Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta`lim fakulteti


Download 161.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi161.56 Kb.
#1631764
  1   2
Bog'liq
Javohir Sobirov V2gurux oraliq



 
 
Toshkent davlat yuridik universiteti 
Magistratura va sirtqi ta`lim fakulteti 
V potok 2-guruh talabasi Sobirov Javohirning 
Mehnat huquqi moduludan tayyorlagan 
oraliq nazorat ishi 
 
 


Nazariy savol. 
1. Mehnat kodeksi asosida ijtimoiy ta’tillar va har yilgi mehnat ta’tillarini 
o’rganib chiqing hamda ular o’rtasidagi farqlarni yozing.
Mexnat kodeksining tegishli moddalariga asosan, ijtimoiy ta'tillar - 
homiladorlik va tugʼish taʼtillar, bolalarni parvarishlash taʼtillari, taʼlim olish 
munosabati bilan, ijodiy taʼtillardan iboratdir.
Xodimlarga yuqoridagi ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, 
u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy 
shakliga bog‘liq emasligining o’zi ushbu tatillarni har yilgi mehnat ta’tillaridan 
ajratib turadi. 
Xar yilgi mehnat ta'tili esa, Mehnat kodeksi 216-moddasiga ko’ra, barcha 
xodimlarga, shu jumladan oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish 
va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va oʼrtacha ish haqi saqlangan 
holda yillik mehnat taʼtillari beriladi. Xodimlarga 15 ish kunidan kam boʼlmagan 48 
ish kunidan koʼp boʼlmagan muddat bilan yillik mehnat taʼtili beriladi. 
Yillik mehnat taʼtillar asosiy, uzaytirilgan hamda qoʼshimcha taʼtillardan 
iborat boʼlishi mumkin. Yillik asosiy taʼtillarning eng kam muddati 15 kun 
hisoblanadi. 
Quyidagilarga xodimlarga yoshi va sogʼligʼi holatini hisobga olib, yillik 
uzaytirilgan asosiy taʼtil beriladi:
• 18 yoshga toʼlmagan shaxslarga — 30 kalendar kun; 
• ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — 30 kalendar kun. 
Аyrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining oʼziga xos 
jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni eʼtiborga olib, qonun 
hujjatlariga muvofiq uzaytirilgan taʼtillar belgilangandir.
1
1
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 218-modda.


KAZUS
2. Tashkilotimizning kassir lavozimi tugatilishi haqida qarorga keldi. 
Pensiya yoshiga yaqinlashgan kassirimiz 54 yoshli N.Tohirova “pensiyaga 
ketmagunimcha meni hech qanday asos bilan hatto xodimlar soni qisqarishi sababli 
ham ishdan bo’shataolmaysizlar” deyapti. Bundan tashqari u bizga tahdid qilib “agar 
ishdan bo’shatsang sudga beraman” deb qo’rqityapti. Shuning uchun biz birorta xato 
qilmasdan uni qonuniy tartibda ishdan bo’shatishimiz kerak. Eshitishimizcha, bitta 
kichik xato uchun ham sud xodimni ishga tiklar ekan. Ushbu masalada bizga qonun 
hujjatlariga asoslangan, tushunarli, har tomonlama to’g’ri malakali yuridik yordam 
bersangiz. Biz sudda yutqizmasligimiz shart. 

Download 161.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling