Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Protses oxiri(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Иш тури
- Vaziyatga huquqiy baho bering. Vaziyatni Ozbekiston Respublikasi “Mamuriy tartib-taomillar
- O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 14-bobida. Yer xususidagi nizolarni hal etish hamda yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
- 4-modda. Jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari.
- 5-modda. Fuqarolarning qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqi.
- Mamuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat
- Tekshirish prinsipi
1
ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ
Модуль номи:_____________________ Иш тури: Оралиқ назорат Ўтказилган сана: ____._____. 2020 й.
1.
Муаммоли масаланинг моҳияти тўғри тушунилганлиги ва жавобнинг тўлиқлиги ҳамда масала мазмунига мос келиши
0 1 2 3 4 5 2.
Мустақил фикрлар, назарий қоидалар, олимларнинг илмий қарашлари баён этилганлиги 0 1 2 3 4 5 3.
Ҳуқуқни қўллаш амалиётидаги мисоллар асосида ижодий баён қилинганлиги, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар нормаларидан фойдаланилганлиги 0 1
3 4 5 4.
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг тўғри қўлланилганлиги ва шарҳланганлиги, шунингдек матнда грамматик, орфографик ва стилистик хатоларнинг мавжуд эмаслиги 0 1 2 3 4 5
Мустақил иш бўйича қўшимча тақриз:
Умумий балл
Текширувчи имзоси:___________
_______________________ __________
Талабанинг Ф.И.О. Курс
Модул номи _______________________ _________________
Талабанинг имзоси Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси _______________________
2
1-kazus Samarqand shahar Sartepa maskanida yashovchi bir guruh fuqarolar ko'p qavatli uylarning oldidagi qurilishdan norozi bo'lishdi. Quruvchi tashkilot taqdim etgan hujjatda (Samarqand shahar hokimi qarori) qurilishni Sartepa maskanidagi 180-uy va MTM o'rtasida boshlashga ruxsat berilgan. Qurilish esa 180-uy emas, 18- «A» uy biqinida boshlangan edi. Dorixona qurilishi olib borilayotgan mazkur yer ko'p qavatli uyda yashovchilarning ma'raka-marosimlarini o'tkazadigan bo'sh joy bo'lgan. Daraxtlar soya qilib turgan bu yerdan ko'p qavatli uylarda yashaydigan oilalar farzandlari bolalar maydonchasi sifatida foydalanishgan. Murojaatchilar quruvchidan nega ruxsat berilmagan yerga qurilish qilayotgani haqida so'rashganida, ular hokim qarorini 12 kun ichida o'zgartirib kelishlarini iddao qilishgan.
3
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O‘zbekiston xalqi huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlagani qayd qilingan. Huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi - bu qonun ustuvorligi hisoblanadi. Qonun ustuvorligi xalq hokimiyati va inson huquqlari tushunchalari bilan bevosita bog‘liq prinsipdir. Inson huquq va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi, aslida qonunlarning pirovard maqsadi ham inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashning zarur normativ-huquqiy va tashkiliy institutsional asoslari shakllantirilgan. Yuqoridagi vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanga qator normativ qonun, qonun osti hujjatlari mavjud.
yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qo‘yish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish bundan mustasno), yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar bo‘ladilar. 1
normalar mavjud bo`lib Kodeksning 4-5-moddalarida ko`rsatilgan: 4-modda. Jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari. Shaharsozlik vositalari orqali shahar va qishloq aholi punktlari aholisining qulay yashash sharoitlarini ta’minlash, xo‘jalik va boshqa
1 O’zbekisto Respublikasining Yer Kodeksi. 4
faoliyatning atrof-muhitga yetkazadigan zararli ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik, ekologik holatni yaxshilash, aholi punktlarining va ularga tutash hududlarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini saqlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir. Aholi punktlarini va aholi punktlararo hududlarni barqaror rivojlantirish uchun sharoitlarni ta’minlash, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning davlat tizimlari ish olib borishi, tabiiy resurslarni saqlash, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir. Shaharsozlik sohasida jamiyat va davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirish davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlariga ularning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan manfaatlari taalluqlidir. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyati, basharti bunday faoliyat chegaradosh yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari, egalari hamda mazkur uchastka va obyektlardan foydalanuvchilar huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan bo‘lsa, cheklanishi kerak. Jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlari, shaharsozlik hujjatlari talablari bajarilishi, shuningdek bu talablarga rioya etilishini nazorat qilish orqali ta’minlanadi. Agar shaharsozlik faoliyati jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga zid bo‘lsa, bunday faoliyat tugatilishi kerak. 2
5-modda. Fuqarolarning qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqi. Har bir fuqaro qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqiga ega. Shaharsozlik faoliyatining amalga
2 O’zbekisto Respublikasining Yer Kodeksi. 5
oshirilishida fuqarolarning qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqi: shaharsozlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi; hududlar va aholi
punktlarini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi; fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi; binokorlik materiallari va qurilish sohasidagi buyumlarning sertifikatlanishi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat va jamoat nazorati; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti yomonlashuviga sabab bo‘lgan zararni belgilangan tartibda kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish orqali ta’minlanadi. 3
Bundan tashqari yana bir qonun hujjatini alohida takidlash lozim. 2018-yil 8- yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Qonunning maqsadi ma'muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari ma'muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashdan iboratdir.
Qonunning asosiy vazifalari ma'muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan, litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'muriy- huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq
3 O’zbekisto Respublikasining Yer Kodeksi. 6
bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, deyiladi. Ma'muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; mutanosiblik; ishonchlilik; tinglanish imkoniyatining mavjudligi; ma'muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi; manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi; byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi; mazmunan qamrab olish; ma'muriy ish yuritishning «bir darcha» orqali amalga oshirilishi; teng huquqlilik; ishonchning himoya qilinishi; ma'muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi; tekshirish. Qonundagi 18-modda. Tekshirish prinsipidir. Ma'muriy organ ma'muriy ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to'liq va xolisona tekshirishi shart. chiqargan qarorlarni axamiyatini inobatga olib har bir ish yuzasidan tekshirilshi belgilab qo'yilganligi bejizga emas. O'zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 20-modda. Tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari O'zboshimchalik bilan qurilgan obektlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buzib tashlanishini tashkil etadi; 4 Obektlar qurilishi to'g'risida qarorlar qabul qiladi; 20-moddaning ikkinchi va oltinchi bandlariga asosan xokimning xarakatlari qonuniyligini ko'rishimiz mumkin. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, hokim chiqargan qarorlarini o'zgartirishi mumkin faqat qonun asosida berilishi mumkin bo’lgan joylarni, kazusda pudratchi tashkilotning aytgan gaplari hokimni harakatlarini qonun buzib ko'rsatishdir. Hokimni qarori chiqmasa, qurilish boshlashga haqi yo’q. Ushbu kodeks va boshqa kodeks qonunlar bilar davlat hokimiyati organlarining vakolatlar berilgan. Yer kodeksida davlat hokimiyati organlarining vakolatlar berilgan.
4 O'zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi. 7
O'zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi 6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari. Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; yer uchastkalarini savdo va xizmat ko'rsatish sohasi obektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish; 5 yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish. Quyidagi moddanining qator qismlarida belgilab qo'yilgan faqatgina qaror qabul qilish bilan cheklanib qolmasdan, qo'shimcha vakolatlar yuklatilganligi, davlat nazoratini amalga oshirishi vakolati borligini o'zigina joylarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni oqilona hal qilish bilan tushunish lozim. O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. 63-moddasi. Ko'p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari haqida bo'lib, ko'p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun mo'ljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi. Ko'p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu qonunda ko'p qavatli uylar ko'p kvartirali uylar bo’la oladi ma'no jihatdan bir. Uylar atrofidagi yerlar o‘sha uylarda yashovchilarga doimiy foydalanishga berilshi belgilangan. Moddani mustahkamlash maqsadida. “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonuni 4- moddasi bilan mustahkamlab qo'yilgan.
5 O'zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi 8
turar joylari va yashash uchun mo'ljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi». 6
umumiy foydalanishdagi yerlari. Maydonlar, ko'chalar, tor ko'chalar, yo'llar, sug'orish tarmog'i, sohil bo'yi yerlari va shu kabi yerlar; Aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog'lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); Umumiy foydalanishdagi yerlar muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirib qo'yilmaydi hamda bevosita shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining ixtiyorida bo'ladi. Umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi. 7
mumkinligini hamda mumkin bo'lmagan joylar belgilab qo'yilgan. Berilgan holatlarda ham qanday maqsadda xizmat qilishiga asosan o‘sha sohadagi shaxslarga berilshi ta’kidlangan. Yuqoridagi vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoson qator normativ huquqiy hujjatlarni misol qilib keltirib o‘tdim. Vaziyatga huquqiy baho berishda O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Shaxarsozlik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Ma`muriy tartib taomillari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan shu qonunning prinsplariga asosan xulosa qilish mumkinki: Tuman hokimini qarori asosida qurilish tashkiloti, ajratilgan yer maydonida qurilishni boshlashi kerak edi. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasining “Ma`muriy tartib taomillari to‘g‘risida”gi qonunining Qonuniylik prinspi buzilgan.
Konstitutsiyasiga, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga
6 “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun 7 O’zbekisto Respublikasining Yer Kodeksi. 9
oshirilishi kerak. Tuman hokimyati vakilatidan kelib chiqib, qurlish qay darajada ketayotganni nazoratga olishi kerak edi. Mutassaddi tashkilotlar tamonidan bunday o‘zboshimchliklarga yo‘l qo‘ymaslik zarur edi. Tekshiruvlarni amalga oshirish kerak deb o‘ylayman bu prinsip ham ushbu qonun hujjatida belgilangan. Tekshirish
bo‘lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi shart. Zarurat bo‘lganda, ma'muriy organ manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan dalillar bilan cheklanmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha dalillar yig‘ishga haqli.
Tumandagi fuqorolarni qurilish ishlaridan noroziligi asosli deb hisoblayman. Albatta, mutassaddilar tamonidan fuqorolar noroziligi qanoatlantiriladi, hamda quruvchi tashkilot tamonidan yetkazilgan zarar qoplanadi, fuqorolar foydalanayotgan yer maydoni o‘z holiga keltiriladi. Fuqorolar yer maydonidan foydalanishda davom etadilar. Quruvchi tashkilot esa hokim qaroriga asosan ajratilgan yer maydonida qurilish ishlarini davom ettiradi. Faydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2. O’zbekisto Respublikasining Yer Kodeksi. 3. O’zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi. 4. O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib taomillari to’g’risida” gi qonuni.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling