Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/35
Sana28.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1730394
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

2. IQTISODIY SOTSIOLOGIYA 
Iqtisodiy sotsiologiya XX asrning 50-yillarning o‗rtalarida AQShda 
fan sifatida shakllanib dastlab tor doiradagi olimlarning qiziqtirgan bo‗lsa, 
endilikda bu fan juda taraqqiy etgan va uning muammolari tadqiqoti bilan 
ko‗pgina mamlakatlar olimlari jiddiy shug‗ullanadilar. hozirgi davrda bu 
fan ham G‗arbda, ham Sharqda sotsiologik bilim taraqqiyotining markaziy 
yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy sotsiologiyaning sobiq SSSR 
parchalanishi natijasida shakllangan yosh mustaqil davlatlar uchun, 
ularning ananaviy siyosiy iqtisodga asoslangan. O‗z mentalitetlarini tubdan 
o‗zgartirishlari uchun nihoyatda zarurligi haqidagi fikr va mulohazalar 
hech bir shubha uyg‗otmasa kerak. Keyingi vaqtlarda Markaziy Osiyo 
davlatlari, ayniqsa O‘zbekistan ko‘plab iqtisodchilar, sotsiologlar, 
siyosatshunoslar va jurnalistlar e'tiborini kun sayin o‗ziga ko‗proq 
qaratayapti. O‗zbekistonga «barqarorlik oroli» sifatida qaralib, u haqida 
fanlar bildirish diapazoni anchagina kengdir: lol qolib maqtashlardan 
tortib, to keskin tanqidlargacha. 
Shu bilan birgalikda bu makonda bo‗layottan jarayonlarni tushunish 
uchun nafaqat O‗zbekistonning bozor munosabatlarga o‗tishdagi iqtisodiy 
siyosati mohiyatini tushunishlik, balki individual va ijtimoiy ongning 
Sharqnint bu mamlakatdagi o‗ziga xos xususiyatlari haqida ham chuqur 
bilimlar talab qilinadi. Zero O‗zbekiston respublikasi prezidenti 
ta'kidlaganidek: «Bizning bozor munosabatlariga o‗tish modelimiz 
respublikaning o‗ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar, urf-
odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‗tmishdagi 
iqtisodiyotni biryoqlama, beso‗naqay rivojlantirishning mudhish merosiga 
barham berishga asoslandi». 
Islohatlarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlik uchun aynan 
shu nuqtai nazardan qaraganimizda, iqtisodiy sotsiologiyaning o‗rnini 


108 
betakrorligi yaqqol namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy sotsiologiyaning predmeti 
mohiyatini bilishlik uchun esa uning shakllanishini tariqqiy shart-
sharoitlariga murojaat qilish kerak.
Xuddi shu sabablar tufayli bundan buyon boshqaruv sohasida asosiy 
e'tiborni psixologik va intellektual imkoniyatlarni ishga solishlik tomoniga 
qaratishlik jiddiy ma'no kasb etadi. Aynan shu davrda sotsiologiyadagi 
ko‗pgina tarmoq yo‗nalishlar — industrial sotsiologiya, muassasalar 
sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasi va boshqalar paydo bo‗la boshladi. 
Boshqaruvlar yirik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan «insonlar 
munosabatlari», «intizomli xulq-atvor» konsepsiyalarini sinashlikni amalga 
oshirdilar. Boshqaruvni kompyuterlashtirish usuli, modellashtirish va 
miqdoriy tahlil qilishlikning turli metodlari yordamida ishlab chiqarish 
sur'atini oshirishga harakatlar qilindi. XX asrning ikkinchi yarmida mehnat 
sohalaridagi 
yuksalish 
tufayli 
boshqaruv 
muammalari 
yanada 
murakkablashdi. 
Korporatsiyalarning 
bozorni 
o‗zgaruvchanligi, 
iqtisodning u mumiy holatiga bog‗liqligi darajasi keskin ravishda oshib 
ketdi. Bularning hammasi sotsial ziddiyatlarning keskinlashuvini keltirib 
chiqardi va tadqiqotchi olimlar oldiga mehnat resurelarini boshqarishlikni 
yangi yo‗nalishlarini izlab topish vazifasini ko‗ndalang qo‗ydi. Ushbu 
shart-sharoitlar ob'ektiv ravishda iqtisodiy sotsiologiyaning vujudga 
kelishiga asosiy sabablardan biri bo‗ldi. Boshqa bir tomondan esa bu 
fanning paydo bo‗lishiga ham iqtisod, ham sotsiologiya fanlarining 
taraqqiyoti yetarli darajada asos yaratdi. Ishchilarning qadriyatli 
orientirlari, motivlari va xulq-atvorlari faqatgina iqdisoddagi o‗zgarishlar 
ta'siri osgida emas yakka madaniy muhit tufayli ham shakllanadi. 
Asrimizning 60-yillarida rivojlangan G‘arb davlatlarida iqtisod fanining 
ijtimoiylashuv tendensiyasi yanada kuchaydi va natijada iqtisodiy 
sotsiologiyaning imkoniyatlari ham ortib bordi. Shu bilan birgalikda 
nazariya sotsiologiyada shunday sotsiologik tushuncha va kategoriyalar 
ishlab chiqildiki, ular iqtisodiy sotsiologiyaning kategorial apparatining 
shakllanishiga asos bo‗ldi Bu kategorial apparat iqtisodchi sotsiologlarga 
iqtisoddagi mavjud va hali ham o‗rganilmagan sotsial aloqalarni tadqiq 
qilishliklariga keng yo‗l ochib berdi. Shu bilan bir qatorda muassasalar, 
ishlab chiqarish jamoalari, kasblar, bandlik, stratifikatsiya, boshqaruv va 
boshqa muhim masalalar bilan shug‗ullanuvchi sotsiologiyadagi maxsus 
yo‗nalishlar ham rivojlanib bordi. G‘arb iqtisodiy sotsiologiyani aniq 
chegaralar asosida rivojlanayotgan yagona ilmiy yo‗nalish sifatida emas, 
balki jamiyat, yoxud alohida davlat taraqqiyotining u yoki bu davrdagi 
dolzarb muammolarni o‗rganadigan o‗ziga xos bir ilmiy harakatdir. Ushbu 


109 
harakat «Iqtisod va jamiyat» nomiga sazovor bo‗ldi. Amerikalik sotsiolog 
Dj. Smelzer o‗zining «Iqtisodiy hayot sotsiologiyasi» maqolasida shunday 
zo‗r tayassurot qoldiradigan manzarani chizib berdiki, unda iqtisodiy 
sotsiologiya «yo‗rgak»dagi xolatida qanday ulg‗ayganligi va iqtisodiy 
turmushning borgan sari yangi tomonlarini qamrab olishligi juda ta'sirli 
qilib tasvirlangan. (Amerikanskaya sotsiologiya. M. Progress, 1972, s. 200. 
Buning natijasida esa iqtisodiy sotsiologiyaning yutuqlarini yorqin timsoli 
namoyon bo‗ldi. Bu hol esa «haqiqiy» iqtisodchida sotsiologiya 
iqtisodchilarining haq-huquqlariga tanovvuz qilmasmikin degan savol 
tug‗dirishi mumkin.
Smelzerning ta'kidlashicha iqtisodchilar va sotsiologlar iqtisodiy 
hayot haqida bir-birlaridan farq qiladigan savollarga javob izlaydilar. 
Bunda sotsiologlar muammoga kengroq iqtisodchilar esa tor ma'noda 
yondashadilar.
Iqtisodiy sotsiologiyaning darg‗alari va bu yo‗nalishda o‗z 
tadqiqotlarini olib borayotgan olimlar va bu fan uchun nazariy asoslar 
yetishmayotganligini e‘tirof etmoqdalar. Ma'lumki G‗arbda e'tibor amaliy 
tadqiqotlarga ko‗proq. qaratiladi. Ushbu masala bo‗yicha Dj. Smelzer 
quyidagicha fikr yuritadi: «Marks va Veber tomonidan qo‘yilgan va 
hayratomuz kuchga ega bo‗lgan vazifalar iqtisodiy va siyosiy omillarning 
o‗zaro ta'siriga bag‗ishlangan ilmiy tadqiqotlarda hozir ham asosiy rolni 
bajarayapti. 
Bular 
shunday 
vazifalarki, 
ular 
muassasalardagi 
boshqaruvning sermahsulligi, turli maifaatni ko‗zlovchi iqtisodiy 
guruhlarning o‗zaro kurashlariga asos bo‗lishi, iqtisodiy sistemaning 
siyosiy 
sistema 
ustidan 
hukmron 
qilishlikni 
ta'minlaydilar». 
«Amerikanskaya sotsiologiya. M. Progress», 1972, str. 200.
Bu ikki ensiklopedist mutafakkirlarining xizmatlarini yuqori baholab 
Dj. Smelzer o‗z fikrlarini rivojlantirib boradi: «Marks va Veber ko‗tarib 
chiqqan muammolar madaniyat va iqtisodiy faoliyatning o‗zaro aloqalariga 
bag‗ishlangan hozirgi zamon tadqiqotlarining diqqat markazida turibdi. 
Ayniqsa shunday muammolar Madaniy belgilar iqtisodiy faoliyat orqali 
belgilanishi mumkinmi; bu savollar iqtisodiy faoliyatga mustaqil ta'sir 
ko‗rsatishi mumkinmi yoki bu yerda gap o‗zaro harakat haqida 
ketayaptimi. «Amerikanskaya sotsiologiya», M. Progress. 202 str.G‘arb
iqtisodiy sotsiologiyasiga pozitsiyasini qisqacha ta'rifi ana shulardan 
iboratdir. Sobiq Ittifoqda iqtisodiy sotsiologiya muammolarini o‗rganishlik 
80-yillardan boshlandi. Bir guruh. Novosibirsklik iqtisodchilar va 
sotsiologlar 70-80 - yillar o‗rtasida mamlakatda paydo bo‗lgan krizis 
holatning sotsial-iqtisodiy sabablarini aniqlashga kirishdilar. Ma'lumotlarni 


110 
tahlil qilishlik esa olimlardan iqtisod rivojining sotsial regulyatorlarini, 
ya'ni uning sotsial mexanizmlarini o‗rganishlikni taqozo etdi. Bu esa o‗z 
navbatida boshqa muammolarni keltirib chiqardi, xususan, aholining turli 
sotsial 
guruhlarining 
ho‗jalik 
yuritishning 
yangicha 
shakllariga 
munosabati, ularning yangi sharoitlarda ishlashga tayyorligi shular 
jumlasidandir.Yangi muammolar esa o‗zining echimi uchun iqtisodiy va 
sotsiologik tushunchalar «tutish» ligiga asoslangan yangi metodologiyani 
talab qila boshladi. Iqtisodiy sotsiologiyaning metodologiyasini ishlab 
chiqishlik jarayoni hozir davom etayapti. Iqtisod va sotsiologiyaning 
tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar O‗zbekistonlik olimlarning 
ham e'tiborini o‗ziga tortayapti. Ayniqsa bozor munosabatlariga o‗tishning 
sotsial oqibatlari va bunda davlatning roli, axborotlar, kabi muammolari, 
O‗zbekistonning bozor munosabatlariga o‗tishning o‗ziga xos xususiyatlari 
kabi dolzarb muammolar bugungi kunda iqtisodiy sotsiologiyaning 
fundamental muammolari hisoblanadi. 
Qadimdan Sharq o‗zining xususiyatlari bilan: avloddan avlodga o‗tib 
kelayotgan o‗ziga xos bo‗lgan urf-odatlarga, normalarga, marosimlarga 
egaligi bilan mashhurdir. Bu erda muammo konservatizm va potriarxallik 
negizlarida emas, albatta ular mavjuddirlar, balki shoshma-shosharlik, 
behuda harakatlarga toqat qilmaslik, xokimiyat vakillari va oqsoqollarga 
chuqur hurmat asosida munosabatda bo‗lishlik sharq kishisining 
mentaliteti, ya'ni tafakkur tarzining o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatidadir. 
Mustaqillikni qo‗lga kiritgan yosh davlat oldida jamiyatni isloh 
qilishlik uchun 2 ta yo‗nalish mavjud edi: birinchisi «shok terapiya»si 
bo‗lib u bozor islohatlarining jarayonlarini sun'iy jadallashtirishga 
asoslanadn; ikkinchisi esa mo‗'tadillik asosida islohatlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirishni nazarda tutadi. "O‗zbekistonning o‗z bozor 
munosabatlariga o‗gishning o‗z modeli aynan ushbu ikkinchi yo‗nalish 
asosida yaratilayapti. Bu modeliing mohiyati shundan iboratki, unda milliy 
xususiyat determinantlik xususiyatiga egadir. Iqtisodiy sotsiologiyaga 
ma'lum bir ta'rifni berishdan ilgari iqtisodiy va sotsial sohalarning 
sharhlanishini aniqlab olish lozim. Sotsial sohaning eng keng tarqalgan 
sharti quyidagicha: Sotsial soha ijtimoiy hayotning shunday sohasiki, unda 
insonni ham ishlab chiqarish kuch sifatida, ham shaxs sifatidagi keng 
takror ishlab chiqishlik yuz beradi. Bunday sohaga odatda ishlab 
chiqarishlik, oila, ta'lim-tarbiya, sog‗liqni saqlash madaniyati taalluqli 
hisoblanadi. Iqtisodiy soha deb odatda insonlar turmush faoliyatlari uchun 
zarur hisoblangan ishlab chiqarish, taqsimot, ayirbosh va iste'mol uchun 
mas'uliyatli bo‗lgan jamiyatning yaxlit tushinchasi tushuniladi. Iqtisodiy 


111 
soha jamiyatning yaxlit struktur-funktsional tizimchasi sifatida siyosat, 
ta'lim, kommunikatsiya va boshqa faoliyat sohalari bilan aktiv o‗zaro 
harakatda bo‗ladi. Sotsial soha esa o‗z holicha bunday tizimchani tashkil 
qilmaydi va shuning uchun iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalar bilan bir 
xilda tadqiq, qilinmaydi. Uni bu sohalar bilan o‗zaro munosabati 
o‗zgachadir. Bu munosabatni tushunishlik uchun esa avvalambor «sotsial 
munosabatlar tushunchasini sotsial sohaning bosh mezoni sifatidagi 
ahamiyatini anglab etish lozim. Soiial munosabatlar 2 xil ma'noda talqin 
qilinadi: keng va tor ma'noda. Keng ma'noda bu munosabatlar turli xil 
sotsial jamoalar (korxonalar jamoasi, turli mintaqa aholisi va h.e.) 
o‗rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Tor ma'noda esa bu jamiyatda turli 
mavqega ega bo‗lgan sotsial tabaqa va guruhlar o‗rtasidagi munosabatdir. 
Sotsial munosabatlarning sterjeni bo‗lib kishilarning va guruhlarning 
jamiyatdagi egallab turgan mavqelari bo‗yicha tenglik va notenglik 
munosabatlari namoyon bo‗ladi. Sotsial munosabatlar kamida ham 
iqtisodiy, ham siyosiy munosabatlarda «ishtirok qiladilar». Yuqoridagi 
fikrlardan kelib chiqqan holda «Ekonomicheskaya sotsiologiya i 
perestroyka» kitobining mualliflari sotsial soha deb jamiyatdagi turli 
xildagi sotsial iqtisodiy mavqega ega bo‗lgan turli guruhlarning o‗rtasidagi 
munosabatni tushunadilar. Demak, sotsial soha jamiyat hayotining 
bittagina aspekti — guruhlarning turli xildagi mavqelarini aks ettiradi. Bu 
aspekt mufassal xususiyatga egadir, chunki guruhlarning mavqelarining 
turli-tumanligi nafaqat iqtisodga, balki yosh siyosiy, oilaviy va jamiyatning 
boshqa bir qator sohalariga ham xos reallikdir xususan, aynan bir 
guruhning o‗zi bir vaqtning o‗zida turli sohalarda turli mavqeni egallashi 
mumkin. Ushbu fikrlarni mulohaza qilish chog‗ida tabiiy bir savol paydo 
bo‗ladi, ko‗p sotsial sohaning iqtisod bilan o‗zaro aloqasi qanday 
xususiyatga ega? Birnnchidan, jamiyatdagi konkret guruhning egallab 
turgan mavqesi hal qiluvchi omil sifatida iqdiosdiy munosabatlar sistemasi 
orqali belgilanadi. Ikkinchidan, sotsial soha iqtisod faoliyati va rivojiga 
qarama-qarshi ta'sir ko‗rsatadi. Bu ta'sir sotsial-iqdisodiy guruhlar 
yordamida amalga oshiriladi. Iqtisodiy sotsiologiya vazifalari haqida so‗z 
ketganda inson faoliyati tufayli iqgisoddagi sotsial-iqtisodiy jaryonlarning 
o‗zgarishlarini nazarda tutmoqlik darkor.
Shunday qilib sotsial-iqtisodiy jarayon bu iqsodning va sotsiallikning 
o‗ziga xos «payvand» i bo‗lib u insonning iqtisodiy taraqqiyotga ta'siri 
ostida bunyod bo‗ladi. Inson jamiyatdagi iqtisodiy va sotsial sohalar aloqa 
sistemasining yadrosini tashkil etadi. Agarda fikrimizni yanada 
konkretlashtirsak, bu yadro bo‗lib sotsial-iqtisodiy guruqlarning o‗zaro 


112 
harakatlari, faoliyatlari va xulq-atvorlari xizmat qiladilar. Iqtisodiy 
sotsiologiya nqtisodiy munosabatlar sistemasiga taalluqli va bir-birlari 
bilan o‗zaro harakat qiluvchi guruhlarni o‗rganadi. Uning ob'ekti bo‗lib 
sotsial jarayon sifatida maxsus nuqtai nazardan qaraluvchi iqtisod 
namoyon bo‗ladi. Bu jarayonning mohiyati iqtisod faoliyatini strukturaviy 
o‗zaro harakat ta'siri ostida o‗rganishimizda mujassamlashgandir. Iqtisodiy 
sotsiologiyaning ob'ektini aniqlaganimizdan so‗ng uning predmeti haqida 
ham to‗xtalib o‗tish joizdir. Iqtisod fanining mexanizmini o‗rganishlik 
jamiyatdagi sotsial guruhlarning o‗zaro harakatlariga bog‗liq ekan, demak 
sotsiologiya fanining ushbu yo‗nalishini eng muhim vazifalaridan biri bu 
iqtisodiy taraqqyotni belgilab beradigan sotsial guruhlarning faoliyati, 
xulq-atvori va o‗zaro harakatlarini tadqiqot qilishlikdir. Iqtisodiy 
sotsiologiyaning yana bir muhim vazifasi deb kishilarning iqtisodiy 
sohadagi boshqaruv sistemasidagi, madaniyat, sotsial xolat va ijtimoiy 
mavqe xolatidagi faolligiga ta'sir etuvchi omillarning aniqlanishini e'tirof 
etish mumkin. Va nihoyat iqtisodiy sotsiologiyaning oldidagi yana bir 
muhim vazifa — bu jamiyat sotsial strukturasining shakllanishi va 
dinamikasining tahlilidir. Bu sotsial struktura boshqaruv sistemasi va 
madaniyatga katta ta'sir ko‗rsatadi. Yuqoridagi fikrlarni tahlil qila turib 
Sharqda xususan O‗zbekistonda bozor munosabatlari muammolarining 
echimlarini izlab topib hal qilishlik juda dolzarb ma'no kasb etadi. 
Umuman olganda Sharq o‗zida keng ma'noda ijtimoiy-madaniy, milliy, 
tarixiy xususiyatlarni mujassamlashtirgandir. Lekin shunga qaramay bu 
qatlamlarni tushunishdagi turlicha fikrlardan farqli o‗larok. Sharqni qoloq 
tizim sifatida an'anaviy tarzda tushunish keng tarqalgandir. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling