Toshkent davlat yuridik universiteti kengashi qarorlarining ijrosi monitoringi jadvali 2022/2023-o‘. y avgust-yanvar


Download 81.2 Kb.
bet8/36
Sana17.02.2023
Hajmi81.2 Kb.
#1206508
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Илова УК қарорлари ижроси мониторинги ЖАДВАЛИ 1

Kafedra mudirlari:
professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rgan holda dars mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin;
kafedra modullari doirasida master-klass, ochiq dars va treninglar tashkil etishga alohida e’tibor qaratsin;
kafedra professor-o‘qituvchilari hamdla tashqi amaliyotchi, olim va mutaxassislar ishtirokida talabalarni amaliyotga yo‘naltirishga qaratilgan seminar-treninglar tizimli ravishda tashkil etib borilsin;
dars mashg‘ulotlari o‘tkazishda va yakuniy nazorat ishlarini tekshirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda kelgusida ushbu kamchiliklarni takrorlamaslik choralarini ko‘rsin;
professor-o‘qituvchilar tomonidan tekshirilayotgan nazorat yozma ishlarini tekshirishda yagona yondoshuv va yagona baholash mezonlariga rioya qilinishini ta’minlasin;
professor-o‘qituvchilar tomonidan nazorat ishlarini tekshirish va baholashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va xatolarni kafedra majlislarida muhokama qilinishini hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatib borilishini ta’minlasin;
professor-o‘qituvchilar tomonidan yakuniy nazorat imtihonlari uchun mantiqiy savollar va muammoli vaziyat (keys)lar sifatli tuzilishiga alohida e’tibor qaratsin;
muammoli vaziyat (keys) talabani yo‘naltiradigan muammoli, maxsus savollardan iborat bo‘lishiga alohida urg‘u bersin;
har bir professor-o‘qituvchi tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazish metodlari, xususan maruza va seminar mashg‘ulotlari doirasida qo‘llaniladigan texnologiyalar, slayd-taqdimotlarga qo‘yiladigan talablar, nazorat savollarini tuzish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi hamda o‘qitishning interaktiv metodlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni boyitib borish choralarini qo‘rsin;
o‘qitish metodikasiga oid ko‘rsatma va tavsiyalarning professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayonida tatbiq etilishiga alohida e’tibor qaratsin;
o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan talabalarni kafedraga jalb qilish, ularga konsultatsiyalar o‘tish choralarini ko‘rsin;
professor-o‘qituvchilar tomonidan muntazam ravishda talabalarga oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlarini yozish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirib borish maqsadida har bir dars mashg‘ulotida mavzuga oid oraliq va yakuniy nazorat imtihoni uchun taqdim etiladigan mantiqiy savollar va kazuslarni muhokama qilinishini ta’minlasin;
oraliq va yakuniy nazorat ishlari professor-o‘qituvchilar tomonidan tekshirilganda to‘liq taqriz yozishlari, bunda talabalar tomonidan javob yozishda savolning aynan qaysi jihatlariga e’tibor berishlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berilishini ta’minlasin;
modul bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlarini tekshirish jarayonida yagona mezonga amal qilish maqsadida, berilgan savollarni ochib berishda talab etiladigan masalalar yuzasidan javoblar tayyorlanishi hamda o‘qituvchilar tomonidan oraliq va yakuniy nazorat ishlarini mazkur javoblar asosida tekshirilishini ta’minlasin.



Kafedra mudirlari









Download 81.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling