Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

Subyektiv tomonidan
 xalqaro jinoyatlar to ri qasddan 
sodir etilishi bilan tavsiflanadi.  
Xalqaro jinoyat sodir etilgan hollarda javobgarlikning uni-
versal huquqiy munosabatlari yuzaga keladi va unga ko ra, hu-
quqbuzar nafaqat jabrlanuvchi oldida, balki xalqaro hamjamiyat 
oldida ham yalpi javobgar bo ladi. Bu o rinda universal majbu-
riyatlar ( erga omnes ) buzilganda xalqaro huquqning har bir 
subyekti huquqbuzardan o z jinoiy harakatlarini to xtatishni va 
ularning oqibatlarini bartaraf etishni talab qilish huquqiga 
egadir
1

Xalqaro jinoyatlarda jazoning muqarrarligini ta minlash uchun 
xalqaro jinoyat huquqi normalari qidiruv, qamoq va jinoyat-
chilarni berish   ekstraditsiya qoidalarini tartibga solib turadi. 
1946-yildanoq BMT Bosh Assambleyasi o zining maxsus rezol-
yutsiyasida davlatlarga  Harbiy jinoyatchilarni qayerda jinoyat 
sodir etgan bo lsa, o sha davlatga ularni jo natib, o sha davlat 
qonunlari asosida javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni 
ko rish kerakligi haqida  tavsiyalar bergan edi. Keyinchalik 
BMTning Inson huquqlari bo yicha Komissiyasi o zining 29-ses-
siyasida insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyarlarda ayb-
dor bo lgan shaxslarni aniqlash, qamash va ularni ushlab, jazo-
ga tortish bo yicha xalqaro hamkorlik prinsiplari loyihasini 
ko rib chiqdi va ma qulladi. Bosh Assambleya o z rezolyutsiyasida 
ana shunday 9 ta prinsipni e lon qildi
2
.
  
Xalqaro huquqda jazo masalasi belgilab qo yilgan. Unga 
ko ra, xalqaro huquq bo yicha jinoyat sodir etgan shaxs nafaqat 
javobgarlikka, balki jazoga ham tortiladi. Nyurnberg tribunali 
zining qarorida shuni tan oldiki,  individlar ham xalqaro huquq-
                                                
1
  Lukashuk I.I., Saidov A.X. Hozirgi zamon xalqaro huquq nazariyasi asoslari 
(o quv qo llanma).   T.: O zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. 
 392-bet., Saidov A.X. Xalqaro huquq chizmalar va ta riflarda. O quv qo llanma. 
Darslik,   T.: Adolat, 2001.   352-bet. 
2
  BMT Bosh Assambleyasining 3074 Rezolyutsiyasi. 


 
50 
buzarliklar uchun jazoga tortiladilar . Aytib o tilganlardan ko ri-
nib turibdiki, xalqaro jinoyat huquqi ham, milliy jinoyat huquqi 
singari uchta funksiyani bajaradi, ya ni u shaxslar uchun maj-
buriy bo lgan xulq-atvor qoidalarini, bunday qoidalarni buzgan-
lik uchun shaxsiy javobgarlikni va bu qoidalarni buzganlik 
uchun aybdorlar jazosini belgilaydi
1

Xalqaro jinoyat huquqida jazo jinoyatning og irligi va xusu-
siyatiga teng bo lmog i lozim degan prinsip tasdiqlangan. Ammo 
unda jazoning turlari va chegaralari aniq belgilanmagan. Bu hol 
xalqaro jinoyatlarning ko pligi bilan emas, balki bu munosabat-
da davlatlar huquqiy tizimlarining turli xilligi bilan izohlanadi, 
chunki bu huquqiy tizimlar orqali ularning sudlari xalqaro jino-
yatlar uchun jazo belgilaydilar
2

Xalqaro va milliy huquqning o zaro ta siri, ikki huquqiy tizim-
ning   xalqaro va davlatlarning ichki huquqlari o zaro harakati-
ning to liq (umumiy) jarayoni doirasida amalga oshiriladi. 
Xalqaro jinoyat huquqi va davlatlarning ichki (milliy) jinoyat 
huquqi birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalq-
aro hamkorlik huquqining yagona huquqiy asosini tashkil qiladi. 
Quyida xalqaro jinoyatlardan genotsid, aparteid, ekotsid va 
biotsid kabi jinoyatlarga qanday javobgarlik belgilanishini ko rib 
chiqamiz. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling