Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish


Download 1.75 Mb.
bet29/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish

Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish yuridik faktlar tizimida alohida o‘rin tutadi. Fuqarolik holati hujjatlari qayd etilishi bilan fuqarolik huquq va burchlar vujudga keladi, o‘zgaradi yoki bekor bo‘ladi. Shu sababli ham qonunchilikda fuqarolik holati hujjatlarning muayyan toifalari davlat tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:


1) tug‘ilish;
2) o‘lim;
3) nikoh tuzilganligi;
4) nikohdan ajralish.
Inson tug‘ilishi va uning hayoti uchun muhim bo‘lgan holatlarni yuridik hujjatlarda ifodalash hamda muayyan huquqlarning shaxsga tegishli ekanligi rasmiylashtirish bugungi rivojlangan kishilik jamiyatida alohida o‘rin tutadi. Albatta, insonning tug‘ilishi, uning borligi (tirikligi, yashayotganligi) muayyan rasmiylashtirishlarsiz ham mavjud voqelik hisoblanadi. Biroq, murakkab dunyo va ijtimoiy munosabatlar sharoitida, bir shaxs huquqlarini ikkinchi shaxs huquqlardan farqlash, insonning huquq va majburiyatlarini aniq ifodalashda, u bilan bog‘liq barcha ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni amalga oshirishda insonning tug‘ilishi, o‘limi kabi fuqaro uchun muhim bo‘lgan faktlar, shuningdek, muayyan yoshga etgandan so‘ng fuqaroning nikohdan o‘tish yoki nikohini bekor qilish holatlari tegishli ravishda rasmiylashtirilishi va muayyan tartibda “hisobi yuritilishi” davlat va jamiyat boshqaruvi uchun muhim omillardan biri sanaladi.
Mazkur faktlarni qayd etish va ular “hisobini yuritish” mamlakatimizda maxsus davlat organi - fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumki, FHDYO organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bo‘ysunuvchi organ bo‘lib, ularning asosiy vazifasi qonun hujjatlarida belgilangan, fuqarolik-huquqiy tusdagi yuridik faktlarni yozib qo‘yish, qayd qilish va maxsus riyestrga kiritib qo‘yishdan iborat. FHDYO organlari davlat organi bo‘lishi bilan birga, fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi, aholiga muayyan turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs ham hisoblanadi. Shu bilan birga FHDYO organlarida qonun hujjatlarida belgilangan alohida turdagi yuridik faktlar – tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, ism o‘zgartirishni qayd etilishi FHDYO organi uchun o‘ziga xos yuridik majburiyatlarni vujudga keltiradi. Xususan, FHDYO organi va uning mas’ul shaxslari farzandlikka olish sirini oshkor qilmasliklari, fuqarolarga pulli xizmat ko‘rsatishlari (masalan, joylarga chiqib nikohni qayd etish) va shu kabi fuqarolik-huquqiy harakaterdagi “faoliyat” olib borishlari lozim.
Tug‘ilish fuqarolik holati bo‘lib, uni qayd etish yo‘li bilan ushbu yuridik fakt rasmiy tus kasb etadi va jismoniy shaxsning huquq layoqatini rasmiy jihatdan tasdiqlaydi. Tug‘ilganlikni qayd etish fuqarolik holati sifatida davlat tomonidan qayd etiladi va shu yo‘l bilan jismoniy shaxsning huquqiy maqomi yuzaga keladi. Zero, jismoniy shaxsning keyingi hayoti davomida, masalan, bolani poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bolalar bog‘chasiga joylashtirish, maktabga o‘qishga chiqish kabi harakatlarda tug‘ilganlik guvohnomasi asosiy hujjat sanaladi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYO organi tomonidan berilgan guvohnoma, unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgandan so‘ng, o‘lim haqida gerbli guvohnoma rasmiylashtiriladi va murojaat qilgan shaxsga taqdim etiladi.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma - bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
Nikohdan ajralganlik er-xotin o‘rtasidagi oila-nikoh munosabatlari rasman tugaganligini anglatadi va bu haqda ularga nikohdan ajralganlik guvohnomasi beriladi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikohdan ajralish qayd etilganligi haqida belgi qo‘yiladi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling