- Ijtimoiy himoya bozor islohotlarini amalga oshirish davrida aholini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilish va milliy xo‟jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy chora - tadbirlar majmui bo‟lib, xususan aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy holati hamda hayot kechirishning zarur vositalariga ega bo‟lmaganligi sababli yordamga muhtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va ja‟g'armalari tomonidan ko‟rsatiladigan yordamdir. Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib borish, qashshoqlanishning oldini olish, madaniyat va san'at yutuqlaridan bahramand bo‟lish, kasb malakasini oshirish va daromadlarni ta'minlashdagi tafovutlarni kamaytirish, inson taraqqiyotining uzluksizligini ta'minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |