Toshkent davlat transport universiteti
Download 102.5 Kb.
|
zroav
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI Amaliy mashg‘ulot Mavzu:Pog’onali profile optic tolalarni hisoblash Bajardi:AB 224-guruh talabasi Annageldiyev E. X Tekshirdi: Ametova A. A Toshkent-2020 Amaliyot ishi bo‘yicha topshiriqlar 1. Optik tolaning optik aloqa tizimidagi o‘rniga tafsiv bering. 2. Optik tola qanday tuzilgan? 3. Optik tola qanday materiallardan tayyorlanadi? 4. Tolali optik aloqa tizimida qo‘llaniladigan optik tolalarning qanday turlari mavjud? Ularga tafsiv bering. 5. Tolali optik aloqa tizimlarida optik tolalarning qanday standart-laridan keng foydalaniladi? Ularga tafsiv bering. 6. Qaysi holatda yorug‘lik nuri faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqaladi? Javoblar 1.OA tizimida optik tashuvchini ko‘p kanalli elektr signal bilan modulyasiyalash uchun chastota modulyasiyasi (CHM), faza modulyasiyasi (FM), amplituda modulyasiyasi (AM), qutblangan modulyasiya (QM), intensivlik bo‘yicha modulyasiyalash va modulyasiyaning boshqa turlarini qo‘llash mumkin. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyasiyalash turi ko‘proq qo‘llaniladi. Bunga sabab, modulyasiyaning bu turi keng chastota diapazonida oddiy texnik qurilmalar yarim o‘tkazgich nurlanish manbalari (yorug‘lik diodi, lazer diodlar) uchun bajariladi. YArim o‘tkazgich manbaning nurlanish intensivligini boshqarish uchun modulyasiyalaydigan elektr signal bilan mos holda injeksiya tokini o‘zgartirish etarlidir. Bu tok kuchaytirgich ko‘rinishidagi elektron sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyasiyasi teskari jarayon optik signalni elektr signaliga aylanish masalasini engillashtiradi. Darxaqiqat, fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor kvadratik asbob hisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining kvadratiga proporsional 2. Tolali optik aloqa tizimining tuzilishi. TOA tizimining tuzilish sxemasi (1.3–rasm) ham OA tizimiga xos standart qurilmalardan iborat. Faqatgina optik signallarni tarqalishini ta’minlash uchun uzatish muhiti sifatida optik kabel tolasi ishlatiladi. TOA tizimining tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi: KHQU – kanal hosil qiluvchi uskuna; MvQ – muvofiqlashtiruvchi qurilma; OUz – optik uzatgich;ONM – optik nurlanish manbai; MQ – moslashtiruvchi qurilma; UzOM –uzatuvchi optik modul; OT – optik tola; OR – optik retranslyator; OQq – optik qabul qilgich; QqOM – qabul qiluvchi optik modul; ONQq – optik nurlanish qabul qilgich. .Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog‘lab turuvchi muhit optik tola deyiladi. Optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‘lik nuri tarqaladi. Yorug‘lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun n1>n2, shart bajarilishi kerak. Mos ravishda bu erda n1-o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi, n2, -qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari. Cindirish ko’rsatkichi n, yorug‘likning vakuumdagi tezligini (s) materialdagi yorug‘lik tezligiga (sm) nisbati orqali ifodalanadi: n = s / sm. Turli moddalardan yorug‘lik turli tezliklarda tarqaladi. OT uchun asosiy material juda toza va tiniq kvars shishasi, kremniy ikki oksidi (SiO2) hisoblanadi. 3. Agar dengiz suvi shunchalik tiniq bo’lganda, u xolda Tinch okeanida joylashgan 33,177 futli Mariana cho’kmasining eng chuqur joyini ko’rish mumkin bo’lardi. O‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlarini olish uchun kvars shishasiga qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan: germaniy va fosfor sindirish ko’rsatkichini oshiradi, bor va ftor esa aksincha uni kamaytiradi. Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig‘i xisoblanadi. 3.1-rasmda tashqi plastik qoplama ko‘rsatilgan. Tashqi plastik qoplama optik tolaning xususiyatlariga ta’sir etuvchi mexanik va atrof muhit ta’sirlaridan uni himoya qiladi. 4.Bir modali optik tolalar dispersiya qiymatlari bo‘yicha ushbu turlarga bo‘linadi: 1. Standart tola SF (Standart Fiber). 2. Siljigan dispersiyali tola DSF (Dispersion-Shifted Fiber). 3. Nolga teng bo‘lmagan siljigan dispersiyali tola NZDSF (Non-Zero Dispersion-Shifted Fiber). Standart SF tolalari pog‘onali sindirish ko‘rsatkichiga ega. Statictik ma’lumotlarga ko‘ra eng ko‘p yotqizilgan kabellar bir modali standart SF (Standart Fiber) tolalardan iborat. Xozirda SF tolalarining so‘nish qiymatlari 0,18-0,19 dB/km gacha kamaytirilgan. Lekin, bu tolalarda 1550 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati katta 17-20 ns/nm∙km ni tashkil etadi 5. Bir modali optik tolalar dispersiya qiymatlari bo‘yicha ushbu turlarga bo‘linadi: 1. Standart tola SF (Standart Fiber). 2. Siljigan dispersiyali tola DSF (Dispersion-Shifted Fiber). 3. Nolga teng bo‘lmagan siljigan dispersiyali tola NZDSF (Non-Zero Dispersion-Shifted Fiber).Standart SF tolalari pog‘onali sindirish ko‘rsatkichiga ega. Statictik ma’lumotlarga ko‘ra eng ko‘p yotqizilgan kabellar bir modali standart SF (Standart Fiber) tolalardan iborat. Xozirda SF tolalarining so‘nish qiymatlari 0,18-0,19 dB/km gacha kamaytirilgan. Lekin, bu tolalarda 155 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati katta 17-20 ns/nm∙km ni tashkil etadi. 6.Optika qonuniyatlari yorug‘lik nurining to‘g‘ri chiziqli tarqalishiga, tola muhiti bilan o‘zaro ta’sirlashuviga va izotroplik xususiyatiga – muhitda barcha yo‘nalishlarda yorug‘likning bir xil tarqalishiga (shisha bir turdagi va izotropli muhit hisoblanadi) asoslangan. Bu qonuniyatlarga yorug‘likning qaytish/sinish qonunlari va ularga asoslangan hodisalar ta’lluqli.Yorug‘lik bir materialdan boshqasiga o’tganda uning tarqalish tezligio’zgaradi, ya’ni to’lqin nazariyasi nuqtaidan bu xarakat yo’nalishining o’zgarishiga olib keladi. Bu hodisa - yorug‘likning to’g‘ri yo’nalishdan og‘ishi sinish deb ataladi.Sinish hodisasini misollarda ko’rib chiqamiz.Sinish hodisasiga baliq ovlashda ham duch kelinadi. Suv ostidagi baliqni ko’irganimizda, uning xaqiqiy joylashuvini emas, balki unga yaqin joylashuvini ko’ramiz (3.2-rasm). Agar baliqqa pastga vertikal qarasak, yorug‘likning sinishi ro’y bermaydi va baliqning asl joylashgan joyini ko’ramiz. Agar unga burchak ostidan qarasak, sinish hisobiga asl joylashgan joyini ko’rmaymiz, bunda baliq nazaramizdagi ko’rinishdan chuqurroqda joylashgan bo’ladi. Download 102.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling