 1 fevral
|
Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), «O’zstandart» agentligi (Sattarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov), «O’zdavkarantin» inspeksiyasi (Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
24.
|
Vakolatli organlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi platformasida tanlab olish asosida fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etishni yakunlash.
|
Tashkiliy tadbirlar
|
2020 yil 1 fevral
|
«O’zstandart» agentligi (Sattarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov), «O’zdavkarantin» inspeksiyasi (Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
25.
|
Muvofiqlikni baholash lozim bo‘lgan tovarlar nomenklaturasini qayta ko‘rib chiqish va yagona ro‘yxatni tasdiqlash orqali ushbu nomenklaturani tizimlashtirish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2020 yil 1 yanvar
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), «O’zstandart» agentligi (Sattarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov)
|
26.
|
Vakolatli organlar tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorini vakolatli organning mazkur hujjatni berish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilash va ularni bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘lagan holda optimallashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2020 yil 1 fevral
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), «O’zstandart» agentligi (Sattarov), «O’zdavkarantin» inspeksiyasi (Ergashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov), Moliya vazirligi (Ishmetov)
|
27.
|
Vakolatli organlar tomonidan fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat o‘tkazish uchun shartnomalarni oferta shakliga o‘tkazish va xizmatlar uchun to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish imkonini yaratish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi
|
2020 yil 1 fevral
|
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), «O’zstandart» agentligi (Sattarov), «O’zdavkarantin» inspeksiyasi (Ergashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqarov)
|
28.
|
O’zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarning o‘tishi uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish jarayonlari va to‘lovlarni amalga oshirishni elektron shaklga o‘tkazish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2020 yil 1 aprel
|
Transport vazirligi (Maxkamov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)
|
29.
|
Yuk tashuvchilar tomonidan yuk hujjatlari ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan dastlabki elektron axborotni bojxona idoralariga taqdim etish tartibini joriy etish orqali bojxona rasmiylashtiruv jarayonlarini tezlashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2020 yil 1 fevral
|
Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Transport vazirligi (Maxkamov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Energetika vazirligi (Sultanov), «O’zbekiston temir yo‘llari» AJ (Hosilov), «Uzbekistan Airports» AJ, «Uzbekistan Airways» AJ
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |