Xulosa - Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta'minlangan qismini qo'llab quvvatlash borasida ko'rilgan chora tadbirlar ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi. Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib borish, qashshoqlanishning oldini olish, aholining turli qatlamlari o'rtasida ta'lim olish, madaniyat va san'at yutuqlaridan bahramand bo'lish, kasb malakasini oshirish va daromadlarni ta'minlashdagi tafovutlarni kamaytirish, inson taraqqiyotining uzluksizligini ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning biri aholini kuchli ijtimoiy himoyalash hisoblanadi. O‟zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o'tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko'rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o'ynadi hamda respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |