Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali


Bitim tushunchasi, mazmun mohiyatini va turlarini ochib kazusni tahlil


Download 277.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi277.82 Kb.
#1009413
1   2
Bog'liq
Ulugbek FH pdf

Bitim tushunchasi, mazmun mohiyatini va turlarini ochib kazusni tahlil 
qiling?
 Vaziyatga huquqiy baho bering? 


Azal-azaldan qishloq, ovul, yoki cho‘l hududidagi qir-adirlarda chorvachilik 
bilan shug‘ulanish uchun yoshi kichikdan to keksalargacha band bo‘lganlar. 
Ularning asosiy daromadi mana shunday kasb bo‘lgan. Aynan bizning hozirgi 
muammoli vaziyatimzda ham shu holat tasvirlangan. Sotiboldi o‘z nevarisiga 30ta 
qo‘yni topshirishi va ularni arvarish qilish yuklatilgan. Buni og‘zaki kelishuv deb 
hisoblasak ham bo‘ladi. Endi bitimga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Bitim deb, fuqarolar 
va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish va 
bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FK 101-modda). Bitim fuqarolik 
huquqining asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. Bitim instituti – bitimlarni tuzish 
tartibi, shakllari, turlari, mazmuni, ularni haqiqiy emas deb hisoblash shartlari va 
haqiqiy emasligini tan olinishining huquqiy oqibatlarini belgilab beruvchi fuqarolik-
huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. Bitim shaxslarning erki bilan bog‘liq 
ularning irodasidan kelib chiqadigan harakat bo‘lganligi tufayli, bitimda ifodalangan 
erk izhor qilinishi, ya’ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim. Bitimlarga oid 
qoidalar, asosan, Fuqorolik Kodeksida nazarda tutilgan bo‘lib, uning 9-bobi 
«Bitimlar» deb nomlanadi. Bitimning mazmunini quyidagi belgilar tashkil etadi: 1) 
bitim – erk-irodani ifodalovchi hujjat; 2) haqiqiy harakat natijasida yuzaga keladi; 
3) bitim fuqarolik-huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o‘zgartirish va bekor 
qilishga maxsus yo‘naltirilgan bo‘ladi; 4) bitim fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga 
solinuvchi huquqiy munosabatni yuzaga keltiradi”
1
. Bitim bir taraflama ham bo‘lishi 
mumkin, masalan faqatgina bir tarafning xohish irodasiga bog‘liq bolib, ikkinchi 
tarafning huquq va majburiyati bo‘lmaydi. Bitim yuqorida aytilganidek fuqorolik 
huquqining asosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki kundalik hayotida ko‘p 
uchraymiz. O‘zimiz bilmagan holda ham og‘zaki bitimlar tuzib qo‘yishimiz ham 
mumkin. Bitimlarni tuzishda o‘ziga yarasha shartlari bor. Bular: bitim tuzuvchi 
shaxslar fuqorolik huquqi subyektiga aylanishi kerak, ma’lum bir bitimni tuzuvchi 
shaxsni bitim tuzishda o‘z erki bilan tuzilishi va o‘sha erki muayyan huquqiy 
1
J.I.Yuldashev, M.X.Borotov, V.R.Topildiyev,. Fuqorolik huquqi. Umumiy qism –T.: 2018-yil. 62-bet. 


oqibatlar keltirib chiqarishi, erki yuridik fakt hisoblangan bo‘lishi va ma’lum 
shaklda izhor qilinishi lozimdir. Ana o‘shanda bitim tuzilganda hech qanday 
muammoga uchramaydi va keyinchalik ham tortishuvlarga sabab bo‘lmaydi. Bitim 
huquqiy belgilari bo‘yicha 3 turga bo‘linadi. Bir, ikki, ko‘p tomonlama bitimlar – 
qisqacha qilib aytganda, taraflarning xohish-irodasiga tayanib, shu taraflarda huquq 
va majburiyatini bo‘lishi tushuniladi; haq evaziga va tekinga tuziladigan bitimlar esa 
o‘z nomi bilan aytib turganidek, haq evaziga tuziladigan bitim muayyan bir xizmat 
yoki vazifani bajarishi orqali haq to‘lanadigan, tekinga tuziladigan bitim o‘z xohishi 
bilan ikkinchi tarafga tekinga ma’lum bir vazifani yokida xohishini bajarib berishiga 
aytiladi; konsesual va real bitimlar – “Konsensual bitim deb huquq va 
majburiyatlarni o‘zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda 
rasmiylashtirish paytida vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi
mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktasiya singari shartnomalar konsensual 
bitim hisoblanadi. Real bitim deb o‘zaro kelishuvga muvofiq ashyolar yoki pulni
topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real 
bitimlarga misol qilib, qarz, omonat saqlash, yuk tashish shartnomalarini ko‘rsatsa 
bo‘ladi”
2
.
Muammoli vaziyatimizda qishloqdoshi 12 yoshli bola bilan kelib bitim tuzib 
ketishi bu mutlaqo noo‘rinli deb topiladi. Sababi, “O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan 
voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni, ushbu 
moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat 
ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. 
Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar 
quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar: 
1) mayda maishiy bitimlar; 
2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar; 
2
R.Dj.Ruziyev, V.R.Topildiyev,.Fuqorolik huquqi. Umumiy qism –T.: 2011-yil. 194-bet. 


3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan 
maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish 
borasidagi bitimlar. 
Kichik yoshdagi bolaning bitimlari bo‘yicha, shu jumladan o‘zi mustaqil 
tuzgan bitimlar bo‘yicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyi, agar 
ular majburiyatning buzilishida o‘zlarining ayblari yo‘qligini isbotlay olmasalar, 
mulkiy javobgar bo‘ladilar. Ushbu shaxslar qonunga muvofiq kichik yoshdagi 
bolalar yetkazgan zarar uchun ham javobgar bo‘ladilar”
3
. Shundan ko‘rinib 
turibdiki, mutlaqo Otabekning qishloqdoshi bilan qilingan o‘g‘zaki bitimi haqiqiy 
deb topilmaydi. “O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi, shuningdek, ruhiy kasalligi yoki 
aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan 
bitimlar haqiqiy sanalmaydi, taraflarning har qaysisi bitim yuzasidan olgan 
narsalarining hammasini ikkinchi tarafga qaytarishga majbur, olingan narsani natura 
baravarida qaytarishi mumkin bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashga 
majbur”
4
. Qonunda ham keltirib o‘tilgan agarda tuzilayotgan bitimning ul miqdori 
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshgan taqdirda uni notarial tartibda 
yozma shaklda tuzish talab qilinadi. Ushbu holatda 2ta qo‘yning pul summasi 
taxminan uch milliondan oshib ketadi ya’ni bozor narxida. Agarda Otabek fuqorolik 
huquqi subyekti bo‘la olganda ham ularda na guvoh, na yozma shaklda kelishilgan 
hujjat bo‘lmagan hamda egasi boshqa shaxs. Endi tanga ikki tarafi bo‘lgani kabi 
ushbu vaziyatimizga ham boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak ya’ni qing‘ir yo‘l 
bilan tuzilgan bo‘lishi ham mumkin. “Aldash, zo‘rlash, qo‘rqitish ta’siri ostida yoki 
bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda yoxud fuqaro uchun og‘ir 
holatlarning yuz berishi oqibatida tuzilgan bitim jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha 
haqiqiy sanalmasligi mumkin. Aldash ta’siri ostida bitim tuzilishida bitim tuzuvchi 
ikkinchi tomonni atayin yomon niyat bilan yanglishtiradi. Bu holda aldanuvchi 
tomon bitimning narsasi yoki uning shartlari to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur hosil 
qiladi”
5
. Bunday o‘ylashimizga sabab kazusda ham aytib o‘tilgan qishloqdoshi 
3
O’zbekiston Respulikasi, Fuqorolik Kodeksi – T.:(Yuridik adabiyotlar publish) 2022-yil 29-modda 
4
J.I.Yuldashev, M.X.Borotov, V.R.Topildiyev,. Fuqorolik va Oila huquqi. Umumiy qism –T.: 2018-yil. 66-bet. 
5
R.Dj.Ruziyev, V.R.Topildiyev,.Fuqorolik huquqi. Umumiy qism –T.: 2011-yil. 196-bet. 


bozor narxidan 2 barobaridan ham arzon narxda sotib olgan. Qo‘pol qilib aytadigan 
bo‘lsak insofsiz darajada Otabekni aldagan yoki boshqa narsalarni va’da bergandur. 
Shu bois 12 yoshli Otabek bilan qishloqdoshi o‘rtasidagi oldi-sotdi bitimi mutloq 
haqiqiy emas deb topiladi. “O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan 
bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emas, ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi 
qismida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno. 
Bunday bitimdagi taraflarning har biri bitim bo‘yicha olgan hamma narsani 
ikkinchi tarafga qaytarib berishi, olingan narsani asl holida qaytarib berish mumkin 
bo‘lmaganida esa — uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart. Bundan tashqari, 
muomalaga layoqatli taraf, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini 
bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tarafga u ko‘rgan haqiqiy zararni 
to‘lashi shart”. Oxirgi yechim Otabekning qishloqdoshi xech qanday qarshiliksiz 
qo‘yning egasi ya’ni Sotiboldiga, olgan 2 ta qo‘yni o‘sha holida qaytarib berishi
agarda ularda boshqacha usul bilan yo‘q qilgan bo‘lsa bozor narxida 2 ta qo‘yning 
pulini berishi maqsadga muvofiq boladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, odamzod o‘zini o‘ylab har qanday ishlarda o‘z 
manfaatini o‘ylab ish tutadi. Uzooqqa bormaylik mana ushbu muammoli vaziyatdan 
kelib chiqib so‘z yurutsak, o‘ziga tanish hamqishlog‘ini aldab kam miqdorda xarid 
qilib olishi o‘zbek mintalitetiga ham mos kelmaydi. To‘g‘ri balki Otabekni o‘zi 
sotaman degan bo‘lishi mumkindir lekin yoshi katta odam juda ham arzon narxda 
sotilayotganida qo‘yning asl egasini xabardor qilib qo‘yishi to‘g‘ri bo‘lardi deb 
o‘ylaymiz. Hammani ham vijdoni o‘ziga xavola. O‘zbek xalq maqolini shu o‘rinda 
eslab qo‘yish o‘rinlidir. “Ishim bitdi, eshagim loydan o‘tdi” – degan naql bejizga 
atilmagan. Hamqishloqning qilgan ishi shunga o‘xshagadek go‘yo ya’ni qo‘yni 
arzon narxda sotib olib, Sotiboldi uni qaytarib ber deb oldiga borganida rad javobini 
berishidir. Doimo har kim o‘z manfaatini o‘ylab nojo‘ya ishlarni bajarmaslik hamda 
insoniylik tuyg‘usi bo‘lishi kerak. Qonun barcha uchun barobardir!


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. J.I.Yuldashev, M.X.Borotov, V.R.Topildiyev, N.F.Imomov, V.Y.Ergashev, 
J.I.Babaev, Sh.N.Roʻzinazarov, O.Oqyulov. Fuqarolik huquqi. Darslik. –T., 2017-
yil. 314 b. 
2. V.R.Topildiyev. Fuqarolik huquqi. –T., 2014-yil 280 b. 
Normativ-huquqiy hujjatlar: 
3. O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi – T.: ―Yuridik adabiyotlar 
publish 2022 y. -174 bet.
4. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mualliflar jamoasi.o‗zbekiston 
Respublikasida xizmat ko‗rsatgan yurist prof. O.Oqyo‗lovning umumiy tahriri 
ostida. –T.: TDYU nashriyoti, 2017. 112-bet.
5. Fuqarolik huquqi (yuridik texnikumlaruchun darslik) / Mualliflar jamoasi. 
O.Oqyulov,N. Imomov, M. Baratov va boshqalar. - T.: TDYU, 2021 - 192 bet.
6. Братусь С.Н. Предмет и система советского гражданского права. — 
М., 1963. С. 42—47.
7. А лексеев С.С. П редмет советского социалистического
гражданского права. Свердловск., 1959. С.72 
8. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. (2022-yil 1-avgustgacha 
bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). “Yuridik adabiyotlar publish”. –T.: 
2022 y. 607 b. 
Internet saytlari: 
1. www. norma.uz 
2. www. lex.uz 
3. www. adolat.uz 
4. https://fheruz.wordpress.com 

Download 277.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling