2. Quvurlar tizimi uchun nasosning ishlaydigan
tavsifini aniqlash
2.1. Nasosni tanlash va uni quvurlar tizimi bilan birgalikda ishlash parametrlarini aniqlash
Nasosni tanlashda zavod chiqargan nasosning Q-H; Q-N; Q- tavsifidan foydalaniladi. Nasoslarning tavsifi (o'zgarmas aylanish chastotasi n uchun) nasoslar katalogi (ro'yxati) da beriladi. Katalogdan bizga kerakli nasosni qidiramiz. Topgan nasos maksimal ish koeffitsientiga ( ) ega bo'lib, haydash suyuqlik sarfi Q0 dami esa H (ozroq Ho qiymatidan yuqori) ga teng bo'lishi kerak.
Hisoblanayotgan misol uchun quyidagi nasos va dami H 48,0 m bo'lishi kerak.
Zavod tayyorlagan nasoslardan bizga eng muvofig'i markazdan qochirma nasos bo'lib markasi ; ; ( ; ; ).
Qabul qilib olgan D320-50 nasosning tavsifi 4 - rasmda keltirilgan va unda parametrlari Q=0,0051 m3/s va Ho=51 m ga teng bo'lgan A0 nuqta topilgan. Bu nuqta nasos bilan ta'minlangan quvurlar tizimi uchun mo'ljallangan nuqta hisoblanadi.
Haqiqiy A0 nuqtani topish uchun nasosning Q-H egri chizigini 3- rasmga joylashtirish kerak.
3- rasm. Tizim tavsifi va nasosni har xil tartibda ishlash uchun ishchi nuqtasini aniqlash
Quvurlar tizimi uchun qurilgan egri chiziq bilan nasos tavsifi Q-H kesishgan nuqtasi, bular uchun ish nuqtasi hisoblanadi.
Topilgan A0 nuqtani 4 chi rasmga ko'chirib, quyidagi Q-H; Q-N; Q- egri chiziqlaridan shu nuqtaga mos keladigan QA, HA, A ko'rsatkichlarni topamiz. Ko'rsatkichlar qiymatlari 4-jadvalda keltirilgan.
Quvur tizimi va nasos uchun boshqa ishlash tavsifi nuqtasini topishda quvurdagi jumrak holatini o'zgartirish (ochish yo'ki yopish), yoki nasosning harakatga keltirilayotgan dvigatelning aylanish davrini o'zgartirish orqali bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |