Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet115/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Ma’lumki, delikt bo’yicha fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgilashda zararning mavjud bo’lish fakti asosiy omillardan biri sanaladi. Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikda esa zarar faktining bo’lishi majburiy emasligi angalishiladi. Ushbu holatni muhokama qiling?


2. Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning chorasi sifatida asosan neustoyka qo’llaniladi. Shu jihatdan zararni qoplashni fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi sifatida e’tirof etish va majburiyatlarni buzganlik uchun qo’llash mumkin yoki mumkin emaslik holatini tahlil qiling?
3. A. pochta bo’limida xorijiy oylik ilmiy jurnaliga uyiga olib kelish sharti bilan obuna bo’ldi. Iyun-avgust oylarida u chet elga xizmat safariga ketdi. Qaytganidan keyin shu oylar uchun jurnal berilmaganligini bildi va obuna shartiga ko’ra kechiktirilgan davr uchun 60 ming so’m neustoyka to’lashni talab qildi. Pochta bo’limi A.ni yo’qligi uchun jurnal yetkazib bermaganligini, qolaversa jurnallar sentyabrda to’liq yetkazib berilganini va A.ga hech qanday zarar etmaganligini bildirib, neustoyka to’lashni rad etadi.
Ushbu nizoda kim haq? Agar A xizmat safariga ketmasdan uyda bo’lganda huquqiy yechim o’zgaradimi?
4. Intensiv olma bog’lari parvarishi bilan shug’ullanuvchi “Qirmizi” fermer xo’jaligi konserva zavodi bilan 2015 yil iyun-avgust oyida 70 tonna olma yetkazib berishga shartnoma tuzadi. Biroq 25-26 mart kunlari kechasi havo -5°ga tushganligi sababli faqat 30 tonna olma yetkazib beradi. Fermer xo’jaligi konserva zavodiga o’z majburiyatining qisman bajarganligiga fors-major holatlari sabab bo’lganini asos qiladi va meteostanstіya ma’lumotnomasini ilova qiladi. Konserva zavodi qo’shni fermer xo’jaligi xuddi shunday sharoitda boqqa suv qo’yib va kechasi tezak tutatib, hosilni saqlab qolganini vaj qilib “Qirmizi” fermer xo’jaligini shartnoma majburiyatlarini bajarmaslikda aybdor hisoblaydi va neustoyka to’lashni talab qiladi.
Fors-major holatiga tavsif bering. Majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik asosi sifatida ayb qanday namoyon bo’ladi? Masalaga huquqiy baho bering.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling