Didaktik o'yinlardan foydalanish.
Bizga malumki, amalda bolalarning quyidagi o'yinlari mavjud: ijodiy harakatli ,
didaktik, predmetli, ijrochilik. Bolalar bu o'yinlarning hammasiga (vaqti bilan ) qatnashib,
qoniqish hosil qiladilar. Bolaning o'yin faoliyati o'quv jarayoning biror ko'rinishida
namoyon bo'libgina qolmasdan , balki o'qitish metodi hamdir. Matematik mazmundagi
didaktik o'yinlarni tashkil etishda metodikaning quyidagi masalalari haqida o'ylashga to'g'ri
keladi.
1.
O'yining maqsadi o'yin jarayonida bola matematika sohasida qanday malaka va
ko'nikmalarni o'zlashtiradi. O'yining qaysi paytida alohida e'tibor berish kerak. O'yinni
o'tkazishda boshqa qanday tarbiyaviy maqsadlar kutiladi.
2.
O'yinda ishtiroq etuvchilar soni haqida har bir o'yin aniq eng kam va eng ko'p
ishtirok etuvchilarni talab qiladi. O'yinni tashkil etishda bu masalaga alohida e'tibor berishi
kerak .
Do'stlaringiz bilan baham: |