Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet63/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Muddatlarning turlari

Fuqarolik huquqida uchraydigan juda ko’plab muddatlar bir necha asoslarga ko’ra turlarga bo’linadi.


Muddatlar muddatning kim tomonidan tayinlanishiga ko’ra, huquqiy oqibatiga ko’ra, aniqlanish tavsifiga ko’ra va boshqa bir qator asoslarga ko’ra turlarga bo’linadi.
Muddatlar kim tomonidan tayinlanishiga ko’ra, uchga bo’linadi:
1) qonuniy muddatlar;
2) shartnomali muddatlar;
3) sud tomonidan belgilanadigan muddatlar.
Muddatlarning bunday asosga ko’ra bo’linishi, muddatni vujudga keltiruvchi negiz bilan tavsiflanadi. Muddatlarni vujudga keltiruvchi, ya’ni belgilovchi va o’zgartiruvchi holatlar tegishli hujjatlarda ifodalanadi (masalan, qonun, shartnoma yoki sudning hal qiluv qarorida).
Huquqiy oqibatiga ko’ra, muddatlar huquqni vujudga keltiruvchi, huquqni o’zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi muddatlarga bo’linadi.
Muddatlar o’zlarining aniqlanish tavsifiga ko’ra imperativ va dispozitiv, mutlaq aniq, qisman aniq va noaniq, umumiy va maxsus hamda boshqa muddatlarga ajratiladi.
Fuqarolik huquqida fuqarolik huquqlarini amalga oshirish muddatlarining quyidagi turlari mavjud: fuqarolik huquqlarini amalda bo’lish vaqtini belgilaydigan muddatlar, cheklovchi(preklyuziv) muddatlar, e’tiroz (pretenziya) muddatlari, kafolat muddati, yaroqlilik muddati, tovarning xizmat qilish muddati, tovardan foydalanish, tovarni saqlash muddati va boshqa muddatlar.
Majburiyatlarni bajarish muddatlari. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish muddatlari bilan birga fuqarolik huquqida u bilan uzviy bog’liq bo’lgan fuqarolik majburiyatlarini bajarish muddatlari ham mavjud. Har qanday fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda vaqt muhim ahamiyatga ega bo’lganidek, majburiyatlarni bajarishda ham vaqt alohida o’rinni egallaydi. Zero, subyektga tegishli huquq bilan bir vaqtda shu huquq bilan yonma-yon majburiyat ham mavjud bo’ladi. Bir shaxsning huquqini amalga oshirish muddati ikkinchi shaxsning majburiyatni bajarish muddati hisoblanadi.


Masalan, qarz shartnomasiga muvofiq, 1 may kuni olingan qarz 3 oy o’tgach, ya’ni 1 avgustda qaytarilishi bir vaqtning o’zida ham huquqni amalga oshirish muddatini, ham majburiyatni bajarish muddatini ifodalaydi.



























Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling