Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/35
Sana28.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1730394
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

An'anaviy harakat - madaniy an'analarda ifodalangan xatti-harakat 
timsollariga, taqlidga asoslangan harakatni bildiradi. Bunday harakat 
oqilona xususiyatga ega bo‗lmay, harakat jarayoni avtomatik ravishda yuz 
berayotgan jarayon ko‗rinishini oladi, sub'ektivlar har qanday vaziyatda 
ham takrorlanuvchi va ko‗nikib qolingan an'analarga, odatlarga asoslanadi. 
An'anaviy harakat yuzaki qaraganda ob'ektiv oqilona tarzda ko‗rinishi 
mumkin, lekin uning haqiqiy mohiyati sub'ektiv nooqilona asosga egadir. 
An'anaviy harakat ham affektiv harakat kabi inson xatti-harakatining 
chegarasini bildiradi. Lekin bu harakatning ahamiyati shundaki, odat va 
ko‗nikmalarga asoslangan harakatlar jamiyat hayotida juda ko‗p o‗rin 
tutadi. Individning xatti-harakati o‗zida harakatning barcha turlariga xos 
bo‗lgan xususiyatlarini saqlaydi. Bunda maqsadli-oqilona, ham qadriyatli 
oqilonalik, affektivlik, an'anaviylik belgilari bo‗ladi. Turli jamiyatlarda 
ba'zi harakat vaziyatlari kuchliroq bo‗lishi mumkin. Masalan, an'anaviy 
jamiyatda an'anaviylik va affektivlik, oqilonalik va qadriyatli oqilonalikka 
nisbatan ustunroq bo‗ladi. Aksincha, industrial jamiyatda oqilonalik va 
qadriyatli harakat nisbatan ustun bo‗ladi. 
Insonning sub'ektiv dunyosi ijtimoiy hayot, ijtimoiy jarayonlarning 


69 
shaxs jihati sifatida namoyon bo‗ladi. 
Jamiyat rivojlangan sari maqsadli ratsional harakat kuchayib boradi. 
Demak, harakat individning g‗oyalar va vaziyat sharoitlari ta'siri 
ostida o‗z maqsadlariga erishish vositalari yuzasidan sub'ektiv qarorlar 
qabul qilishni anglatar ekan. Albatta bu alohida olingan harakat bo‗lib, 
ijtimoiy harakat ko‗pgina shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan mana 
shunday harakatlarning muntazam qatorlarini o‗z ichiga oladi. 
Maqsad harakatning zarur elementidir. Maqsad harakat qiluvchi 
istagan holatdir. Demak, maqsadlar kutilgan, tasodifiy yoki qandaydir bir 
bilimlar natijasida tanlangan bo‗lishi mumkin. Maqsad ma'lum bir vaqtni 
taqozo etadi. Vaqtdan tashqari u ahamiyatini yo‗qotadi. Maqsad xato 
bo‗lishi, ya'ni maqsad va vositalarning noto‗g‗ri tanlanishi, ularning bir-
biriga muvofiq kelmasligi natijasida maqsadning amalga oshmasligi 
mumkinligini ham unutmaslik kerak. 
Vaziyat esa harakatning tashqi qobig‗idir. Vaziyatning asosiy 
xususiyati shundan iboratki, u maqsadga nisbatan boshqa yo‗nalishda 
rivojlanadi. Harakat qiluvchining vaziyat ustidan nazorat qilishi harakat 
sharoitlari va vositalari yordamida olib boriladi. Harakat sharoiti harakat 
qiluvchi o‗zgartira olmaydigan elementdir.
Harakatning normativ (me'yoriy) yo‗nalganligi ham muhimdir. 
Chunki harakatda doimo me'yoriy yo‘nalganlik mavjud bo‗ladi. Me'yor 
harakatni namunaga muvofiklashtirishga bo‗lgan intilish bilan ifodalanadi. 
Me'yoriy elementning belgilari quyidagilar: a) harakat qiluvchida u yoki bu 
qabul qilingan me'yorga amal qilishga bo‗lgan intilishning mavjudligi; b) 
harakat qiluvchining har qanday imkoniyatlardan qat'iy nazar, shaxs 
sistemasi oldinga qo‗yilgan maqsadga erishish zaruriyatini tan olishi. 
Me'yoriy yo‗nalganlik ijtimoiy harakat nazariyasida muhim o‗rin tutadi. 
Ma'lum 
me'yorlarga 
intilmaydigan 
harakat 
mavjud 
bo‗lolmaydi, 
kelmaydigan mexanik harakat bo‗lmaganligi kabi bo‗lmaydi. 
Harakat tizimi murakkab tuzilishiga ega. Ijtimoiy harakat doimo 
boshqa harakat qiluvchilarning o‗zaro yo‗nalganligini va umumiy 
qadriyatlar asosida o‗zaro integratsiyasini tashkil etadi. Bu darajada 
ijtimoiy harakat quyidagi tushunchalar bilan izohlanadi: harakat qiluvchi; 
me'yoriy yo‗nalganlik, maqsad, vaziyat, boshqa harakat qiluvchi, o‗zaro 
yo‗nalganlik, qadriyatlar. Harakat sistemasi bu harakat elementlaridan va 
harakatlar 
o‗rtasidagi murakkab o‗zaro aloqalardan iborat. Bu 
munosabatlar quyidagilardir: 1) sistema tushunchasi bilan bog‘liq ravishda 
yuzaga keladigan munosabatlar; 2) individ yoki harakat qiluvchi deb 
ataladigan birikmalarda yuzaga keladigan munosabatlar; 3) ijtimoiy 


70 
guruhdagi individlarning o‗zaro aloqasi natijalarida yuzaga keladigan 
munosabatlar, harakat ma'lum bir qismlardan iborat, ularni biz sistemalar 
deb ataymiz. Ba'zi sotsiologlar jumladan T. Parsons harakat elementlaridan 
iborat uchta tizimni ajratib ko‗rsatadi: 1) ijtimoiy tizim; 2) shaxs tizim; 3) 
madaniyat tizimi. Ijtimoiy tizim va shaxs tizimi motivlangan salbiy 
harakatni tashkil qiladi. Madaniyat tizimi esa ramziy nusxalar tizimining 
mohiyatini bildiradi. Umumiy bir harakat tizimini tashkil qiluvchilari 
quyidagilardir: 1) harakat qiluvchi organizm (moslashuv funksiyasini 
bajaradi); 2) shaxs tizimi (maqsadga erishish funksiyasini bajaradi); 3) 
ijtimoiy tizimi (integratsiya funksiyasini bajaradi); 4) madaniyat tizimi 
(latentlik vazifasini bajaradi). 
Ijtimoiy harakat tizimi ikki darajadagi o‗zga voqelik-orasida mavjud 
bo‗ladi. Bu ikki daraja harakat sistemasiga kirmaydi, bular fizik organik 
tashqi muhit va oliy fikrni voqelikdir. Ular orasidagi ta'sirlar quyi darajada 
harakat qiluvchi organizm yordamida, yuqori darajada-madaniyat 
yordamida yuz beradi. Bu ta'sirlar quyi darajada harakatni energiya bilan, 
yuqori darajada esa axborot va nazoratni ta'minlaydi. 
Ijtimoiy harakatning funksional jihati ijtimoiy munosabatlarning 
amal qilishi, buzilishi va o‗zgarishi jarayonlarida namoyon bo‗ladi. Bunda 
uch tizim, ya'ni madaniyat, shaxs va ijtimoiy tizim uch birlashtiruvchi 
markaz sifatida barcha harakat tizimlarining tarkibiy asosida yotadi. Bular 
bir-birini to‗ldiruvchi tizimlar bo‗lganligi sababli ularning o‗zaro 
munosabatlarisiz birorta ham harakat tizimi mavjud bo‗la olmaydi. 
Umumiy tarzda buni 2-chizmadan ko‗rsa bo‗ladi: 
2-chizma 
_____________________________________ 
Shaxs 
sistemasi
Ijtimoiy sistema Madaniyat sistemasi
________________________________________
harakat qiluvchi o‗zoro yo‗nalganlik
maqsad sharoit umumiy vosita boshqa harakat qiluvchi qadriyatlar
me'yor___________________________________________ 
Ma'lumki, insonning ijtimoiy voqelikka nisbatan munosabati faoliyat 
tushunchasi bilan ifodalanadi. Aynan insonning amaliy faoliyati uni o‗rab 
turgan moddiy, tabiiy va ayniqsa ijtimoiy dunyoni o‗zgartirishga qaratilgan 
bo‗ladi. Shu bilan birga insonning tashqi dunyoni o‗zgartirishga qaratilgan 
harakati uning faoliyatining boshqa barcha turlari uchun asos hisoblanadi. 
Lekin shaxs boshqa insonlar bilan hamkorlikdagina amaliy faoliyat 
yuritadi. Umuman insonning amaliyotdagi faoliyati (harakati, xulq-atvori) 


71 
sub'ekt-ob'ekt va sub'ekt-sub'ekt munosabatlari birligida namoyon bo‗ladi. 
Bu yerda sub'ekt-ob'ekt munosabatlari insonning tashqi muhitni sun'iy 
qurol va vositalar yordamida o‗zlashtirishini anglatsa, sub'ekt-sub'ekt 
munosabatlari esa ushbu faoliyat jarayonida odamlar o‗rtasidagi muloqatni 
ifodalaydi.
Ijtimoiy harakatni keng va tor ma'noda tushunish mumkin. Keng 
ma'noda 
ijtimoiy 
harakat 
ijtimoiy 
voqelikni 
o‗zgartirish 
va 
takomillashtirishga qaratilgan faoliyat turi hisoblanadi. Tor ma'noda esa 
ijtimoiy harakat shaxs yoki ayrim ijtimoiy guruhlarning mavjud ijtimoiy 
voqelikka moslashishga qaratilgan harakat tizimini anglatadi. 
Ijtimoiy harakatning 
shakllari 
ham turli-tumandir. 
Ijtimoiy 
harakatning asosiy shakli moddiy ne'matlar ishlab chiqishiga qaratilgan 
xatti-harakat hisoblanadi. Boshqa muhim ijtimoiy harakat bu insonlarning 
o‗zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidir. Ijtimoiy 
rivojlanish jarayonida bu faoliyat bir necha qismlarga ajralib ketishini 
kuzatsa bo‗ladi. Bular sinfiy kurash ijtimoiy o‗zgarishlar, revolyutsion 
harakatlar ko‗rinishida yuz beradigan harakatlardir. Bundan tashqari 
kishilar faoliyatida texnik, ilmiy faoliyat kabi harakat ko‗rinishlari ham 
namoyon bo‗ladi. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling